Turakulov e



Download 2,06 Mb.
bet58/113
Sana26.10.2022
Hajmi2,06 Mb.
#856756
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113
Bog'liq
KL Педагогик технологиялар ва махорат

Ijodiy metod ta’lim oluvchining ijodiy mustaқilligini to’la amalga oshiradi. Unda talaba o’қituvchining bergan vazifasini bajaradi, ayni vaқtda o’zlari ҳam o’қuv muammosini shakllantiradi, o’zi mustaқil gipotezani echishga ҳarakat қiladi, izlanishni amalga oshiradi va provard natijaga erishadi. Shu tariқa ijod metodi қo’llash bilan talabalar faoliyati, olimlarning ilmiy-tadқiқot faoliyatiga yaқinlashadi. O’қituvchi faқat talabalarning ilmiy izlanishlariga umumiy raҳbarlik қiladi. Vazifalar esa ularning mustaқil o’қuv-bilish xatti-ҳarakatlarining to’la davriyligini ko’zda tutadi: yo taҳlilgacha axborotlar yiғiladi yoki echilishiga қadar o’қuv muammosi қo’yiladi ҳamda echimlar tekshirib ko’riladi va yangi bilimlar joriy қilinadi.
Ijodiy metoddan o’rganilayotgan kursning umumiy asoslarini қamrab olgan eng muҳim mavzulami o’tishda foydalanish tavsiya etiladi. Bu esa boshқa barcha materiallarning tobora ongli o’zlashtirilishiga olib kelishi lozim. Shuningdek, bunday metodda mashғulot o’tkazish uchun o’қituvchi tanlangan bo’lim yoki mavzu talabalarning idrok қilishlariga қulay bo’lishini nazarda tutishi lozim bo’ladi.
Ijodiy metod ta’lim oluvchidagi uzoқ vaқtni va maxsus sharoit yaratilishini talab қiladi.
Talabalarning ijodiy ishlari shakliy jiҳatdan rang-barangdir; Ular ma’ruza matnini tayyorlash va seminarga tayyorgarlik ko’rish, u yoki bu masalaning nazariy ҳolatini (adabiyotlar bilan birma-bir ishlash, ҳujjatlarni arxivda o’rganish) o’rganish, ko’rgazmali қurollar, didaktik materiallar tayyorlash va boshқalardir.
Қisman ijodiy metod murakkab muammoni bo’laklarga ajratib, uning қulay masalalarini bosқichma-bosқich aniқlab olishda қo’llanadi va unda ҳal \ қilingan ҳar bir bosқich (қadam) masalaning keyingi bosқichini echishda asos bo’lib xizmat қiladi. Bunda talabalar o’қuv mummosining қo’yilishida, gipotezani taxmin қilish va isbotlashda faol қatnashdilar.Ularning faoliyati reproduktiv va ijodiy unsurlarni o’zida қamrab oladi. Bunda o’қitishning қidiruv (izlanish) suҳbati, talabalarning javoblari va to’ldirishlariga қo’shimcha қilgan ҳolda o’қituvchining bayoni, faktlarni kuzatish va umumlashtirish usullari қo’llanadi. Bu ҳollarda talabalarning reproduktiv va қidiruv (izlanish) faoliyatining muvofiқligi muҳim aҳamiyat kasb etadi. Ular biror bosқichdagi o’қuv muammosining mustaқil ҳal қilinishidan to ulardan aksariyati echilgunga қadar kuchli o’zgarib turishi mumkin.
Mashғulotlarda ijodiy suҳbatni қo’llash maқsadga muvofiқ topiladi. Talabalar bunday suҳbat jarayonida o’zlarida avvaldan mavjud bo’lgan bilimlari, ijodiy faoliyati tajribasiga asoslangan muammoni izlaydi va mustaқil ravishda uning echimini topadi. Talabalar o’z tashabbuslari bilan savollarga javob beradilar yoki o’z chiқishlarida turli muloҳazalarni bildiradilar, muammoning echilishidagi o’z variantlarini ilgari suradilar, ҳodisalar o’rtasidagi rang-barang aloқalarni қayd қiladilar, baҳslashadilar, boshқalarning fikriga tanқidiy munosabat bildiradilar. Bu jarayonda o’қituvchining talabalarga yordam berish darajasi, ularning mashғulotlarga tayyorgarlik ko’rish darajasiga boғliқ bo’ladi. Ijodiy suҳbatga tayyorlashda o’қituvchining unga o’ta masuliyat bilan yondoshishi talab қilinadi. O’қituvchi bunday suҳbatga oldindan jiddiy tayyorgarlik ko’rishi lozim: avvaldan shunday savollar o’ylab topishi kerakki, ular talabaning u yoki bu ҳodisaning moҳiyatini o’ylashga majbur ҳamdasuҳbat yo’nalishi va gipotezaning eҳtimol ko’rilgan variantlari va uning echilish yo’llarini bashorat қila olsin. O’қituvchi talabalarning umuman muammoni echish uchun etarli darajada tayyorgarlik ko’rib kelmasligini ҳam ko’zda tutishi va bunday vaқtda sodda va murakkablashtirib boruvchi қo’shimcha savollarni tayyorlab қo’yishi lozim. Bunday savollar orқali talabalar ijodiy ҳal қilishi shart bo’lgan vazifalarni қismlarga ajratish ҳam zarur bo’ladi, ya’ni muammo kichik muammolarga bo’linadi va muammoli vazifa echiladi. O’қituvchi bunday vaziyatda vazxninligini saқlashi, talabalarga tezroқ yordam berish, kamchiligini tuzatish va yanglish fikr bildirganlarga tanbeҳ berishga shoshilmasligi, balki қo’shimcha savollar bilan o’zlarining xatosini anglashga va to’ғri қaror қabul қilishga erishishi maқsadga muvofiқdir.
Ijodiy suҳbat davomida kamroқ tayyorgarlik ko’rgan, jonli fikr olishuvlarda, shuningdek, indamaslikni xush ko’radigan talabalarga aloҳida axamiyat berish lozim. Bunday talabalarning ҳulқlarini ko’zda tutgan ҳolda ulardan ҳam «sado chiқishi»ga erishish maқsadida ular uchun ҳam awaldan savollar tayyorlab қo’yish ma’ қul bo’ladi.
Ijodiy xarakterdagi suҳbat o’қuv-tadқiқot ishlarining zaruriy bosқichi ҳisoblanadi. Unda talabalaming o’zida tadқiқot ishlari unsurlari mavjud bo’lgan қisman-ijodiy faoliyatning bajarilishini talab қiladigan muammoli xarakterdagi mantiқiy masalalar diққatni jalb қiladi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish