Ma’lumotlarni ochib berish (59 va 61-bandlarni qo’llash) B64 59-banddagi maqsadga erishish uchun, sotib oluvchi hisobot davri mobaynida sodir bo’ladigan har bir biznes birlashuvi uchun quyidagi ma’lumotlarni ochib berishi lozim:
(a) sotib olinuvchining nomi va izohi.
(b) sotib olish sanasi.
(v) sotib olingan ovoz beruvchi kapitaldagi ulushlarning foizi.
(g) biznes birlashuvi uchun asosiy sabablar va sotib oluvchi sotib olinuvchi ustidan nazoratga qanday ega bo’lganining izohi.
(d) tan olingan gudvillni tashkil etadigan omillarning sifatli izohi, masalan sotib olinuvchi bilan sotib oluvchi faoliyatlarining birlashuvidan kutilgan birgalikdagi faoliyatlar, alohida tan olinishni qanoatlantirmaydigan nomoddiy aktivlar yoki boshqa omillar.
(e) jami o’tkazilgan tovonning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati va tovonning har bir asosiy turkumining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati, masalan:
(i) pul mabalg’i;
(ii) boshqa moddiy yoki nomoddiy aktivlar, jumladan biznes yoki sotib oluvchining shu’basi;
(iii) qabul qilingan majburiyatlar, masalan, shartli tovon uchun majburiyat; va
(iv) sotib oluvchining kapitaldagi ulushlari, jumladan chiqarilgan yoki chiqariladigan instrumentlar miqdori yoki ulushlar va ushbu instrumentlarning yoki ulushlarning haqqoniy qiymatini baholash usuli.
(j) shartli tovon kelishuvlari va qoplovchi aktivlar uchun:
(i) sotib olish sanasi holatiga tan olingan summa;
(ii) kelishuvning izohi va to’lov summasini aniqlash asosi; va
(iii) Natijalar (diskontlanmagan) kengligining bahosi yoki, agarda kenglikni baholash imkoni bo’lmasa, ushbu ma’lumot va kenglikni nima uchun baholash imkoni bo’lmasligining sabablari. Agarda to’lovning maksimum summasi chegaralanmagan bo’lsa, sotib oluvchi ushbu ma’lumotni ochib berishi lozim.
(z) sotib olingan debitorlik qarzlari:
(i) debitorlik qarzlarining haqqoniy qiymati;
(ii) debitorlik qarzlarining yalpi shartnomaviy summalari; va
(iii) sotib olish sanasida yig’ib olinishi kutilmagan shartnomaviy pul oqimlarining eng yaxshi bahosi.
Ochib berishlar debitorlik qarzlarining asosiy turkumi, masalan kreditlar, bevosita moliyaviy ijaralar va har qanday boshqa debitorlik qarzlari turkumi, bo’yicha ta’minlanishi lozim.
(i) sotib olish sanasida sotib olingan aktivlar va zimmaga olingan majburiyatlarning har bir asosiy turkumi bo’yicha tan olingan summalar.
(y) 23-bandga muvofiq tan olingan har bir shartli majburiyat uchun, BHXS 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” ning 85-bandida talab etilgan ma’lumotlar. Agarda shartli majburiyat uning haqkoniy qiymati ishonchli baholanmasligi tufayli tan olinmagan bo’lsa, sotib oluvchi quyidagilarni ochib berishi lozim:
(i) BHXS 37 ning 86-bandida talab etilgan ma’lumotlar; va
(ii) majburiyat nima uchun ishonchli baholanmasligining sabablari.
(k) soliq maqsadlarida chegirilishi kutilgan gudvillning jami summasi.
(l) 51-bandga muvofiq biznes birlashuvida aktivlarning sotib olinishi va majburiyatlarning zimma olinishidan alohida tarzda tan olinadigan operatsiyalar uchun:
(i) har bir operatsiyaning izohi;
(ii) sotib oluvchi har bir operatsiyani qanday hisobga olganligi;
(iii) har bir operatsiya uchun tan olingan summalar va har bir summa tan olingan moliyaviy hisobotlardagi qator moddasi; va
(iv) agarda operatsiya avval mavjud bo’lgan aloqaning samarali hisob-kitobi bo’lsa, hisob-kitob summasini aniqlashda foydalanilgan usul.
(m) (1) orqali talab etilgan alohida tan olingan operatsiyalarning ochib berilishi sotib olishga tegishli sarflarning summasi va, alohida tarzda, xarajat sifatida tan olingan ushbu sarflarning summasi va ushbu xarajatlar tan olingan umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotning qator moddasi yoki moddalari. Xarajat sifatida tan olinmagan har qanday emissiya sarflarining summasi va ular qanday tan olinganligi ochib berilishi lozim.
(n) manfaatli xaridda (34-36 bandlarga qarang):
(i) 34-bandga muvofiq har qanday tan olingan foyda summasi va foyda tan olingan umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotning qator moddasi; va
(ii) operatsiya nima uchun foydani yuzaga keltirganligining sabablari izohi.
(o) sotib olish sanasida sotib oluvchi sotib olinuvchidagi kapital ulushlarning 100 foizidan kamiga egalik qiladigan har bir biznes birlashuvi uchun:
(i) sotib olish sanasida tan olingan sotib olinuvchidagi nazorat qilinmaydigan ulushning summasi va ushbu summa uchun baholash asosi; va
(ii) haqqoniy qiymatda tan olingan sotib olinuvchidagi nazorat qilinmaydigan har bir ulush uchun, baholash usul(lar)i va ushbu qiymatni baholashda foydalanilgan ahamiyatli boshlang’ich ma’lumotlar.
(p) bosqichlarda erishiladigan biznes birlashuvida:
(i) bevosita sotib olish sanasidan oldin sotib oluvchi egalik qiladigan sotib olinuvchidagi kapital ulushning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati; va
(ii) biznes birlashuvidan oldin sotib oluvchi egalik qiladigan sotib olinuvchidagi kapital ulushni haqqoniy qiymatda qayta baholash natijasida tan olingan har qanday foyda yoki zararning summasi (42-bandga qarang) va ushbu foyda yoki zarar tan olingan umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotning qator moddasi.
(r) quyidagi ma’lumotlarni:
(i) hisobot davri uchun umumlashgan daromad to’g’risidagi jamlangan hisobotda kiritilgan sotib olish sanasidan boshlab sotib olinuvchining daromadi va foyda yoki zararining summalari; va
(ii) yil mobaynida sodir bo’lgan barcha biznes birlashuvlari uchun sotib olish sanasi xuddiki yillik hisobot davrining boshi bo’lgandek joriy hisobot davri uchun birlashgan tadbirkorlik sub’ektining daromadi va foyda yoki zarari.
Agarda mazkur band orqali talab etilgan ma’lumotlarning birortasining ochib berilishi amaliy imkonsiz bo’lsa, sotib oluvchi ushbu dalilni ochib berishi va ochib berish nima uchun amaliy imkonsiz bo’lishini tushuntirishi lozim. Mazkur MHXS “amaliy imkonsiz” atamasidan BHXS 8 “Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashalardagi o’zgarishlar va xatolar” dagidek aynan bir xil ma’no bo’yicha foydalanadi.
B65 Birgalikda ahamiyatli bo’lgan holda hisobot davri mobaynida sodir bo’ladigan alohida tarzda ahamiyatsiz biznes birlashuvlari uchun, sotib oluvchi B64(d)–(r)-band orqali talab etilgan ma’lumotlarni umumlashtirib ochib berishi lozim.
B66 Agarda biznes birlashuvining sotib olish sanasi hisobot davri oxiridan keyin ammo moliyaviy hisobotlar chop etilishiga ruxsat berilishidan oldin bo’lsa, sotib oluvchi B64-band orqali talba etilgan ma’lumotlarni ochib berishi lozim, bunda biznes birlashuvni dastlabki hisobga olish moliyaviy hisobotlar chop etilishiga ruxsat berish paytida to’liqsiz bo’lmaguncha. Ushub holatda, sotib oluvchi qaysi ochib berishlarni amalga oshirib bo’lmasligini va ular nima uchun amalga oshirilmasligi sabablarini izohlashi lozim.
B67 61-banddagi maqsadga erishish uchun, sotib oluvchi har bir ahamiyatli biznes birlashuvi uchun yoki birgalikda ahamiyatli bo’lgan holda alohida tarzda ahamiyatsiz biznes birlashuvlari uchun umumlashtirib quyidagi ma’lumotlarni ochib berishi lozim:
(a) agarda biznes birlashuvining dastlabki tan olinishi muayyan aktivlar, majburiyatlar, nazorat qilinmaydigan ulushlar yoki tovon moddalari bo’yicha to’liqsiz bo’lsa (45-bandga qarang) va shu tufayli biznes birlashuvi bo’yicha moliyaviy hisobotlarda tan olingan summalar faqatgina shartli ravishda aniqlangan bo’lsa:
(i) biznes birlashuvining dastlabki tan olinishi nima uchun to’liqsiz bo’lishi sabablari;
(ii) dastlabki tan olinishi to’liqsiz bo’lgan aktivlar, majburiyatlar, kapitaldagi ulushlar yoki tovon moddalari; va
(iii) 49-bandga muvofiq hisobot davri mobaynida tan olingan har qanday baholash davri to’g’rilanishlarining xususiyati va summasi.
(b) sotib olish sanasidan keyin tadbirkorlik sub’ekti shartli tovon aktivini undirib olishi, sotishi yoki boshqa hollarda unga nisbatan huquqdan maxrum bo’lishiga, yoki tadbirkorlik sub’ekti shartli tovon majburiyatini hisob-kitob qilishi yoki majburiyat bekor qilinishi yoki muddati tugashiga qadar har bir hisobot davri uchun:
(i) tan olingan summalardagi har qanday o’zgarishlar, jumladan hisob-kitobda yuzaga keladigan har qanday farqlar;
(ii) natijalar (diskontlanmagan) kengligidagi har qanday o’zgarishlar va ushbu o’zgarishlar uchun sabablar; va
(iii) baholash usullari va shartli tovonni baholashda foydalanilgan asosiy boshlang’ich ma’lumotlar.
(v) biznes birlashuvida tan olingan shartli majburiyatlar uchun, sotib oluvchi rezervning har bir turkumi uchun BHXS 37 ning 84 va 85-bandlari orqali talab etilgan ma’lumotlarni ochib berishi lozim.
(g) quyidagilarni alohida ko’rsatgan holda, hisobot davri boshida va oxirida gudvill balans qiymatining solishtirmasi:
(i) hisobot davri boshida yalpi summa va yig’ilgan qadrsizlanish zararlari.
(ii) hisobot davri mobaynida tan olingan qo’shimcha gudvill, bunda MHXS 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat” ga muvofiq sotib olishda sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantiradigan chiqib ketish guruhiga kiritilgan gudvilldan tashqari.
(iii) 67-bandga muvofiq hisobot davri mobaynida muddati kechiktirilgan soliq aktivlarining keyingi tan olinishidan yuzaga keladigan to’g’rilanishlar.
(iv) MHXS 5ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan chiqib ketish guruhiga kiritilgan gudvill va oldin sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan chiqib ketish guruhiga kiritilmagan holda hisobot davri mobaynida hisobdan chiqarilgan gudvill.
(v) BHXS 36 ga muvofiq hisobot davri mobaynida tan olingan qadrsizlanish zararlari. (BHXS 36 ushbu talabga qo’shimcha tarzda tiklash qiymati va gudvillning qadrsizlanishi to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berishni talab etadi.)
(vi) BHXS 21 “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari” ga muvofiq hisobot davri mobaynida yuzaga keladigan valyuta kursidagi sof farqlar.
(vii) hisobot davri mobaynida balans qiymatdagi har qanday boshqa o’zgarishlar.
(viii) hisobot davri oxirida yalpi summa va yig’ilgan qadrsizlanish zararlari.
(d) joriy hisobot davrida tan olingan har qanday foyda yoki zararning summasi va tushuntirilishi, bunda ikkalasi ham:
(i) joriy yoki oldingi hisobot davrida sodir bo’lgan biznes birlashuvida sotib olingan aniqlanadigan aktivlar yoki zimmaga olingan majburiyatlarga tegishlidir; va
(ii) shunday hajmda, xususiyatda yoki holatda bo’ladiki, bunda ochib berish birlashgan tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlarini tushunishda o’rinli bo’ladi.
Faqatgina o’zaro tadbirkorlik sub’ektlarni qamrab oladigan yoki shartnomaning o’zi orqali amalga oshiriladigan biznes birlashuvlari uchun o’tish shartlari (66-bandni qo’llash) B68 64-band ta’minlaydiki, mazkur MHXS sotib olish sanasi 2009 yil 1 iyuldan boshlanadigan va undan keyingi birinchi yillik hisobot davrining boshidan va undan keyin bo’lgan biznes birlashuvlariga nisbatan prospektiv tarzda qo’llaniladi. Muddatidan oldin qo’llashga ruxsat etiladi. Biroq, tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXS ni faqatgina 2007 yil 30 iyundan boshlanadigan va undan keyingi yillik hisobot davrining boshida qo’llashi lozim. Agarda tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXS ni uning kuchga kirish sanasidan oldin qo’llasa, u ushbu dalilni ochib berishi lozim va bir vaqtni o’zida BHHS 27 (2008 yilda o’zgartirilgan) ni qo’llashi lozim.
B69 Mazkur MHXS ni prospektiv tarzda qo’llashning talabi faqatgina o’zaro tadbirkorlik sub’ektilarni qamrab oladigan yoki shartnomaning o’zi orqali amalga oshiriladigan biznes birlashuvlari uchun quyidagi ta’sirga ega bo’ladi, agarda ushbu biznes birlashuvi uchun sotib olish sanasi mazkur MHXS ning qo’llanilishidan oldin bo’lsa:
(a) Tasniflash – tadbirkorlik sub’ekti oldingi biznes birlashuvini tadbirkorlik sub’ektining bunday birlashuvlar bo’yicha oldingi buxgalteriya siyosatlariga muvofiq tasniflashni davom ettirishi lozim.
(b) Oldin tan olingan gudvill – mazkur MHXS qo’llaniladigan birinchi yillik davrning boshida, oldingi biznes birlashuvidan yuzaga keladigan gudvillning balans qiymati tadbirkorlik sub’ektining oldingi hisob siyosatlariga muvofiq ushbu sanadagi uning balans qiymati bo’lishi lozim. Ushbu summani aniqlashda, tadbirkorlik sub’ekti ushbu gudvillning har qanday yig’ilgan amortizatsiyasining balans qiymatini va gudvilldagi mos ravishdagi kamayishni chiqarib tashlashi lozim. Boshqa hech qanday to’g’rilanishlar gudvillning balans qiymatiga nisbatan amalga oshirilmaydi.
(v) Kapitaldan kamayish sifatida oldin tan olingan gudvill – tadbirkorlik sub’ektining oldingi hisob siyosatlari oldingi biznes birlashuvidan yuzaga keladigan gudvillni kapitaldan kamayish sifatida tan olinishiga olib kelgan bo’lishi mumkin. Ushbu holatda, tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXS qo’llaniladigan birinchi yillik davrning boshida ushbu gudvillni aktiv sifatida tan olmasligi lozim. Bundan tashqari, qachonki tadbirkorlik sub’ekti ushbu gudvill tegishli bo’lgan biznesning barchasini yoki qismini hisobdan chiqarsa yoki qachonki gudvill tegishli bo’lgan pul mablag’ini yuzaga keltiradigan birlik qadrsizlangan bo’lsa, u foyda yoki zararda ushbu gudvillning har qanday qismini tan olmasligi lozim.
(g) Gudvillni keyingi hisobga olish – mazkur MHXS qo’llaniladigan birinchi yillik davrning boshidan boshlab, tadbirkorlik sub’ekti oldingi biznes birlashuvidan yuzaga keladigan gudvillni amortizatsiya qilishni to’xtatishi lozim va BHXS 36 ga muvofiq gudvillni qadrsizlanishga tekshirishi lozim.
(d) Oldin tan olingan manfiy gudvill – xarid usulini qo’llash orqali oldingi biznes birlashuvini hisobga olgan tadbirkorlik sub’ekti o’zining sotib olinuvchining aniqlanadigan aktivlari va majburiyatlarining sof haqqoniy qiymatidagi ulushining ushbu ulushning tannarxidan oshgan qism bo’yicha muddati kechiktirilgan kreditni tan olgan bo’lishi mumkin (ba’zida manfiy gudvill deyiladi). Agarda shunday bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXS qo’llaniladigan birinchi yillik davrning boshida ushbu muddati kechiktirilgan kreditning balans qiymatini hisobdan chiqarishi lozim va bu ushbu sanadagi taqsimlanmagan foydaning boshlang’ich qoldig’iga nisbatan mos to’g’rilanish bilan birga amalga oshirilishi lozim.