operatsiyaning muddati – operatsiyaning muddati ham u sotib olinuvchi uchun ayirboshlashning qismi bo’lishi yoki bo’lmasligiga oydinlik kiritishi mumkin. Masalan, sotib oluvchi bilan sotib olinuvchi o’rtasida biznes birlashuvining shartlari bo’yicha muzokaralar mobaynida sodir bo’ladigan operatsiya sotib olinuvchiga yoki birlashgan tadbirkorlik sub’ektiga kelgusi iqtisodiy naflarni ta’minlash uchun biznes birlashuvini ko’rib chiqish maqsadida amalga oshirilgan bo’lishi mumkin. Agarda shunda bo’lsa, sotib olinuvchi va uning sobiq mulk egalari biznes birlashuvidan oldin operatsiyadan kamroq naf olishi yoki hech qanday naf olmaslik ehtimoli mavjud, bunda ular birlashgan tadbirkorlik sub’ektining qismi sifatida oladigan naflardan tashqari.
Biznes birlashuvida sotib oluvchi bilan sotib olinuvchi o’rtasidagi avval mavjud bo’lgan aloqani amalda hisob-kitob qilish (52(a)-bandni qo’llash)
B51 Sotib oluvchi va sotib olinuvchi ular biznes birlashuvini ko’zda tutishidan oldin mavjud bo’lgan aloqaga, ya’ni “avval mavjud bo’lgan aloqa” deb nomlanadigan aloqaga ega bo’lishi mumkin. Sotib oluvchi bilan sotib olinuvchi o’rtasidagi avval mavjud bo’lgan aloqa shartnomaviy (masalan, ta’minotchi va mijoz yoki litsenziyalovchi va litsenziyalanuvchi) yoki noshartnomaviy (masalan, da’vogar va javobgar) bo’lishi mumkin.
B52 Agarda biznes birlashuvi avval mavjud bo’lgan aloqani hal qilsa, sotib oluvchi quyidagicha baholangan foyda yoki zararni tan oladi:
(a) avval mavjud bo’lgan noshartnomaviy aloqada (masalan sud jarayonida), haqkoniy qiymatni.
(b) avval mavjud bo’lgan shartnomaviy aloqada, (i) va (ii) dagi summalarning kamrog’ini:
(i) shartnomani aynan bir yoki o’xshash moddalar uchun joriy bozor operatsiyalari bo’yicha shartlar bilan qiyoslaganda sotib oluvchi nuqtai nazaridan qulay yoki noqulay bo’lgan summa. (Noqulay shartnoma shunday shartnomaki, qaysiki joriy bozor shartlarida noqulaydir. U og’irlik qiladigan shartnoma, ya’ni shartnoma asosida majburiyatlarni bajarishning muqarrar xarajatlari uning asosida olinishi kutilgan iqtisodiy naflardan oshadigan shartnoma, bo’lishi shart emas.)
(ii) shartnoma noqulay bo’lgan kontragent uchun mavjud bo’lgan shartnomadagi har qanday qayd qilingan hisob-kitob qilish shartlarining summasi.
Agarda (i) dan (ii) kam bo’lsa, farq biznes birlashuvi hisobining qismi sifatida inobatga olinadi.
Tan olingan foyda yoki zarar summasi sotib oluvchi oldin tegishli aktiv yoki majburiyatni tan olgan yoki olmaganligiga qisman bog’liq bo’lishi mumkin va shu tufayli e’lon qilingan foyda yoki zarar yuqoridagi talablarni qo’llash orqali hisoblangan summadan farq qilishi mumkin.
B53 Avval mavjud bo’lgan aloqa sotib oluvchi qayta sotib olingan huquq sifatida tan oladigan shartnoma bo’lishi mumkin. Agarda shartnoma aynan bir yoki o’xshash moddalar uchun joriy bozor operatsiyalari bo’yicha narxlash bilan qiyoslaganda qulay yoki noqulay bo’lgan shartlarni o’z ichiga olsa, sotib oluvchi shartnomani samarali hisob-kitob qilish uchun, B52-bandga muvofiq baholangan, foyda yoki zararni biznes birlashuvidan alohida tarzda tan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |