Turdikulova gulshad nurmamatovnaning


Qayta sotib olish huquqlari



Download 157,26 Kb.
bet19/26
Sana03.07.2022
Hajmi157,26 Kb.
#733835
TuriReferat
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
Biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish.Referat

Qayta sotib olish huquqlari
B35 Biznes birlashuvining qismi sifatida, sotib oluvchi u o’zining bir yoki undan ortiq tan olingan yoki tan olinmagan aktivlaridan foydalanish uchun sotib olinuvchiga oldin taqdim etgan huquqini qayta sotib olishi mumkin. Bunday huquqlarga misollar franchayzing kelishuvi asosida sotib oluvchining savdo nomidan foydalanish huquqini yoki texnologiya litsenziyasi kelishuvi asosida sotib oluvchining texnologiyasidan foydalanish huquqini o’z ichiga oladi. Qayta sotib olingan huquq sotib oluvchi gudvilldan alohida tarzda tan oladigan aniqlanadigan nomoddiy aktivdir. 29-band qayta sotib olingan huquqni baholash bo’yicha ko’rsatmani ta’minlaydi va 55- band qayta sotib olingan huquqning keyingi hisobga olinishi bo’yicha ko’rsatmani ta’minlaydi.
B36 Agarda qayta sotib olingan huquqni yuzaga keltiradigan shartnoma shartlari aynan bir yoki o’xshash moddalar bo’yicha joriy bozor operatsiyalarining shartlariga nisbatan qulay yoki noqulay bo’lsa, sotib oluvchi hisob-kitob bo’yicha foyda yoki zararni tan olishi lozim. B52-band ushbu hisob-kitob foydasi yoki zararini baholash bo’yicha ko’rsatmani ta’minlaydi.
Yig’ilgan ishchi kuchi va aniqlanmaydigan boshqa moddalar
B37 Sotib oluvchi gudvillda tarkibida sotib olish sanasi holatiga aniklanmaydigan sotib olingan nomoddiy aktivlarning qiymatini jamlaydi. Masalan, sotib oluvchi yig’ilgan ishchi kuchining mavjudligiga nisbatan qiymatni aks ettirishi mumkin, qaysiki xodimlarning mavjud jamlanmasi bo’lib, u sotib oluvchiga sotib olingan biznesni sotib olish sanasidan boshlab yuritishni davom ettirishga imkon beradi. Yig’ilgan ishchi kuchi malakali ishchi kuchining aqliy kapitalini – sotib olinuvchining xodimlari o’z faoliyatlariga olib keladigan (ko’p hollarda maxsus) bilim va tajribani – aks ettirmaydi. Yig’ilgan ishchi kuchi gudvilldan alohida tarzda tan olinadigan aniklanadigan aktiv bo’lmagani tufayli, unga nisbatan aks ettirilgan har qanday qiymat gudvill tarkibida jamlanadi.
B38 Sotib oluvchi sotib olish sanasida aktivlar sifatida tasniflanmaydigan moddalar bo’yicha aks ettirilgan har qanday qiymatni ham gudvill tarkibida jamlaydi. Masalan, sotib oluvchi sotib olinuvchi sotib olish sanasida yangi mijozlar bilan muzokaralar olib borayotgan potentsial shartnomalarga nisbatan qiymatni aks ettirishi mumkin. Ushbu potentsial shartnomalar sotib olish sanasi holatiga aktiv bo’lmagani tufayli, sotib oluvchi ularni gudvilldan alohida tarzda tan olmaydi. Sotib oluvchi ushbu shartnomalar qiymatini sotib olish sanasidan keyin sodir bo’ladigan hodisalarga nisbatan keyingi davrlarda gudvilldan qayta tasniflamasligi kerak. Biroq, sotib oluvchi alohida tan olinadigan nomoddiy aktiv sotib olish sanasida mavjud bo’lgan yoki bo’lmaganini aniqlash uchun sotib olishdan qisqa muddatdan so’ng sodir bo’ladigan hodisalar to’g’risidagi dalillar va holatlarni baholashi kerak.
B39 Dastlabki tan olishdan so’ng, sotib oluvchi biznes birlashuvida sotib olingan nomoddiy aktivlarni BHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” ning shartlariga muvofiq hisobga oladi. Biroq, BHXS 38 ning 3-bandida izohlangandek, dastlabki tan olishdan so’ng ba’zi sotib olingan nomoddiy aktivlarni hisobga olish boshqa MHHSlar orqali belgilanadi.
B40 Aniqlanish mezonlari nomoddiy aktiv gudvilldan alohida tarzda tan olinishi yoki olinmasligini aniqlaydi. Biroq, mezonlar nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini baholash bo’yicha ko’rsatmani ta’minlamaydi va nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini baholashda foydalanilgan farazlarni cheklamaydi. Masalan, sotib oluvchi haqqonyi qiymatni baholashda bozor ishtirokchilari nomoddiy aktivni baholash paytida foydalanadigan farazlarni, masalan shartnomani kelgusida yangilashlarni, inobatga olishi mumkin. Yangilashlarning o’zi aniqlanish mezonlarini qanoatlantirishi shart emas. (Biroq, 29-bandga qarang, qaysiki biznes birlashuvida tan olingan qayta sotib olingan huquqlar uchun haqqoniy qiymatni baholash tamoyiliga nisbatan istisnoni belgilaydi.) BHXS 38 ning 36 va 37-bandlari nomoddiy aktivlar boshqa nomoddiy yoki moddiy aktivlar bilan birga yagona hisob birligiga birlashtirilishi kerakligini aniqlash bo’yicha ko’rsatmani ta’minlaydi.
Sotib olinuvchidagi muayyan aniqlanadigan aktivlarning va nazorat qilinmaydigan ulushning haqqoniy qiymatini baholash (18 va 19-bandlarni qo’llash)
Noaniq pul oqimlariga ega aktivlar (baholash rezervlari)
B41 Sotib oluvchi sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatida baholanib, biznes birlashuvida sotib olingan aktivlar uchun sotib olish sanasi holatiga alohida baholash rezervini tan olmasligi lozim, chunki pul oqimlari to’g’risidagi noaniqlik ta’sirlari haqqoniy qiymatni baholashda inobatga olingan bo’ladi. Masalan, mazkur MHXS sotib oluvchidan sotib olingan debitorlik qarzlarini, jumladan kreditlarni, ularning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatida baholashni talab etishi tufayli, sotib oluvchi ushbu sanada umidsiz deb hisoblangan shartnomaviy pul oqimlari bo’yicha alohida baholash rezervini tan olmaydi
Sotib olinuvchi ijaraga beruvchi bo’lgan operativ ijaralarga bog’liq bo’lgan aktivlar
B42 Sotib olinuvchi ijaraga beruvchi bo’lgan operativ ijaraga bog’liq bo’lgan bino yoki patent kabi aktivning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatini baholashda, sotib oluvchi ijara shartlarini inobatga olishi lozim. Boshqacha aytganda, sotib oluvchi alohida aktiv yoki majburiyatni tan olmaydi, agarda operativ ijaraning shartlari, B29-band sotib olinuvchi ijarachi bo’lgan ijaralar bo’yicha talab etganidek, bozor shartlari bilan qiyoslanganda qulay yoki noqulay bo’lsa.
Sotib oluvchi foydalanmaslikni yoki boshqa bozor ishtirokchilari foydalanishi mumkin bo’lgan usuldan farq qiladigan usulda foydalanishni ko’zlaydigan aktivlar
B43 O’zining raqobatbardosh holatini himoya qilish uchun, yoki boshqa sabablar tufayli, sotib oluvchi sotib olingan nomoliyaviy aktivdan faol foydalanmaslikni ko’zlashi mumkin, yoki u aktivning yuqori darajadagi yoki eng yaxshi foydalanilishiga muvofiq foydalanishni ko’zlamasligi mumkin. Masalan, bu sotib olingan izlanish va ishlab chiqish bo’yicha nomoddiy aktiv holatida bo’lishi mumkin, bunda sotib oluvchi undan boshqalarning foydalanishini oldini olish orqali himoyaviy tarzda foydalanishni rejalashtiradi. SHunga qaramasdan, nomoliyaviy aktivdan bozor ishtirokchilari yuqori darajada va eng yaxshi foydalanishini faraz qilgan holda, sotib oluvchi uning haqqoniy qiymatini o’rinli baholash farazlariga muvofiq ham dastlab ham keyingi qadrsizlanishga tekshirish bo’yicha sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatini baholash paytida baholashi lozim.
Sotib olinuvchidagi nazorat qilinmaydigan ulush
B44 Mazkur MHXS sotib oluvchiga sotib olinuvchidagi nazorat qilinmaydigan ulushni sotib olish sanasida uning haqqoniy qiymatida baholashga imkon beradi. Ba’zida sotib oluvchi nazorat qilinmaydigan ulushning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatini aktsiyalar (ya’ni sotib oluvchi egalik qilmaydigan aktsiyalar) bo’yicha faol bozordagi belgilangan narx asosida baholash imkoniyatiga ega bo’ladi. Biroq, boshqa holatlarda, aktsiyalar bo’yicha faol bozordagi belgilangan narx mavjud bo’lmaydi. Ushbu holatlarda, sotib oluvchi nazorat qilinmaydigan ulushning haqqoniy qiymatini boshqa baholash usullari orqali baholashi mumkin.
B45 Sotib oluvchining sotib olinuvchidagi ulushining va nazorat qilinmaydigan ulushning bir aktsiya bo’yicha haqqoniy qiymatlari farq qilishi mumkin. Asosiy farq sotib oluvchining sotib olinuvchidagi ulushining bir aktsiya bo’yicha haqqoniy qiymatida nazorat mukofotining inobatga olinishi, yoki aksincha, nazorat qilinmaydigan ulushning bir aktsiya bo’yicha haqqoniy qiymatida nazorat mavjud bo’lmasligi diskontining (nazorat qilinmaydigan ulush diskonti deb ham yuritiladi) inobatga olinishi bo’lishi mumkin, agarda bozor ishtirokchilari nazorat qilinmaydigan ulushni narxlashda bunda mukofot yoki diskontni inobatga olishi mumkin bo’lsa.

Download 157,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish