Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Download 6,4 Mb.
bet12/40
Sana09.06.2022
Hajmi6,4 Mb.
#646923
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
статистика

Dinamika nisbiy miqdorlari bir xil turdagi xodisa va jarayonlarning vaqt bo`yicha o`zgarishini avsiflaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini bazis davr ko`rsatkichiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo`lsa, u xolda xar bir keyingi davr darajasini undan oldingi davr darajasiga taqqoslash yo`li bilan ham dinamika nisbiy miqdorlarini aniqlash mumkin. Birinchi ko`rinishda xisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari bazisli, ikkinchisi esa zanjirsimon deb yuritiladi. Umumiy ko`rinishda ular quyidagicha xisoblanadi:
1. DbNM =Di•100/D0
2. DzNM =Di•100/(Di-1)
Bu yerda DbNM – bazisli usulda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari;
Di – i davr darajasi;
Di-1 – xar bir keyingi davr oldingi davr darajasi;
D0 – bazis davr darajasi.


9-Mavzu Mutloq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo’llanishning zarurati.
Mutlaq va nisbiy miqdorlami qo’llashda bir qancha qoidalarga rioya qilish kerak. Mutlaq va nisbiy miqdorlaming o‘ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, ular doimo bir turli hodisa va jarayonlarning miqdori va o’lchamini ifodalaydi. Shuning uchun ham, mutlaq va nisbiy miqdorlami hisoblashda va ayniqsa, ulardan foydalanishda tekshiriladigan hodisa va jarayonlar rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini va alohida sharoitlarini e'tiborga olish zarur. Sharoit, joy va vaqtga qarab birxil ko’rsatkichlar xarakteri bo'yicha turli hodisalarning darajasini ifodalashi mumkin. Masalan, aksionerlik jamiyatlarini olaylik. Bundan 10 yil oldin juda katta hisoblangan korxona (aksiyalar soni bo'yicha) bugungi kunga kelib juda ham kichik korxonalar soniga qo'shilishi mumkin. Yoki boshqacha bir misol. Kompaniya va firmalarni hududlar bo'yicha ham taqqoslashda yuqoridagi muammoga duch kelamiz. Toshkent shahrida eng kichik hisoblangan korxona Buxoro viloyati Jondor tumanida eng katta kompaniyalar safiga qo'shilishi mumkin.
Demak, mutlaq va nisbiy miqdorlardan foydalanishda har bir aniq tek- shirish uchun statistikada o'rganilayotgan ko'pchilik hodisalarni xarakteri bo‘yicha differensial yondoshuv talab etiladi. Bu talabning to‘g'riligini quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, konsern yoki xolding kom- paniya bo'yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi va oshirib bajarilishi kuzatilayotganda shu kompaniyaga qarashli ayrim korxonalarda shart- nomalar bajarilmaganligini kuzatish mumkin. Xuddi shu holatni to'plam birliklarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo'yicha ham kuzatish mumkin. Masalan, respublikada bir aksiyadorga to'g'ri keladigan aksiyalar sonini viloyatlar. ayniqsa, tumanlar (qishloq tumanlari) bo'yicha olaylik. Bu yerda tebranishning kattaligiga hech kim shubha qilmaydi.
Mutlaq va nisbiy miqdorlami taqqoslashdan oldin ular taqqoslama holga keltirilishi kerak. Bu muammoni yechish bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim. Chunki, har qanday kompaniya jahon bozoriga chiqishdan oldin o'z mahsulotini jahon standartlariga mos kelishini taqqoslash metodi orqali hal qiladi. Biz o‘zbek kompaniyasining ko‘rsatkichlarini Yaponiya ko'rsatkichlari bilan taqqoslashdan oldin taqqoslanadigan ko'rsatkichlar ikkala mamlakatda ham bir xil metodologiya bilan aniqlanganligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Bunday ishonchni har bir kompaniya ko'rsatkichlarini vaqt bo'yicha ham taqqoslashda hosil qilinsa yaxshi bo'ladi.
Hayotiy tajriba va son-sanoqsiz o'tkazilgan statistik-ilmiy tekshirish- lardan shunday xulosa chiqarish mumkin - mutlaq va nisbiy miqdorlami birgalikda qo'llash kerak.
Alohida olingan nisbiy miqdor o'zicha o‘rganilayotgan hodisa haqi- da aniq tasavvur bera olmaydi (xuddi shu gaplarni mutlaq miqdorlar to'g'risida ham aytish mumkin). Masalan, ish haqi 50000 dan 200000 so'mga oshdi. Biz, bu yerda baralla aytamizki, ish haqi 3 marta yoki 300% oshdi. Agarda 200000 so'mdan 50000 so'mga kainavsa. biz ay- tamizki ish haqi 75% pasaydi. Ko'rinib turibdiki, ish haqining oshgan summasi ham, pasaygan summasi ham 150000 so'mga teng.
Foizlarni mutlaq miqdorlarsiz qo’llash ham noto'g'ri tasavvurlarga olib keladi. Masalan, ikkita kompaniya'ning ishlab chiqargan mahsuloti bo'yicha dinamika nisbiy miqdorini hisoblaylik va ikkalasida ham o‘sish sur'ati 57 foizni tashkil qilgan. Ikkalasi ham bir xil ishlagan ekan, degan xulosa chiqarish mumkin, agarda mutlaq raqamlarga e'tibor bermasak. Birinchi kompaniya o'tgan yili 100 ta, joriv yilda 157 mebel ishlab chiqardi. ikkinchisi esa. tegishli ravishda 167819 va 263475 ta.
Demak, joriy davrda o'tgan davrga nisbatan ikkala kompaniyada ham qo'shimcha o‘sish sur'ati 57% teng. E'tibor qilsak. birinchi kompaniyada ishlab chiqarish darajasi birfoizga o'ssa, mebellarsoni 1 taga (100x0,01). ikkinchisida esa, 1678 taga oshadi. Shuning uchun ham foizlar bilan bir qatorda. ularning hisoblanish asosi bo'lgan mutlaq miqdorlarni keltirish va ishlatish har qanday statistik tekshirishni yanada boyitadi.


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish