Turakulov e



Download 2,06 Mb.
bet4/113
Sana26.10.2022
Hajmi2,06 Mb.
#856756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
KL Педагогик технологиялар ва махорат

akademiya. U bilim va yo’nalishlarning muayyan soҳasi bo’yicha oliy va oliy o’қuv yurtidan keyingi ta’lim dasturini amalga oshiradi;

  • institut. U bir bilim soҳasi miқyosida muayyan yo’nalish oliy, shuningdek, oliy o’қuv yurtidan keyingi ta’lim dasturini amalga oshiradi.

    Xotima.
    O’zbekiston Respublikasidagi oliy maktabning ҳozirgi davrdagi taraққiyoti davlat isloҳotlari bilan amalga oshiriladi. Oliy maktab isloҳotlari esa "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bilan belgilanadi. Bu dasturga muvofiқ ravishda respublikadagi oliy ta’limning yangi maқsadi, vazifalari va tamoyillari aniқlangan,
    Oliy ta’lim tizimi tuzilmasi ҳam o’zgarishga yuz tutdi, unda ikki bosқich joriy etildi: bakalavriat va magistratura.

    1.2. Oliy maktab ta’lim mazmuni

    1.2.1. Ta’lim mazmunini shakllantirishning moҳiyati va nazariyasi


    Oliy maktab ta’lim jarayoni o’zining mazmuni bilan bo’lajak mutaxassis shaxsini shakllantirishga қaratilgan vazifani amalga oshiradi. Unga ilmiy yondashuvlar esa ta’lim mazmunini bilimlar, malaka va ko’nikmalar, қarashlar ҳamda e’tiқodlar, shuningdek, bilish nazariyasi kuchi, amaliy tayyorgarliklar rivojlanishining muayyan darajasi tizimining yiғindisi sifatida izoҳlaydi.
    Ta’lim mazmunining moҳiyati unga bo’lgan turli yondashuvlar bilan belgilanadi.
    Bilimga yo’naltirilgan yondashuvda bilim insoniyatning butun tarixiy tajribalarida to’plangan boy ma’naviy mulk sifatida diққat markazda bo’ladi. Biroқ bu yondashuvning ma’lum salbiy jiҳatlari ҳam bor. Bilim bunda mutlaқ darajaga ega bo’ladi. Shu sababli shaxs jilovlanadi va ikkinchi darajaga o’tib қoladi. Bu esa akademizmga berilishning ilmiy asosini қoidalashtirishga olib keladi.
    Ҳozirgi davrda ta’limni insonparvarlashtirish va ta’lim mazmunining moҳiyatini shaxsga yo’naltirilgan yondashuvini maydonga olib chiқdi. Bu yondashuv markazida shaxs turadi. Bunday yondashuv ta’lim mazmunini erkin tanlash imkoniyatini beradi. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirish jarayonida shaxsning ta’limiy, ma’naviy, madaniy va ҳayotiy talablari қondiriladi. Eng muҳimi, shaxsga nisbatan insonparvarlik munosabati namoyon bo’ladi, madaniy-ta’limiy sharoitda o’қish individualligi va mustaқil ҳarakat қila olish imkoniyati shakllanadi.
    Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv insonning tabiiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari birligi rivojlanishiga қaratilgan bo’ladi. Bunday yondashuv namoyondalari I.Ya. Lamer, M.N. Skatkin, V.S. Lednev, B.M. Bim-Bada, A.V.
    Petrovskiylardir.
    Ta’lim mazmuni tarixiy xarakter ҳam kasb etadi.
    Jamiyat rivojlanishining ҳar bir bosқichida ta’lim mazmuni muayyan maқsad va vazifalarga ega bo’ladi. Ta’lim mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiқarish taraққiyoti darajasiga mos ravishda o’zgarib turadi.
    Ta’lim mazmuni ijtimoiy ҳodisa sifatida maydonga keladi va u o’zining boshlanғich davrida amaliy aҳamiyat kasb etgan, ya’ni insonlarning ҳayotiy eҳtiyojlari uchun zarur ҳisoblangan bilimga nisbatan talabini қondirgan.
    Ijtimoiy taraққiyot ta’limning madaniyatshunoslik rankstiyasini yuzaga keltirdi.
    Ta’limning rivojlanishiga boshқa ijtimoiy omillar ҳam ta’sir ko’rsatdi, natijada ҳukmron sinflar umummadaniy va takomillashib boruvchi bilimga o’z monopoliyasini o’rnata boshladilar, aҳolining asosiy қatlamlari esa kundalik turmushda zarur bo’ladigan amaliy bilimlarnigina egallaydilar.
    XVIII-XIX asrlar uyғonish davrida insonparvarlik ғoyasi қaror topdi. V. de Feltre "Maktab қuvonchi" asarida erkin jismoniy va aқliy rivojlanish ҳaқida yozgan edi. JJ. Russo bola rivojlanishida uning tabiatidagi spontan ҳolatlarini kuzatish lozimligini uқtiradi I.I. Pestalossi insonni faol ҳayotga tortish orқali shakllantiradigan barcha aҳamiyatga molik kuchlarni to’la rivojlantirish ғoyasini olғa suradi. Ushbu ғoya ta’sirida Franstiya, Shveystariyada yangi maktablar, AҚSh, Germaniya, Avstriyada sara (elita) maktablar paydo bo’ladi. Ularda shaxsning ta’lim va tarbiyasi tabiiy erkin rivojlanish, bola va kattalar orasidagi tabiiy munosabatlar bilan boғlanadi.
    Ta’lim mazmunining asosiy nazariyalari XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida paydo bo’ldi. Pedagogika fani ta’lim mazmunining material va formal nazariyasini belgilab berdi. Ta’lim mazmunining material nazariyasi ayrim manbalarda didaktik materializm yoki қomusiylik (enstiklopediya deb yuritildi.
    Bu nazariyaning asosiy maқsadi fanning turli soҳalaridan mumkin қadar ko’p miқdorda bilim berishidir. Bunday қarashni Ya.A. Komenskiy ҳam yoқlagan u o’zining darsligida o’қuvchilarga zarur bo’lgan barcha bilimlami joylashtirish uchun ko’p yillik ҳayotini baғishladi. Ya.A. Komenskiyning zamondoshi ingliz shoiri va tarixchisi Djon Milton (1608-1674) ҳam ta’lim mazmunini shunday tushungan.

    Download 2,06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish