Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


-Mavzu Tanlamaning reprezentativligi va uni ta’minlaydigan usullari



Download 6,4 Mb.
bet20/40
Sana09.06.2022
Hajmi6,4 Mb.
#646923
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
статистика

17-Mavzu Tanlamaning reprezentativligi va uni ta’minlaydigan usullari.








18-Mavzu Tanlama kuzatish ma’lumotlarini bosh to’plamiga tarqatish usullari.








19-Mavzu Makroiqtisodiy ko’rsatgichlarni xalqaro taqqoslash.
Moliyaviy dasturlash kursi barcha rivojlangan mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot, statistika, bank, moliya va soliq yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik o‘quv dasturlariga kiritilganligini inobatga olib, respublikamizda ham ushbu kursning o‘qitilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni qisqa muddatga prognoz qilishda (odatda bir yilga), dastavval makroiqtisodiy agregatlarga (yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi, inflyatsiya darajasi, yig‘ma byudjet va to‘lov balansi kamomadi hamda pul-kredit statistikasining ko‘rsatkichlari) ko‘zlangan maqsadni ifodalovchi parametrlari belgilab olinadi.
Xalqaro amaliyotda bunday uyg‘unlik umumlashtiruvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zaro bog‘langan holda belgilangan maqsadlarga erishish masalalari moliyaviy dasturlash usuli asosida amalga oshiriladi.
Barcha mamlakatlar singari O‘zbekiston Respublikasida ham makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qisqa muddatli prognozlarini tuzishda turli manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borib, moliyaviy dasturlash uslubiyatlaridan har tomonlama foydalanadilar.
Asosiy maqsad - pul-kredit statistikasi (PKS), milliy hisoblar tizimi (MHT), to‘lov balansi (TB) va davlat moliyasi statistikasi (DMS) ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning naqadar uyg‘unlashganligini ko‘rib chiqishdir.
Moliyaviy faoliyat to‘g‘risidagi ma'lumotlar moliyaviy va iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, amalga oshirish va uni nazorat qilish, hamda makroiqtisodiy tahlil va izlanishlar uchun zarurdir, chunki iqtisodiy siyosatning belgilangan maqsadlariga erishish uchun u yoki bu iqtisodiy choralarni qo‘llashda ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqliklar hisobga olinishi lozim.
O‘zaro bog‘liqliklar oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Biroq ular qanday bo‘lmasin moliya tizimiga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy aktivlariga, ishlab chiqaradigan tovar va xizmatlarining hajmiga ta'sir o‘tkazishi mumkin.
O‘zaro ta'sir moliyaviy ko‘rsatkichlarga iqtisodiy choralarning bevosita ta'siri yoki nomoliyaviy xarakterdagi, masalan, normativ-xujjatlar yoki soliq-byudjet siyosatidagi choralar orqali bilvosita sodir bo‘lishi mumkin.
O‘zaro aloqalar vaqt o‘tishi bilan boshqa omillar hisobiga ham o‘zgarishi mumkin, xususan normativ hujjatlar va olib borilayotgan iqtisodiy yo‘nalishlar, texnologik rivojlanish, amaldagi valyuta kursi rejimi, bozor tuzilmasi va ichki moliyaviy bozorlar orasidagi raqobat bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar; axborot va operatsion harajatlar, qimmatbaho qog‘ozlar portfelini boshqarish nuqtai nazaridan moliyaviy aktivlarga talabning o‘zgarishi; moliviy vositalar va moliyaviy muassasalardagi yangiliklar.
Uslubiyot operatsiyalarni tasniflash va iqtisodiyotni sektorlarga ajratishdagi bog‘liqliklar, tushunchalar va tamoyillarni qamrab oladi. Metodik qarashlar iqtisodiy siyosatning pirovard maqsadlari bilan davlat boshqaruv idoralarining ixtiyorida bo‘lgan xalqaro statistika andozalariga mos keluvchi vositalar orasidagi bog‘liqliklarni ifodalashi zarur.
Moliyaviy siyosatning samaradorligi uning ma'lum iqtisodiy siyosatni olib borilishi natijasida pirovard belgilangan natijalarga erishishdagi ta'siri bilan baholanadi. Ushbu siyosatning pirovard belgilangan natijalari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlarni keltirish mumkin: inflyatsiya; iqtisodiy o‘sish va aholining ish bilan bandligi; to‘lov balansi; sektorlarning iqtisodiy xulqi (masalan, davlat qarzi, xususiy sektorga kreditlar); makroiqtisodiy me'yorlarning bajarilishi va tizimning barqarorligi.
Moliya to‘g‘risidagi statistik axborot iqtisodiy rivojlanishga ta'sir o‘tkazadigan quyidagi moliyaviy vositalarni qamrab oladi: pul-kredit siyosatining vositalari (masalan, majburiy zahiralar, aktivlarning likvidlik koeffitsiyentlari, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va h.k.); hukumat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy chora-tadbirlar; normativ qoidalar; valyuta kursi; foiz stavkalari.
Amaldagi moliya tizimining samaradorligi umuman iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, iqtisodiy o‘sish uchun zarur sharoitlarni yaratishi yoki iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirishi va ortiqcha harajatlarga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Iqtisodiyot nomoliyaviy sektorlar faoliyatining samaradorligi ularga moliya tizimi tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning miqdori va sifatiga uzviy bog‘liqdir. Bunday xizmatlar sirasiga: savdoni rivojlantirish uchun hisob-kitob operatsiyalarini bajarish; saldolash (netting) va o‘zaro hisobga olishlar (kliring); depozitlarni qabul qilish va boshqa majburiyatlarni olish; kreditlar bilan ta'minlash; likvidlikni ta'minlash; nomoliyaviy sektorga ularning o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarishlari uchun kafolatlar berish.
MHTdagi moliyaviy schet netto-qarz oluvchi sektorlarning o‘zlariga kerak bo‘lgan moliyaviy resurslarni moliyaviy majburiyatlar qabul qilish yoki o‘z moliyaviy resurslarini qisqartirish hisobiga shakllantirishlarini ifodalasa, netto-kreditor sektorlarning ortiqcha resurslarini moliyaviy aktivlarni sotib olish yoki majburiyatlarini qisqartirish hisobiga joylashtirishini ifodalaydi.
MHTdagi moliyaviy schetga qo‘shimcha tarzda tuziladigan moliyaviy oqimlar matritsasida moliyaviy vositalar turlari bo‘yicha qarzdor va kreditor sektorlarning moliyaviy munosabatlari ifodalanadi.
Moliyaviy operatsiyalar har qanday institutsional birlik faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib hisoblansada, har qanday mamlakat iqtisodiyotida moliyaviy faoliyatning asosiy salmog‘i moliyaviy vositachilar, xususan depozit banklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Banklarning moliyaviy operatsiyalari va balanslari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘rganish natijasida moliyaviy tizimning rivojlanishiga baho berish mumkin bo‘ladi. Banklar axborotining yana bir boshqa ustunlik tomoni shundan iboratki, banklardagi axborotlarni o‘z vaqtida yetarli hajmda olish imkoni bo‘ladi va ko‘pgina hollarda boshqa sektorlardagi ma'lumotlarga nisbatan ishonchlilik darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
Bank sharxi “moliya tashkilotlari” sektorining bank sektorchasiga taalluqli hisobotlari shakllari asosida tuzilib, MHTning talablaridan kelib chiqqanligi uchun pul-kredit tizimini tahlil qilishda katta amaliy ahamiyatga egadir.
Bank sharhida bank ko‘rsatkichlaridan tashqari markaziy hukumat faoliyatiga tegishli bo‘lgan pul emissiyasi, xalqaro zahiralarni boshqarish va XVJ bilan olib boriladigan operatsiyalar ham qamrab olinadi.
Har qanday moliyaviy agregat (ko‘rsatkich) bir vaqtning o‘zida bir institutsional birliklar guruhining moliyaviy aktivlari va boshqalarining esa moliyaviy majburiyatlarini ifodalaydi.
“Pul” ko‘rsatkichiga ma'lum institutsional birliklar guruhlarining moliyaviy aktivlari to‘plami sifatida qaralib, ular muomala yoki jamg‘arish vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday institutsional birliklar guruhiga pullarga egalik qiluvchi ”egalik sektori” deb qaraladi. Nomoliyaviy xususiy sektorning pul aktivlari bilan nominal yalpi ichki mahsulot (YAIM) va inflyatsiya darajasi orasida ma'lum bog‘liqlik mavjud. Demak, pulga egalik qiluvchi sektor sifatida nomoliyaviy xususiy sektor qaralishi mumkin. Uning aktivlariga boshqa sektorlarning majburiyatlari yoki tashqi dunyo mamlakatlarining majburiyatlari kirishi mumkin.
Agar “pul”ga banklarning majburiyatlari to‘plami sifatida qaraladigan bo‘lsa, banklarning iqtisodiy xulqi pul massasi bilan kredit aloqasiga ta'sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, moliyaviy dasturlash yordamida iqtisodiyot sektorlari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni makro darajada ifodalovchi quyidagi buxgalterlik ayniyatlarini tuzish, va ular asosida muhim qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.




Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish