Turakulov e



Download 2,06 Mb.
bet68/113
Sana26.10.2022
Hajmi2,06 Mb.
#856756
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113
Bog'liq
KL Педагогик технологиялар ва махорат

Muayyan toifadagi vazifalarni echish metodikasini tushunib olishga yordam beradigan bilimlar o’zlashtirilishini nazorat қilish;

  • O’zlashtirilish obekti bo’lgan vazifalarning echilish metodikasi bilan tanishish;

  • Konkret vazifa materiallari asosida ctrganilgan metodikaga muvofiқ ravishda talabalarning individual faoliyatini tashkil etish;

  • Tipik қiyinchiliklar va ulami engish yo’llarini guruҳ bo’lib muҳokama қilishni tashkil etishning talabalar tomonidan bajarilib borishi va natijalarini taҳlil қilish, kelgusida egallanishi mumkin bo’lgan malakalarni takomillashtirish bo’yicha vazifa қo’yish.

    Muammoli tipdagi amaliy mashғulotlarni tashkil etish қuyidagi bosқichlarni o’z ichiga oladi:
    1. Muayyan toifadagi vazifalarning echilish metodikasini ishlab chiқish uchun zarur bo’lgan bilimlarning talabalar tomonidan o’zlashtirilishini nazorat қilish; 2. echilish metodikasini ishlab chiқishni kctzda tutgan yangi vazifalarni қo’yish;

    1. Қo’yilgan vazifaning echilish metodikasini ishlab chiқishga қaratilgan talabalarning fikrlashga urinishlarini tashkil etish;

    2. Talabalar ishlarining natijalarini taҳlil қilish, metodikani ishlab chiқish jarayonida yuzaga kelgan қiyinchiliklarni guruҳ bo’lib muҳokama қilish, uning sabablari va uni engish usullarini aniқlash.

    Amaliy vazifa va muammolarni echishdagi talabalarning umumiy faoliyatini tashkil etishning samarali shakli tadbirkorlik o’yinlaridir. Ma’lumki, tadbirkorlik o’yinlari talabalarning kollektiv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bu jarayonda uning bo’lғusi kasbiy faoliyatining ashyoviy va ijtimoiy mazmuni yaratiladi.
    Tadbirkorlik o’yinlarining pedagogik samaradorligi natijasi ko’p jiҳatlardan o’yinning ssenariysini ishlab chiқish va uning tayyorlanish sifati bilan belgilanadi. Tadbirkorlik o’yinlari talabani amaliy tayyorlashning pedagogik vazifalari tizimini echishga қaratilgan bo’lishi lozim. Bularga birinchi navbatda: real kasbiy faoliyat sharoitida қo’llanadigan amaliy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish; amaliy vaziyatlar va shunga mos ҳarakat usullarini ishlab chiқishni taҳlil қiladigan fikrlash қobiliyatlarini shakllantirish guruҳ (jamoa) faoliyatida faol ishtirok etishini ta’minlaydigan қobiliyatlarni shakllantirish taalluқlidir.
    O’yinning mazmuni va tuzilmasi shunday shakllanishi va shunday ruzilishi kerakki, unda shunga mos malaka va қobiliyatlar ҳar bir ishtirokchida butun o’yin davomida shakllansin. O’yinning pedagogik vazifalari ssenariyda aniқ aks etishi shart.
    O’қuv vaziyatini modellashtirish bo’yicha tadbirkorlik o’yinlarini tayyorlashda murakkab amaliy vazifalarni (muammolarni) echishga қaratilgan kasbiy faoliyat mazmuni tanlanadi. Bunda mos vazifalarni taҳlil қilib chiқish, uni echishda ishtirok etadigan raҳbarlar va ijrochilarni, ularning vazifalari, o’zaro munosabatlari tartibi, vazifani samarali echishning ibtidosi bosқichlari va me’yorlari, unga kerak bo’ladigan texnik vositalar, me’yoriy, eҳtiyoj (spravochnik), metodik va boshқa manbalarni aniқlash zarur.
    O’қuv jarayonini takomillashtirish metodlari muammoli o’қitish jarayonida samaradorligi bilan aloҳida aҳamiyatga ega. Ulardan talaba ijodiy shaxsni — bo’lғusi mutaxassisni shakllantirish nuқtai nazardan foydalanish maқsadga muvofiқdir. Bunday o’қitishda talabalarning bilish mustaқilligini shakllantirish va rivojlantirish katta aҳamiyatga ega, chunki u talabalarda bilimga bo’lgan barқaror қiziқishning shakllanganligini, tashabbus va mustaқil faoliyatning muntazamligini, muayyan aқliy ҳarakatlar va aқliy sifatlar tizimini ko’zda tutadi.
    Ma’lumki, bilish talabalarning tushunishi uchun bo’lgan aniқ fan satҳida boshlanar va bu bosқichga uning rivojlanishi, қobiliyati mos kelishi, tabiat jarayonlari va ҳodisalarining ichki moҳiyati va ҳaқiқiy mazmuniga etish va shu tariқa asl ilmiy bilimlar o’zlashtirilar ekan, bu o’rinda o’қitishning faol, muammoli-ijodiy metodlarini қo’llash zarur. Vazifa ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’z-o’zidan ҳal bo’lmaydi.JJning echilishi tafakkurni maxsus mashқ қildirishga jalb etadi. Shu ma’noda gap o’қuv materialini o’rganishning muayyan obrazi, tashkiliy, pedagogik maқsadga muvofiқligi jarayoni, fikrlashning faol taraққiy etib borishi, bilish faolligi va talabalarning mustaқilligi ҳaқida boradi.
    Demak, muammoli o’қitish bu o’қitishning pedagogik texnologiyasi bo’lib, o’zining mazmuni va tuzilmasi bo’yicha o’қituvchi va talabaning ijodiy jarayonlarini sintezlaydi.
    Muammoli o’қitishda pedagogik faoliyatning xususiyatlari o’қuv axborotlari mazmunini muammoli vazifalar va muammoli vaziyatlarga ko’chirish orқali maқsadlarni oydinlashtirish jarayonidan iborat bo’ladi.
    Ijodiy o’қuv faoliyati muammoli o’қitishning asosiy қoidasini saқlagan ҳolda — ma’lum darajada ҳarakatlarga erkinlik berish va bu ҳarakatlarni bilish jarayonining butun tuzilmasi tizimida tartibga tushirish bilan boshқariladi.
    Muammoli o’қitishdan foydalangan ҳoldagina talabalarda o’қuv muammolari va kasbiy vazifalarini echishda ilmiy tekshirish jiҳatdan yondashuvni tarbiyalash, mustaқil bilish malakasi va metodlarini shakllantirish murnkin. Muammoli o’қitishni қo’llash, bilishni tushunishni shakllantirishga yordam beradi, pedagogik ijod va kasbiy maҳoratni rivojlantirishga psixologik va kasbiy tayyorlikni shakllantiradi.
    Muammoli o’қitish o’қuv axborotlarining maxsus tuzilmasini ishlab chiқishni taққazo қiladi. Muammoli lekstiya texnologiyasi savollar, gipotezalar tizimi, uning echimi, nazorat va tuzatuvlarni amalgaoshirish tizimi orқali mazmunni muntazam ochib borishni ko’zda tutadi.
    Shuningdek, muammoli lekstiyada muammoli vaziyat va uni muammoli ҳal қiiish tizimi ҳam kiradi. O’қuv jarayonida bunday texnologiyani joriy қilish қiziқishni uyғotadi, aқlni rivojlantiradi, bilish қarshiliklarini engish uchun yo’l-yo’riқlar berishni talab қiladi. Shu bilan birga mantiқiy tadқiқ қilishga yo’llaydi va uni bosқichlar bo’vicha o’rgatadi, tafakkuming nazariy uslublarini tarbiyalaydi.
    Muammoli leksiyani o’tkazishda o’қuv axborotlari tuzilmasi shunday tasvirlanishi mumkin, ya’ni lekstiya «O’zbekiston Respublikasida Xalқ ta’limi taraққiyotining ҳozirgi zamon konsepstiyasi» kabi muammolarga baғishlanishi mumkin. Bu leksiyani tashkil etishda muammoli vaziyat takliflar bo’yicha echilish usulini tanlash, қo’yilgan muammo echimi bo’yicha tanlangan usullarni muҳokama қilish, yangi axborotni olib kirish tarzida yaratiladi.
    Muammoli vaziyatni yaratish uchun talabalarga ikki nazariy қoida taklif etiladi: bu xalқ ta’limini bashorat қilish va xalқ ta’limi maқsadi. Ularga bu muammolardan birini tanlash yoki muammoli vaziyat aniқlab berishi lozim bo’lgan o’zlarining yangi nazariy қoidasini tuzish taklif etiladi.
    Keyingi bosқichda tanlangan vazifani muҳokama қilish tashkil etiladi, uning ҳal қflinish jarayoni kuzatiladi, axborotlar taҳlil қilinadi va tanlangan echimniftg to’ғriligi tekshirib ko’riladi. Undan so’ng yangi nazariy nuқtai nazarni tuzishga o’tiladi.
    Muammoli lekstiya talabalarning faқat tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi bo’lishini taқozo қiladi. U ilmiy tafakkur uslubini rivojlantiradi. Muammoli vazifalar o’zida operasion-prosessual tarkiblarni birlashtiradi. Ular axborot mazmunini yangilash va yangi bilimlar olish orқali taҳlilga, tushunish va izoҳlashga, o’rganilayotgan ilmiy muammolarni nazariy jiҳatdan fikrlashga diққatni jalb қiladi. Muammoli leksiya davomidatalabalarda mavjud bo’lgan bilimlardan foydalaniladi, ularni yangi axborotlar bilan boғliқ ravishda yangilanishini amalga oshiradi.

    Download 2,06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish