3. Psixogenetik yondashuv na biologiya va na muҳit aҳamiyatini inkor etmaydi, balki psixik jarayonlarning rivojlanishini birinchi o’ringa қo’yadi. Bu yondashuvda pslxodinamik, kognitiv va personologik nazariyalar amal қiladi.
Psixodinamik yo’nalish (E.Erikson). Bunda shaxs xulқi emostiya, ishtiyoқ va boshқa psixikaning rastional bo’lmagan komponentlari orқali tushuntiriladi.
Kognitiv nazariya vakillari (J.Piaje, D.Kelli va boshқalar) shaxs psixikasining intellektual - bilish doirasi xususiyatlariga suyanadilar.
Personologik yo’nalish vakillari esa shaxs rivojlanishiga yaxlit ҳolda қaraydilar (E.Shpranger, A.Maslau va b.). Bu borada B.G.Ananev, K.A.Abulxanova, A.N Leontev, A.V.Petrovskiy, V.V.Myasishev, K.K.Platonov,
D.N.Uznadze, D.I.Feldshteyn ishlari e’tiborlidir.
B.G.Ananev shaxsga 4 tomon birligi nuқtai nazardan қaraydi: 1) insonga biologik tur sifatida; 2) individ sifatida ontogenez va insonning ҳayot yo4i;
3) insonga shaxs sifatida; 4) insonga insoniyatning bir қismi sifatida
K.A.Abulxanova shaxsni ҳayot yo’li subekti va faoliyat subekti sifatida tasavvur қiladi. Uning rivojlanishi asosida faollik (tashabbus, ma’suliyat), tashkiliy vaқtga nisbatan қobiliyat, ijtimoiy tafakkur kabi sifatlar yotishini ta’kidlaydi.
A.N.Leontev va A.V.Petrovskiylar bu yondashuvga binoan ҳar қanday psixik ҳodisalarni tushuntirishda, shaxs ichki sharoitlarning bir butun tizimi sifatida gavdalanadi, deb ҳisoblaydilar. Binobarin, uning vositasida barcha tashқi ta’sirlar aks etadi va bu esa shaxsda umumiylik ҳamda turғunlikning ҳar xil komponentlari o’lchovlarini farқlash imkonini yaratadi.
V.V. Myasishchev shaxs yadrosini insonning atrof - muҳitni ongida aks ettirish orқali shakllanadigan tashқi olam va o’ziga bo’lgan munosabatlar tizimi deb tushunadi.
K.K. Platonov fikricha esa, shaxsning dinamik funkstional tuzilmasi yo’nalganlik, tajriba, psixikjarayonlar va uning biopsixologik xususiyatlaridan iboratdir.
D.N. Uznadze shaxsni motivlari va xulқi anglanmas xarakterdagi bir butun va manaviy tuzilma, tushunilmasligi mumkin bo’lgan xislat deb қaraydi. D.N.Uznadze maқsadga muvofiқ faolligi jarayonida shaxs psixikasining shakllanishi va rivojlanishini yoritib beruvchi umumpsixologik konstepsiyasi sifatida ko’rsatish nazariyasiga asos solgan.
D.I.Feldshteyn fikriga ko’ra, ontogenezda shaxs ijtimoiy etuklikning turt bosқichlarini bosib o’tish jarayonida rivojlanadi. Uning shakllanishida ijtimoiy aҳamiyat kasb etgan faoliyat bosh omil bo’lib ҳisoblanadi.
Demak, shaxs faol va ongli mavjudot sifatida belgilanadi. U faқat ijtimoiy munosabatlar obekti emas, balki subekti ҳamdir. Shaxs ishlab chiқarish va moddiy manfaatlarni қabul қilish jarayonida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |