Formal nazariya yoki didaktik formalizm ta’lim mazmunini қobiliyatlar va bilishga bo’lgan қiziқishni o’stirish vositasi sifatida tushuntiradi. Didaktik formalizmning nazariy asosini bir faoliyat soҳasida olingan bilim va ko’nikmalarni ikkinchisiga ko’chirish ҳolati tashkil etadi.
Қadimgi yunon olimi Geraklit didaktik formalizm tarafdori bo’lgan. Uningcha, "Ko’p bilim aқl o’rgata olmaydi". Siseron ҳam shunday fikrdadir.
Yangi davrga kelib, I.I. Pestalossi ҳamda I. Kant falsafasi neogumanizm ғoyasiga asoslangan ҳolda, didaktik formalizm nazariyasini olғa suradi. Ularning fikricha, o’қitishning bosh maқsadi "o’қuvchining to’ғri fikrlash yoki formal ta’limi ni kuchaytirishdan iborat. Bunga yaқin fikrlarni A Disterverg o’zining "Nemis o’қituvchilariga қo’llanma"sida (1850) ҳam bayon қilgan edi.
Ta’lim mazmuni formal nazariyasi o’қituvchilarining xizmatlari shunda ediki, ular ta’lim oluvchilarning қobiliyati, bilishga қiziқishlari, ularning diққati, xotirasi, tasavvuri, tafakkurini o’stirish zarurligiga diққatni қaratdilar. Bu nazariyaning ojizligi esa ularning ta’lim dasturlarida ko’proқ ko’rgazmali predmetlari (til, matematika)ning aks etganligida edi.
Ҳar ikkala nazariya K.D. Ushinskiy tomonidan қattiқ tanқid қilindi. U shunday yozgan edi: "Aқlning formal rivojlanishi bu muҳim bo’lmagan belgi, chunki aқl ҳaқiқiy real bilimlarda rivojlanadi" (K.D. Ushinskiy, Asarlar to’plami. 8-jild, 661-b.)
K.D. Ushinskiy fikriga, maktab insonni bilimlar bilan boyitishi va ayni zamonda bu boylikdan foydalanishni o’rgatishi lozim. U didaktik formalizm va didaktik materializm birligi ғoyasini yoқlab chiқdi.
XIX va XX asr oraliғida AҚShda didaktik utilitarian konepsiyasi paydo bo’ldi. Bu ғoya amerikalik pedagog Dj. Dyuiga tegishlidir. Evropada bu yo’nalish bo’yicha taniқli nemis pedagogi R. Kershenshteyn fikr bayon қilgan.
Dj. Dyuining aytishicha, aloҳida olingan o’қuv fanlari mazmuni orasidagi aloқalarning manbai ta’lim oluvchilarning individual va ijtimoiy faoliyati ҳisoblanadi. Bu faoliyat turlari optimal dasturni o’қuv fanlarining ketma-ketligi va uzviyligi asosida emas, balki o’қuvchining erkinligida, uning tajribalari bilan boғlangan xulқining yangi munosabatlari va tiplarini shakllantirish asosida ta’minlaydi.
Didaktik utilitarizm amerika maktablarining ҳam ta’lim mazmuniga, ҳam o’қuv ishlari metodlariga kuchli ta’sir etdi. Buning natijasi o’laroқ ta’lim oluvchilarga maksimal darajada erkinlik berildi. Jumladan, majburiy va fakultativ fanlar sifatida ajratilgan o’қuv fanlarini tanlab o’қitishga ijozat berildi. O’қuv-tarbiya jarayoni o’қuvchilarning individual talablari (tanlovlari)ga moslashtirildi.
Polshalik olim V. Okun funkstional materializm deb nomlanuvchi ta’lim mazmuni nazariyasini ishlab chiқdi. Bu nazariya asosida esa bilimning faoliyat bilan integral aloқasi қoidasi yotar edi. Bu nazariyada jamiyatning ta’limga қo’yiladigan talablari va o’қuvchilarning individual tanlovlari birligi sezilib turadi.
50-yillar o’rtalarida dasturlashtirilgan ta’limning yuzaga kelishi munosabati bilan ta’lim mazmunining operastional strukturizastiya nazariyasi ishlab chiқildi. Bu nazariya қay tarzda o’қitish kerak degan savolga javob berishga қaratilgan. Bu nazariya tarafdorlari o’қuv fanlari mazmuni va ular orasidagi boғlanishni sinchiklab taҳlil қilish zarurligini uқtiradilar. Bu taҳlil programmalashtirilayotgan matnni oldindan aniқ va konkret belgilash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |