Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda B25 B22(g)-bandda ta’kidlangandek, qayta sotib olishdan keyingi jamlangan moliyaviy hisobotlardagi kapital tuzilish yuridik jihatdan sotib oluvchining (buxgalteriya maqsadlaridagi sotib olinuvchi) kapital tuzilishini, jumladan biznes birlashuvni amalga oshirishda yuridik jihatdan sotib oluvchi tomonidan chiqarilgan kapitaldagi ulushlarni aks ettiradi.
B26 Qayta sotib olish sodir bo’ladigan davr mobaynida amaldagi oddiy aktsiyalarning tortilgan o’rtacha miqdorini (bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foydani hisoblashdagi maxraj) hisoblashda:
(a) ushbu davr boshidan sotib olish sanasigacha amaldagi oddiy aktsiyalar miqdori qo’shilish kelishuvida belgilangan ayirboshlash koeffitsientiga ko’paytirilgan davr mobaynida yuridik jihatdan sotib olinuvchining (buxgalteriya maqsadlaridagi sotib oluvchi) amaldagi oddiy aktsiyalarining tortilgan o’rtacha miqdori asosida hisoblanishi lozim; va
(b) sotib olish sanasidan ushbu davr oxirigacha amaldagi oddiy aktsiyalar miqdori ushbu davr mobaynida yuridik jihatdan sotib oluvchining (buxgalteriya maqsadlaridagi sotib olinuvchi) amaldagi oddiy aktsiyalarining haqiqiy miqdori bo’lishi lozim.
B27 Qayta sotib olishdan keyingi jamlangan moliyaviy hisobotlarda taqdim etilgan sotib olish sanasidan olingi har bir qiyoslanuvchan davr uchun bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy foyda quyidagi hisoblanishi lozim:
(a) ushbu davrlarning har biridagi oddiy aktsiyadorlarga tegishli yuridik jihatdan sotib olinuvchining foyda yoki zarari
(b) sotib olish kelishuvida belgilangan ayirboshlash koeffitsientiga ko’paytirilgan yuridik jihatdan sotib olinuvchining (buxgalteriya maqsadlaridagi sotib oluvchi) amaldagi oddiy aktsiyalarining tarixiy tortilgan o’rtacha miqdoriga bo’linadi.
Muayyan sotib olingan aktivlar va zimmaga olingan majburiyatlarni tan olish (10-13 bandlarni qo’llash) Operativ ijaralar B28 Sotib oluvchi sotib olinuvchi ijarachi bo’lgan operativ ijaraga tegishli bo’lgan hech qanday aktivlar yoki majburiyatlarni tan olmasligi lozim, bundan B29 va B30-bandlar orqali talab etilgan holat mustasno.
B29 Sotib oluvchi sotib olinuvchi ijarachi bo’lgan har bir operativ ijaraning shartlari qulay yoki noqulay ekanligini aniqlashi lozim. Agarda operativ ijara shartlari bozor shartlariga nisbatan qulay bo’lsa, sotib oluvchi nomoddiy aktivni, agarda shartlar bozor shartlariga nisbatan noqulay bo’lsa, majburiyatni tan olishi lozim. B42-band sotib oluvchi ijaraga beruvchi bo’lgan holdagi operativ ijaralarga shartli bo’lgan aktivlarning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatini baholash bo’yicha yo’riqnomani ta’minlaydi.
B30 Aniqlanadigan nomoddiy aktiv operativ ijara bilan bog’liq bo’lishi mumkin, qaysiki bozor ishtirokchilarining ijara uchun narxni, hattoki agarda u bozor shartlarida bo’lsa ham, to’lash hohishi orqali tasdiqlanishi mumkin. Masalan, aeroportdagi darvozalarning yoki asosiy xarid maydonidagi chakana savdo joyining ijaragi aniqlanadigan nomoddiy aktivlar sifatida, masalan mijoz aloqasi sifatida, tasniflanadigan bozorda qatnashishni yoki boshqa kelgusi iqtisodiy naflarni ta’minlashi mumkin. Ushbu holatda, sotib oluvchi tegishli aniqlanadigan nomoddiy aktiv(lar)ni B31-bandga muvofiq tan olishi lozim.