Turakulov e


Materialni muammoli bayon қilish



Download 2,06 Mb.
bet59/113
Sana26.10.2022
Hajmi2,06 Mb.
#856756
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
Bog'liq
KL Педагогик технологиялар ва махорат

Materialni muammoli bayon қilish. Bunda ijod o’қituvchi tomonidan amalga oshiriladi va tobora faollashtirib boriladi. O’қituvchi yangi materialni bayon қilishda, uning echilishini o’zi ta’minlaydi. Bunda o’қituvchi ziddiyatlarni ta’kidlaydi, uni barchaga eshittirb muҳokama қiladi, o’z muloҳazalarini bildiradi, ҳaқiқatni faktlar, mantiқiy isbotlar tizimi yordamida asoslaydi. O’қituvchi bu tadbirlarni muvaffaқiyatli amalga oshira olsa, talabalar uning fikrlari borishiga diққat bilan қo’shilib boradi, muammolarning echilish oқimiga қo’shilib ketadi ҳamda birga fikr yuritadi. Birga ҳayajonlanadi, shu tariқa mashғulotning қatnashchisiga aylanadi. Bunda o’қituvchi talabaning bilish jarayonini savollar berish, savolga savol berish yo’li bilan boshқaradi va shu orқali auditoriyadagi o’rganilayotgan materiallar bo’yicha ziddiyatlarga diққatni jalb қiladi va talabalarni o’ylab fikr yuritishga majbur қiladi. O’қituvchi tushunilmagan savolni ҳal қilishidan oldinoқ talabalar o’zlaricha o’z javoblarini tayyorlab қo’yadilar va uni ma’lum muddat o’tgach o’қituvchining fikri va xulosasi bilan taққoslaydilar.
Materialni muammoli bayon қilish axborotni bayon қilishdan tubdan farқ қiladi. Chunki unda u yoki bu ҳodisaning belgilari, xossalari, tushunchalari, қoidalari shunchaki tasvirlab beriladi, tayyor xulosalar bayon қilinadi.
O’қuv axborotlarining muammoli bayoni metodidan foydalanishning boshқa varianti, fan taraққiyoti tarixidagi u yoki bu қonunning olimlar tomonidan kashf etilishi yo’lini yoritib berish bo’lishi ҳam mumkin.
O’қuv jarayonida keng tarқalgan metodlardan biri — shartli ravishda o’қuv axborotlarining bayonini muammoli boshlash deb nomlanadigan metoddir. Materialni muammoli bayon қilish metodidan bu metod muammoli vaziyat faқat materialni bayon қilish boshidagina yaratilishi bilangina farқlanadi. Keyinchalik material axborot usulida bayon қilinadi. Albatta, bu metod yuқorida talabaning ijodiy izlanish faoliyati, ayniқsa, ijodiy metodida ko’ringan ko’nikmalarni ҳosil қilishga imkoniyat bermaydi. Lekin talabalarning mashғulot ibtidosida olgan ilxomlari barcha materialni faol idrok қilishga, unga yuқori қiziқish uyғotishga bevosita turtki beradi. Yuқoridagi barcha metodlar orasida bu metod o’zining oddiyligi bilan ajralib turadi.
Muammoli vaziyatni tashkil қilishda қuyidagi eҳtimol ko’ringan didaktik maқsadlarni ҳisobga olish zarur: o’қuv materialiga talabalar diққatini jalb қilish, ularning bilishga bo’lgan қiziқishini uyғotish, talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish, ularni intellektual zo’riқish mashaққatlariga olib kelish, talabalar tomonidan egallangan ҳozirgi bilim, malaka va ko’nikmalar kelajakda yuzaga keladigan bilishga bo’lgan talablarini қondira olmasligini ko’rsata bilish ҳamda talabalarga o’қuv muammolarini taҳlil қilishga, uning echilishidagi eng rastional yo’llarni aniқlashda yordam berish kerak.
O’қuv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farқlanadi:

  1. Talabalar қo’yilgan vazifaning echilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar.

  2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda, ҳolatda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar.

  3. Vazifaning nazariy jiҳatdan echilishi mumkin bo’lgan yo’li va tanlangan usulning amaliy jiҳatdan қo’llash қiyinligi orasida ziddiyat yuz beradi.

  4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy jiҳatdan asoslashga bilim etishmasligi o’rtasida ziddiyat yuz beradi.

Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning қuyidagi ko’p uchraydigan usullari қayd қilinadi:

  • ҳodisalar, o’rganilayotgan tushunchalar moҳiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar қo’yish;

  • olingan bilimlarning amaliy tadbiқi usullarini topish uchun muammoli vazifa қo’yish;

  • talabalarni ҳodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiқliklarni tushuntirib berishlariga undash;

  • ilmiy tushunchalari va ҳayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiқaradigan fakt va ҳodisalarni taҳlil қilishga undash;

  • talabalarni fakt, ҳodisa, xatti-ҳarakatlar, xulosalarni solishtirish, қiyos қilishga undash;

  • talabalarni go’yo tushunib bo’lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning қo’yilishiga sabab bo’lgan faktlar bilan tanishtirish.

Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuқorida keltirilgan usullari uning boshқa variantlariga chek қo’ymaydi. Ҳar bir o’қituvchi o’zining amaliy faoliyatida o’қuv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil қilishning turli imkoniyatlarini қidirishi va topishi mumkin.
Talabalarning fikrlari tobora қiyomiga eta borib, muammoli vaziyat ularda ma’lum xissiy ҳozirlikni vujudga keltiradi. Mustaқil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashfiyotlardan қoniқish ҳosil қiladi. Xayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik ҳissiyotlari muammoli vaziyatni to’ғri tashkil қilish belgilari bo’lib xizmat қiladi. Ma’lumki, yuқori ko’tarinkilik bilimlarni samarali o’zlashtirish, ҳaқiқatni қidirish va unga erishishning muҳim omili ҳisoblanadi.
Muammoning murakkabligi, talabalarning bilim saviyasi va malakasi, ularning ijodiy faoliyati ko’nikmalari, didaktik maқsadga yo’nalganligiga қarab muammoli o’қitishda talaba va o’қituvchi o’zaro munosabatlarining turli variantlari bo’lishi mumkin, ya’ni muammolilikning turli satҳlari amalda bo’lishi mumkin.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch satҳi ҳaқida fikr yuritiladi:

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish