Turdikulova gulshad nurmamatovnaning


Xodimlarga yoki aktsiyalarni sotayotgan aktsiyadorlarga shartli to’lovlar bo’yicha kelishuvlar 52(b)-bandni qo’llash)



Download 157,26 Kb.
bet23/26
Sana03.07.2022
Hajmi157,26 Kb.
#733835
TuriReferat
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish.Referat

Xodimlarga yoki aktsiyalarni sotayotgan aktsiyadorlarga shartli to’lovlar bo’yicha kelishuvlar 52(b)-bandni qo’llash)
B54 Xodimlarga yoki sotayotgan aktsiyadorlarga shartli to’lovlar bo’yicha kelishuvlar biznes birlashuvdagi shartli tovon bo’lishi yoki alohida operatsiyalar bo’lishi kelishuvlarning xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Sotib olish kelishuvi shartli to’lovlar shartlarini o’z ichiga olish sabablarini, kim kelishuvga tashabbuskorlik qilganini va tomonlar kelishuvni qachon tuzganligini tushunish kelishuvning xususiyatini baholashda foydali bo’lishi mumkin.
B55 Agarda xodimlarga yoki sotayotgan aktsiyadorlarga shartli to’lovlar bo’yicha kelishuvlar sotib olinuvchi uchun ayirboshlashning qismi bo’lishi yoki biznes birlashuvdan alohida operatsiya bo’lishi yaqqol ko’rinmasa, sotib oluvchi quyidagi ko’rsatkichlarni ko’rib chiqishi kerak:
(a) Ukluksiz bandlik – asosiy xodimlarga aylanadigan sotayotgan aktsiyadorlar tomonidan belgilangan ukluksiz bandlikning shartlari shartli tovon kelishuvining mohiyatining ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Ukluksiz bandlikning o’rinli shartlari bandlik kelishuvida, sotib olish kelishuvida yoki ayrim boshqa hujjatda inobatga olinishi mumkin. Bandlik to’xtaganda to’lovlar avtomatik tarzda voz kechiladigan shartli tovon kelishuvi birlashuvdan so’nggi xizmatlari uchun ish haqi hisoblanadi. SHartli to’lovlarga bandlik to’xtashi ta’sir etmaydigan kelishuvlar shuni ko’rsatishi mumkinki, shartli to’lovlar ish haqi emas, balki qo’shimcha tovon bo’ladi.
(b) Ukluksiz bandlikning davomiyligi – Agarda talab etilgan bandlik davri shartli to’lov davri bilan mos yoki undan uzoqroq bo’lsa, bu shartli to’lovlar, mohiyatan, ish haqi bo’lishini ko’rsatishi mumkin.
(v) Ish haqi daradjasi – SHartli to’lovlardan tashqari xodim ish haqi birlashgan tadbirkorlik sub’ektidagi boshqa asosiy xodimlarning ish haqi bilan qiyoslanganda oqilona darajada bo’lgan holatlar shuni ko’rsatishi mumkinki, shartli to’lovlar ish haqi emas, balki qo’shimcha tovon bo’ladi.
(g) Xodimlarga qo’shimcha to’ovlar – Agarda xodimlarga aylanmaydigan sotayotgan aktsidorlar birlashgan tadbirkorlik sub’ektining xodimlariga aylanadigan sotayotgan aktsidorlarga nisbatan bir aktsiyaga asoslangan kamroq shartli to’lovlarni olsa, ushbu dalil shuni ko’rsatishi mumkinki, xodimlarga aylanadigan sotayotgan aktsidorlarga shartli to’lovlarning qo’shimcha summasi ish haqi bo’ladi.
(d) Egalikdagi aktsiyalar miqdori – asosiy xodimlar sifatida qoladigan sotayotgan aktsidorlar tomonidan egalik qilingan aktsiyalarning nisbiy miqdori shartli to’lov kelishuvi mohiyatining ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Masalan, agarda sotib olinuvchidagi deyarli barcha aktsiyalarga egalik qilgan sotayotgan aktsiyadorlar asosiy xodimlar sifatida o’z faoliyatini davom ettirsa, ushbu dalil shuni ko’rsatishi mumkinki, kelishuv mohiyatan birlashuvdan so’nggi xizmatlar bo’yicha ish haqini ta’minlash uchun ko’zlangan foydani-bo’lish kelishuvi bo’ladi. Muqobil tarzda, agarda asosiy xodimlar sifatida o’z faoliyatini davom ettiradigan sotayotgan aktsiyadorlar sotib olinuvchining faqatgina kam miqdordagi aktsiyalariga egalik qilgan bo’lsa va barcha sotayotgan aktsiyadorlar bir aktsiyaga asoslangan shartli to’lovning bir xil summasini olsa, ushbu dalil shuni ko’rsatishi mumkinki, shartli to’lovlar qo’shimcha tovon bo’ladi. Asosiy xodimlar sifatida o’z faoliyatini davom ettiradigan sotayotgan aktsiyadorlarga o’zaro bog’liq tomonlarning, masalan oila a’zolarining, sotib olishdan oldingi egalik ulushlari ham inobatga olinishi lozim.
(e) Baholashga bog’liqlik – Agarda sotib olish sanasida o’tkazilgan dastlabki tovon sotib olinuvchini baholashda aniqlangan kenglikning quyi chegarasiga asoslangan bo’lsa va shartli formula ushbu baholash yondashuviga tegishli bo’lsa, ushbu dalil shuni ko’rsatishi mumkinki, shartli to’lovlar qo’shimcha tovon bo’ladi. Muqobil tarzda, agarda shartli to’lov formulasi oldingi foydani-bo’lish kelishuvi bilan mos bo’lsa, ushbu dalil shuni ta’kidlashi mumkinki, kelishuvning mohiyati ish haqini ta’minlash bo’ladi.
(j) Tovonni aniqlash formulasi – SHartli to’lovni aniqlashda foydalanilgan formula kelishuvning mohiyatini baholashda foydali bo’lishi mumkin. Masalan, agarda shartli to’lov ko’p martali foydalar asosida aniqlansa, bu shuni ta’kidlashi mumkinki, majburiyat biznes birlashuvidagi shartli tovon bo’ladi va formula sotib olinuvchining haqqoniy qiymatini aniqlash yoki tasdiqlashga ko’zlangan bo’ladi. Aksincha, foydaning belgilangan ulushi bo’lgan shartli to’lov ta’kidlashi mumkinki, xodimlar oldidagi majburiyatlar ko’rsatilgan xizmatlar uchun xodimlarga haq to’lash bo’yicha foydani-bo’lish kelishuvi bo’ladi.
(z) Boshqa kelishuvlar va masalalar – sotayotgan aktsiyadorlar bilan boshqa kelishuvlarning shartlari (masalan, raqobat qilmaslik kelishuvlari, kelgusida kuchga kiradigan shartnomalar, konsalting shartnomalari va mulk ijaragi kelishuvlari) va shartli to’lovlarning daromad solig’i yondashuvi ko’rsatishi mumkinki, shartli to’lovlar sotib olinuvchi uchun tovon bo’lmagan boshqa to’lovlarni aks ettirishi mumkin. Masalan, sotib olish bilan bog’liq holda, sotib oluvchi yirik sotayotgan aktsiyador bilan mulk ijaragi kelishuvi tuzishi mumkin. Agarda ijara shartnomasida belgilangan ijara to’lovlari sezilarli tarzda bozordan past bo’lsa, shartli to’lovlar bo’yicha alohida kelishuv orqali talab etilgan ijaraga beruvchiga (sotayotgan aktsiyadorga) ayrim yoki barcha shartli to’lovlar, mohiyatan, sotib oluvchi o’zining birlashuvdan so’nggi moliyaviy hisobotlarida alohida tan olishi kerak bo’lgan ijaraga berilgan mulkdan foydalanish uchun to’lovlar bo’lishi mumkin. Aksincha, agarda ijara shartnomasi ijaraga berilgan mulk uchun bozor shartlari bilan mos bo’lgan ijara to’lovlarini belgilasa, sotayotgan aktsidorga shartli to’lovlar bo’yicha kelishuv biznes birlashuvidagi shartli tovon bo’lishi mumkin.

Download 157,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish