Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet159/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

Bozorga kirish imkoniyati

Bozordan nisbatan engil chiqib ketish va bozorga nisbatan oson kirish mumkin

Bozordan nisbatan engil chiqib ketish va bozorga nisbatan oson kirish mumkin

Qiyin, ko‘pincha yirik investitsiyalar talab qiladi

Juda qiyin

Erkin raqobatda ixtiyoriy, mutlaqo mustaqil ish ko‘rayotgan ko‘p sonli sotuvchilar va xaridorlar ishtirok etadilar. Bunday raqobat turida narxlar bozor orqali belgilanadi. Bozorga kirish va undan chiqib ketish oson. Raqobatlashuvchilar xaridorlarga bir xil tovarlarni taklif qiladilar. Raqobatda ishtirok etayotgan alohida firmalar narxga ta’sir o‘tkaza olmaydilar.

Monopolistik raqobatda nisbatan ko‘p sonli tovar ishlab chiqaruvchilar qatnashadilar va ular bir-biriga o‘xshash, lekin aynan bir xil bo‘lmagan (xaridor nuqtayi nazarida) mahsulotlarni xaridorlarga taklif qiladilar. Erkin raqobatdan farqli o‘laroq, monopolistik raqobat sharoitida har bir firma mahsulotning sifati, qadoqlanishi, chidamliligi belgilari bilan boshqalardan farq qilib turuvchi tovarning maxsus turini (turlangan mahsulot) ishlab chiqaradi. Monopolistik raqobat sharoitida har bir firma bozorning ma’lum bir qismini nazorat qilgani uchun ularning bozor narxiga ta’siri ham cheklangan bo‘ladi. U xizmat ko‘rsatish sohasining ko‘plab tarmoqlariga xos (masalan, restoranlar, texnik xizmat ko‘rsatish tizimlari, bank muassasalari). Ishlab chiqarish sohasida esa, kompyuterlar, telefon apparatlari, kiyim-kechaklar, alkogolsiz ichimliklar, kir yuvish vositalari bozorlari monopolistik bozorga misol bo‘la oladi.

Monopolistik raqobat mavjud bozorlar ochiq va shu sababli unga boshqa firmalarning kirib kelishi va undan chiqib ketishi oson bo‘ladi.

Oligopoliya sharoitidagi raqobatda ozchilik, lekin yirik firmalar ishtirok etadilar. Jami mahsulot sotishning 50 va undan ko‘p foizini cheklangan sonli (ko‘pincha 3 tadan 9 tagacha) yirik firmalar tomonidan qamrab olinishi oligopolistik ishlab chiqarilayotgan tovarlar standartlashgan (sof raqobat turli xil bozorlarning tavsifi sharoitidagi kabi) va turlangan (monopolistik raqobat sharoitidagi kabi) bo‘lishi mumkin. Oligopolistik bozorga jahon avtomobil bozorini misol qilib keltirish mumkin. Bu erda «Ford» (AQSH) va «Daymler-Kraysler» (Germaniya-AQSH), «Toyota», «Xonda» va «Nissan» (Yaponiya), «Folksvagen» va «Opel» (Germaniya) kabi firmalarga bozordagi jami ishlab chiqarishning 70–80 foizga yaqini to‘g‘ri keladi.

Oligopolistik raqobat hukmron bo‘lgan bozorga kirish nihoyatda qiyin va u yirik kapital mablag‘larni talab etadi. Oligopoliyaning sodda ko‘rinishi duopoliya hisoblanadi va bunday bozorda ikkita firma hukmron bo‘ladi.

Sof monopoliya erkin raqobatning aksidir. Bu holatda bozorda yagona sotuvchi faoliyat ko‘rsatadi va u tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarning o‘rnini bosuvchilar bo‘lmaydi. Natijada, ishlab chiqaruvchi tovar narxiga ta’sir ko‘rsatishning mutlaq imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish tarmog‘i bitta kompaniyadan iborat bo‘ladi. Sof monopoliya hukmron bozorga boshqa firmalarning kirishi nihoyatda qiyin.

Ma’lumki, monopoliyaning mavjud bo‘lishi jamiyat nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq emas. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi qonunchilikning asosiy maqsadi monopoliyaga qarshi kurash emas, balki milliy iqtisodiyot samaradorligini rag‘batlantirish uchun samarali raqobat muhitini saqlab qolishga qaratilgan.

Iqtisodiyotda, shuningdek, «tabiiy monopoliyalar» tushunchasi qo‘llaniladi. Tabiiy monopoliyalar iqtisodiyotning yoqilg‘i-energetika, transport, aloqa, kommunal xo‘jaligi sohalarida keng tarqalgan bo‘lib, odatda, bunday korxonalar davlat mulki shaklida yoki davlat nazorati ostida faoliyat olib boradi. Hozirgi davrda iqtisodiyotda tabiiy monopoliyalar faoliyat ko‘rsatishining asosiy sabablaridan biri sohada raqobat muhiti yaratishning iloji yo‘qligi yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligidir. Tabiiy monopoliyalar faoliyatlarini tartibga solish, eng avvalo, tegishli tovarlar ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari manfaatlari mutanosibligiga erishish, korxonaning iqtisodiy asoslangan xarajatlarining to‘liq qoplanishini ta’minlash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga mos ravishda investitsiyalash shart-sharoitlarini yaratishdan iboratdir.

Raqobat bozorlarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi va turli uslublarda olib boriladi. Odatda, raqobat tarmoq ichidagi raqobat (o‘xshash bo‘lgan tovarlar o‘rtasida) va tarmoqlararo raqobat (turli tarmoqlar tovarlari o‘rtasida)ga ajratiladi.

Shuningdek, raqobat narxlar vositasida va sifat asosida yuz berishi mumkin. Narxlar vositasida raqobat narxni o‘zgartirish yo‘li bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qilish va raqobatchisini shu yo‘l bilan bozordan siqib chiqarishga qaratiladi. Sifat asosida raqobatlashuvda raqobatlashuvchilar bozorga sifatli, chidamli, ishlatish muddati uzoq, unumdorligi yuqori tovarlar bilan qatnashish orqali xaridorlarni jalb etishga harakat qiladilar. Odatda, xomashyo bozorlarida narxlar vositasida raqobatlashuv ustuvor o‘ringa ega bo‘lsa, tayyor mahsulotlar bozorida sifat asosida raqobat asosiy o‘rinni egallaydi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish