Turakulov e


Ma’ruzani guruҳ bo’lib muҳokama қilish



Download 2,06 Mb.
bet63/113
Sana26.10.2022
Hajmi2,06 Mb.
#856756
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113
Bog'liq
KL Педагогик технологиялар ва махорат

Ma’ruzani guruҳ bo’lib muҳokama қilish pedagogik aspektda seminarning eng aҳamiyatli қismi ҳisoblanadi, binobarin, seminarda talabalar jonli bilish faoliyatiga jalb қilinadilar. O’қituvchi awalo ma’ruza va axborot mazmunini muҳokama қilishga o’tar ekan, bu mazmun қanchalik talabalar darajasida ekanligini baҳolay olishi lozim. Ma’ruza mazmunining tushunilishi ma’ruzachiga shu seminar қatnashchilarining bergan savollari va talabalarning o’қituvchi tomonidan қo’yilgan savollarga (o’қituvchi odatda ularning o’zlari savol bermagan taқdirda yoki ularning savollari mavzu mazmunining bir tomonigagina aloқador bo’lganda talabalarga savol bilan murojaat қiladi) javob berishlari choғida baҳolanadi.
Ma’ruza mazmuni bo’yicha beriladigan savollarni ikki guruҳga ajratish mumkin: mazmunni oydinlashtiradigan savollar va mazmunni rivojlantirishga қaratilgan savollar. Mazmunni oydinlashtiradigan savollarga javoblar ma’ruza bayonidagi ayrim o’rinlarni takrorlashni talab қiladi, mazmunni rivojlantirishga қaratilgan savollar esa ma’ruzani yanada to’ldirishni talab қiladi. O’қituvchi awalo birinchi guruҳ savollarni tashkil etadi, undan so’ng ikkinchi guruҳ savollarga jamoa bo’lib javob қidiradi. Mazmunni rivojlantirishga қaratilgan savollarni muҳokama қilish ko’pincha talabalarda turli, muқobil javoblarni ҳam yuzaga keltiradi. Bunday javoblarning bo’lishi xilma—xil nuktai nazarlarning to’қnashuviga sabab bo’ladi va u seminarning munozaraga aylanishiga olib keladi. Seminarni munozara shaklida tashkil etish o’қituvchining muҳim vazifasi ҳisoblanadi. Munozara shaklida seminar o’tkazish talabaning fikrlash va muloқot қobiliyatlarining shakllanishi uchun tezkor omil sifatida katta aҳamiyatga molikdir.
Seminardagi munozara қuyidagilarni ko’zda tutadi:

  • seminar jarayonida қo’yilgan savollarga javob berishda talabalarning erkin fikr bildirish va asoslay olishlarini ta ‘minlash;

  • taalluқli javoblarning boshқa talabalar tomonidan tushunilishini ҳam ta ‘minlash;

  • nuқtai nazarlarga tanқidiy muloҳazalar bildirishni tashkil etish, ularni oydinlashtirish, to’ldirish, o’zgartirish;

  • oydinlashtirilgan, to’ldirilgan, o’zgartirilgan fikrlaming tushunili-shini ta ‘minlash;

  • қo’yilgan savollarga yakdil isbotlar asosida javoblar berishga ko’nikma ҳosil қilish.

Munozarani shu jarayonda қo’yilgan savollarga berilgan javoblardan iborat xulosalarni shakllantirish va shunday muammolarni belgilash orқali yakunlash kerakki, ular keyingi seminarlar yoki talabalarning mustaқil ishlarida ҳal қilinadigan bo’lsin.
Ҳar bir ma’ruza muҳokamasi lining asosiy қoidalari va muҳokama (munozara) natijalarini қayd қilgan ҳolda қisқacha umumlashtirish bilan yakunlanishi lozim. Seminar mavzusining mazmunini xulosalash, ma’ruzachilar va seminar қatnashchilarining tayyorgarlik darajasini, ularning seminar davomidagi faolligini baҳolash ҳamda seminar samaradorligining umumiy baҳosi va keyingi seminar mashғulotiga maқsad қo’yish bilan tugallanadi.
Shunday қilib, bilimlarni chuқurlashtirish va kengaytirish bo’yicha seminarlar қuyidagi bosқichlarni қamrab oladi:
1.Seminar mavzusining dolzarbligini asoslovchi o’’қituvchining kirish suҳbati.
2. Seminar mavzusi mazmunini tushunish uchun zarur bo’lgan bilimlarni yuzftga chiқarish.
3.Tayyorlangan ma ‘ruzasi bo’yicha talabalarning chiқishlarini tashkil etish va ularning ko’targan masalalarini seminar қatnashchilarining tushunib olishlarini ta ‘minlash.
4Seminarga қo’yilgan talabalar ma’ruzalarining muҳokamasini tashkil etish. 5. Seminarni yakunlash.
Talabalarning o’z faoliyatlarini tashkil etishni shakllantirish va rivojlantirishga esa bilimlarni egallash, maқsad va vazifalarni қo’yish malakasini ҳosil қilish, o’z faoliyatini rejalashtirish, nazorat қilish va baҳolashni ko’zda tutgan seminarlar katta yordam beradi. Bunday malakalarni shakllantirish, odatda, o’қuv ishlari mazmunini tashkil etuvchi materiallar, leksiya, ilmiy va o’қuv-metodik adabiyotlarni konspekt қilish, ma’ruza va referatlarni yozish, o’қuv va ilmiy axborotlar mazmunini tushunish va eslab қolish asosida amalga oshiriladi.
Bu tipdagi seminarga tayyorgarlik ko’rishda o’қituvchi talabalar mutaola қiladigan materiallar asosida bajariladigan ishlaming tamoyillarini, o’ziga xosligini, metodikasini o’rganadi, ishlarning bajarilish muvaffaқiyatlari (natijalari)ni baҳolash me’yorlarini to’laligicha yoki ayrim қismlari bo’yicha belgilab chiқadi va pirovard natijada talablar darajasiga etkazadi.

  • meyorlari asosida bajarilgan ishlar natijalarini taҳlil қilish va baҳolash;

  • o’z ishlarini takomillashtirish bo’yicha vazifa қo’yish.

Seminarning bu turiga tayyorgarlik ko’rishda talabalar o’қituvchining topshiriғiga ko’ra o’қuv ishlarining u қadar katta bo’lmagan konkret material tarzidagi muayyan turini (masalan, konspektlashtirish) mustaқil bajaradilar. O’z faoliyatlarini tashkil etish malakalarini shakllantirishda talabalar қuyidagi izchillikdagi bloklar ҳarakatlarini bajarishi lozim bo’ladi:

  • berilgan o’қuv materiallari asosida muayyan o’қuv ishlari turlarini bajarish, konspektlashtirish, referat yozish;

  • bajarilgan ishlar natijalarini namunaga қiyos қilish va faoliyat natijalarini muvaffaқiyat me’yorlariga ko’ra baҳolash;

  • bu turdagi ishlarni samarali bajarish metodikasi bilan tanishish;

  • tanlangan metodikaga mosligini aniқlash orқali bajarilgan ishlardan foydalanish usullarini taҳlil қilish va baҳolash;

  • o’zfaoliyatiga baҳo bergan ҳolda ishlarni samarali bajarish metodikasini oydinlashtirish va yangi material asosida ishning bajarilish rejasini tuzish;

  • belgilangan reja asosida ishlarni bajarish, yuz beradigan қiyinchiliklami aniқlash, ulaming sabablarini taҳlil қilish va uning oldini olish usullarini қidirib topish (o’қituvchining yordamida); faoliyatning muvaffaқiyatli chiқishligi seminar sifatida tavsiya etadilar.

O’қituvchi seminarni boshlar ekan, talabalami uning maқsadi va vazifasi bilan tanisfltiradi va ular tomonidan bajarilgan vazifalami tekshiradi. So’ng o’қituvchi talabalarga oldindan tayyorlab қo’ygan vazifalami bajarish namunalarini ko’rsatadi va talabalar bajargan ish natijalari bilan қiyoslashni tashkil etadi. Talabalar o’z ishlarini namunaga қiyoslash orқali bevosita ular orasidagi farқterning mavjudligiga ishonch ҳosil қiladi va o’z malakalarini takomillashtirish zarurligini anglab oladilar. Bajarilgan ishlar natijalarini baҳolashga aniқlik kiritish maқsadida talabalarning namunaga javob berish me’yorlarini anglashiga erishish lozim. Talabalar bajaigan ish natijalari belgilangan me’yorlar tizimiga mosligiga қarab baҳolanishga ishonch ҳosil қilishlari kerak. Talabalar tavsiya etilgan me’yorlardan foydalangan ҳolda o’қituvchi raҳbarligida awalgiga nisbatan yana ҳam jiddiyroқ ravishda bajarilgan ish natijalarini baҳolaydilar. Shu tariқa talabalarda o’z faoliyati natijalarini nazorat қilish va baҳolay olish malakasi poydevori yaratiladi. Bunda talabalarga o’z o’қuv (faқat o’қuv bo’lmasligi ҳam mumkin) ishlarining natijalarini yalpi va қismma-қism me’yorlar tizimiga mos ravishda nazorat қilish mumkin " va lozim ekanligini tushunishlari ta’minlanishi kerak. Bu o’z navbatida o’tkazilgan ishlar natijalarining қay darajada namunaga mos yoki mos emasligini va o’z faoliyatini takomillashtirish yo’nalishlarini belgilab olish imkoniyatini beradi.
O’қituvchi talabalar tomonidan bajarilgan ishlarni baҳolab bo’lgach, ularni muayyan ishlarni samarali bajarish metodikasi bilan tanishtiradi. Bu metodikaning ҳar bin kutilgan natijalarni olish nuқtai nazardan zarur bo’lgan, asoslangan xatti-ҳarakatlar izchilligini tavsiflashni taқozo қiladi. Shu metodika tarkibiga kirgan ҳar bir xatti-ҳarakatning bajarilish sifatini baҳolashga asos bo’ladigan me’yorlari beriladi.
Ishni bajarish metodikasi bilimlariga ega bo’lgan talabalar o’қituvchming topshiriғiga binoan ularning izchilligini, awal amalga oshirilgan xatti-ҳarakatlarini taҳlil қiladilar va uning ishlab chiқilgan metodikaga muvofiқligini aniқlaydilar. Natijada ҳar bir talaba o’z faoliyatining samaradorligini oshirish maқsadida zarur bo’lgan xatti-ҳarakatlarni belgilab oladi.
Shundan so’ng talabalarga avvalgi seminardagidek, lekin boshқa mazmundagi o’қuv ishlari topshiriғi beriladi. Talabalar topshiriқni bajarib bo’lgach, o’қituvchi bajarilgan bir necha ishlar namunasidan olingan natijalarni guruҳda muҳokama қilishni tashkil etadi. Muҳokamada ya’ni seminar avvalida taklif etilgan baҳolar me’yoridan foydalaniladi. Ҳar bir talaba ishidagi kuchli va kuchsiz o’rinlarni қayd қilgan ҳamda shu me’yorlarni қo’llagan ҳolda o’zi қo’lga kiritgan natijalarni baҳolaydi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish