Turdikulova gulshad nurmamatovnaning



Download 157,26 Kb.
bet18/26
Sana03.07.2022
Hajmi157,26 Kb.
#733835
TuriReferat
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
Biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish.Referat

Nomoddiy aktivlar
B31 Sotib oluvchi biznes birlashuvida sotib olingan aniqlanadigan nomoddiy aktivlarni, gudvilldan alohida tarzda, tan olishi lozim. Agarda nomoddiy aktiv ajratilish mezonini yoki shartnomaviy-yuridik mezonni qanoatlantirsa, u aniqlanadigan hisoblanadi.
B32 SHartnomaviy-yuridik mezonni qanoatlantiradigan nomoddiy aktiv aniqlanadigan bo’ladi hattoki agarda aktiv o’tkaziladigan bo’lmasa yoki sotib olinuvchidan yoki boshqa huquqlar va majburiyatlardan ajratiladigan bo’lmasa. Masalan:
(a) Sotib olinuvchi ishlab chiqarish inshootini bozor shartlariga nisbatan qulay bo’lgan shartlarga ega operativ ijara asosida ijaraga beradi. Ijara shartlari ijara (sotuv yoki ikkilamchi ijara orqali) o’tkazilishini yaqqol taqiqlaydi. Aynan bir yoki o’xshash moddalar uchun joriy bozor operatsiyalarining shartlari bilan solishtirganda ijara shartlari qulayroq bo’lgan summa nomoddiy aktiv bo’lib, u gudvilldan alohida tarzda tan olish uchun shartnomaviy-yuridik mezonni qanoatlantiradi, bunda sotib oluvchi ijara shartnomasini sotish yoki boshqa hollarda o’tkazish imkoniga ega bo’lmasa ham.
(b) sotib olinuvchi atom elektr stantsiyasiga ega va uni boshqaradi. Ushbu atom elektr stantsiyasini boshqarish litsenziyasi nomoddiy aktiv bo’lib, u gudvilldan alohida tarzda tan olish uchun shartnomaviy-yuridik mezonni qanoatlantiradi, bunda sotib oluvchi uni sotib olingan elektr stantsiyasidan alohida tarzda sotish yoki boshqa hollarda o’tkazish imkoniga ega bo’lmasa ham. Sotib oluvchi boshqarish litsenziyasining haqqoniy qiymati bilan elektr stantsiyasining haqqoniy qiymatini moliyaviy hisobot maqsadlarida yagona aktiv sifatida tan olishi mumkin, agarda ushbu aktivlarning foydali muddatlari o’xshash bo’lsa.
(v) Sotib olinuvchi texnologik patentga egadir. U ushbu patentni boshqalarga faqatgina ichki bozordan tashqarida foydalanish uchun litsenziya sifatida taqdim etgan va buning evaziga kelgusi xorijdagi foydaning ma’lum ulushini oladi. Texnologik patent va unga tegishli litsenziya kelishuvi gudvilldan alohida tarzda tan olish uchun shartnomaviy-yuridik mezonni qanoatlantiradi, hattoki agarda patent va unga tegishli litsenziya kelishuvini bir biridan alohida tarzda sotish yoki ayirboshlash amaliy mumkin bo’lmasa ham.
B33 Ajratilish mezoni shuni anglatadiki, sotib olingan nomoddiy aktiv sotib olinuvchidan ajratilgan yoki bo’lingan holda, alohida yoki tegishli shartnoma, aniqlanadigan aktiv yoki majburiyat bilan birga sotilishi, o’tkazilishi, litsenziyalanishi, ijaraga berilishi yoki ayirboshlanishi mumkin. Sotib oluvchi sotish, litsenziyalash yoki boshqa hollarda qiymatga ega boshqa moddaga ayirboshlash imkoniyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktiv ajratilish mezonini qanoatlantiradi, hattoki agarda sotib oluvchi uni sotish, litsenziyalash yoki boshqa hollarda ayirboshlashni ko’zda tutmasa ham. Sotib olingan nomoddiy aktiv ajratilish mezonini qanoatlantiradi, qachonki ushbu turdagi aktiv yoki o’xshash turdagi aktiv bo’yicha ayirboshlash operatsiyalarining dalili mavjud bo’lsa, bunda hattoki agarda ushbu operatsiyalar kam hollarda sodir bo’lsa ham va sotib oluvchi ularda ishtirok etishi yoki etmasligidan qat’iy nazar. Masalan, mijoz va obunachi ro’yxatlari tez-tez litsenziyalanadi va demak ajratilish mezonini qanoatlantiradi. Hattoki agarda sotib olinuvchi uning mijoz ro’yxatlari boshqa mijoz ro’yxatlaridan farq qiladigan xususiyatlarga ega bo’lishiga ishonganda ham, mijoz ro’yxatlari tez-tez litsenziyalanishi to’g’risidagi dalil umuman olganda shuni anglatadiki, sotib olingan mijoz ro’yxati ajratilish mezonini qanoatlantiradi. Biroq, biznes birlashuvda sotib olingan mijoz ro’yxati ajratilish mezonini qanoatlantirmasligi mumkin, agarda maxfiylik yoki boshqa kelishuvlar shartlari tadbirkorlik sub’ektining uning mijozlari to’g’risidagi ma’lumotlarni sotishini, ijaraa berishini yoki boshqa hollarda ayirboshlashini taqiqlasa.
B34 Sotib olinuvchidan yoki birlashgan tadbirkorlik sub’ektidan alohida tarzda ajratilmaydigan nomoddiy aktiv ajratilish mezonini qanoatlantiradi, agarda u tegishli shartnoma, aniqlanadigan aktiv yoki majburiyat bilan birga ajratiladigan bo’lsa. Masalan:
(a) bozor ishtirokchilari depozit majburiyatlarni va tegishli depozitor aloqasi bo’yicha nomoddiy aktivlarni kuzatiladigan ayirboshlash operatsiyalarida ayirboshlaydi. SHu tufayli, sotib oluvchi depozitor aloqasi bo’yicha nomoddiy aktivni gudvilldan alohida tarzda tan olishi kerak.
(b) sotib oluvchi ro’yxatga olingan savdo belgisiga va savdo belgisiga ega mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan hujjatlashtirilgan ammo patentlanmagan texnik tajribaga egadir. Savdo belgisi bo’yicha egalik huquqini o’tkazish uchun, mulk egasidan sobiq mulk egasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotdan farqlanmaydigan mahsulotni yoki xizmatni ishlab chiqarish uchun yangi mulk egasiga zarur bo’lgan boshqa barcha qismlarni o’tkazish ham talab etiladi. Tegishli savdo belgisi sotilganda, patentlanmagan texnik tajriba sotib olinuvchidan yoki birlashgan tadbirkorlik sub’ektidan ajratilishi va sotilishi shart bo’lganligi tufayli, u ajratilish mezonini qanoatlantiradi.

Download 157,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish