Tuproqshunoslik va geografiya



Download 0,77 Mb.
bet16/33
Sana08.02.2022
Hajmi0,77 Mb.
#434565
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
“vobkent tumani toponimlari va ularning geografik tahlili”

Iqtisodiyoti
Tuman iqtisodiyoti o‘zaro uzviy bog‘langan qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari majmuidan iborat. Tuman iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi tarmoqlari o‘zining salmog‘i bo‘yicha ustun bo‘lib, ular mazkur hududa joylashgan qayta ishlash sanoati korxonalarini xom ashyo bilan ta’minlaydi. Agar tuman qishloq xo‘jaligida paxtachilik, sut-go’sht chorvachiligi, pillachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlari yaqqol ko‘zga tashlansa, sanoatda yengil va oziq-ovqat, mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va paxta tozalash sanoati kabi tarmoqlarni ko‘rsatish mumkin.
X asrning boshlaridagi jamiyatda ro‘y bergan ijtimoiy o’zgarishlar mazkur mintaqaning xo‘jalik jihatidan rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Qishloq xo‘jaligini tashkil etish, rivojlantirish masalalariga ko‘proq e’tibor berildi.Ammo tumanning qishloq xo‘jaligida, uning asosiy mashg‘uloti - obikor dehqonchilikni agrotexnikaga binoan rivojlantirish, mexanizatsiya va irrigatsiya sharoitlarini yaxshilashda yuz bergan tub burilish 1995 yillarning boshiga to‘g‘ri keladi. Shu davrda tumanda 12,6 ming tonna paxta yetishtirilar edi.
Tuman markaziy arxividan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1959 yilga kelib tumanda viloyatdagi paxtaning 5,9 foizi, donning 10,9 foizi sabzavotlarning 10,5 foizi yetishtirilgan. Hozirgi kunda bo‘lgani kabi, tuman xo‘jaligining tarixiy rivojlanishida ham qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i paxtachilik bo‘lib, uning ekin maydoni jami haydaladigan yerlarning 72,5% ini tashkil etar edi. Mazkur tarmoq tuman xo‘jaliklaridagi qishloq xo‘jaligi 'ishlab chiqarishining asosi, ya’ni ixtisoslashgan yo‘nalishi bo‘lib unda mavjud mehnat resurslarining 80% ga yaqini band edi. Tuman hozirgi kunda viloyat hududining 0,74 % ini va aholisining 7,2 % ini o‘z ichiga olgani holda, unda yetishtirilayotgan paxtaning 10,3 % ini donning 13,5 % ini, pillaning 12,3 % ini, sabzavotning 9 % i yaqinini bermoqda. Shuningdek, bu yerda chorvachilik mahsulotlari (sut go‘sht, tuxum) yetishtirish yildan yilga oshib bormoqda.
Tumanda paxtachilik bilan birga chorvachilik, donchilik pillachilik, sabzavotchilik, uzumchilik kabi tarmoqlar ham mavjud. Ular bir-birini to‘ldirgan holda o‘zaro samarali rivojlanish hamda tumandagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy resurslardan oqilosh foydalanish uchun puxta zamin hozirlaydi.
Donchilik mahalliy aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ( talabini qondirish asosida tarkib topgan. Respublikamizda don mustaqilligiga yerishish uchun amalga oshrilayotgan tadbirlar Vobkent tumani donchiligining ham rivojlanishida o‘z aksini topdi. 2013 yili donli ekinlarning jami maydonidagi salmog‘i yalpi don hosili (aholi shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari bilan birga) 68352 t.ni, tashkil etadi.
Sabzavotchilik - tuman qishloq xo‘jaligi tarkibida rivojlanib, rentabelligi yuqori bo‘lgan tarmoqlardan biri. Mazkur tarmoq umumiy ekin maydonidagi salmog‘ining kichikligi yalpi hosil (37252 t.) va o‘rtacha hosildorlikning yuqoriligi (187,4) bilan ajralib turadi. Sabzavotchilik faqat oziq-ovqat manbai bo‘libgina qolmay, o‘zining ko‘p mehnattalab qiluvchi sohaligi bilan aholini ishlab chiqarishga band qilish va tuman sharoitida ozuqabop ekinlar bilan birgalikda paxta ekin maydonlarini ko’plab ekish vositasi ham hisoblanadi.
Kartoshka yetishtirish tumanda kichik salmoqqa ega. U umumiy ekin miIdonining 1,5 foizini egallaydi. Shunga qaramasdan, ilg’or usullarni qo‘llash va urug‘chilikni yaxshilash natijasida ilgaridan olinayotgan hosildorlik o‘rtacha 12460 t ni tashkil etadi.
Tuman aholisining kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoji shaxsiy tomorqa xo’jaliklarida yetishtirilayotgan mahsulot hisobiga qondirilmoqda.
Uzumchilik va bog‘dorchilik tumanda keyingi yillarda tez rivojlanib borayotgan tarmoqlar qatoriga kiradi. Ular hissasiga qishloq xo‘jaligidan olinayotgan daromadning 1,4 foizi to‘g‘ri kelmoqda. Agar yaqin vaqtlargacha bog‘ va uzumzorlar boshqa sohalarni birga barcha xo‘jaliklarda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, uzumchilik, bog’dorchilik va mevali ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan xo’jalikning tashkil etilishi mazkur sohalarning rivojlanishida tumandagi yangi bosqichni boshlab berdi. Bu esa bog‘ va uzumzorlar maydonining qisqa vaqt ichida kengayishiga sabab bo‘ldi
Qishloq xo‘jaligi yerlari va chorva mollari mahsuldorligini oshirishda xususiy dehqon (fermer) xo‘jaliklarini rivojlantirishning ahamiyati katta ekanligi xorijiy tajribalardan ma’lum. Bu borada tumanda ham birmuncha ijobiy siljishlar mavjud chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda mazkur xo‘jaliklarnii o‘rni sezilarli darajada. Ammo aholi zich joylashgan va yer resurslar cheklangan Vobkent tumanida xususiy dehqon (fermer) xo‘jaliklarin son jihatdan ko‘paytirish emas, balki ularni sifat jihatda takomillashtirish ko‘proq iqtisodiy samara berishi mumkin.
Ana shundagina har bir fermer o‘z xo‘jaligi doirasida mahsuloti ishlab chiqarishdan tortib, to uni to‘la qayta ishlashgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zi amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu es tumanda turli ixtisosliklar va texnologik jarayonlarni ichiga olgan qator xususiy kichik korxonalarning vujudga kelishiga zamin yaratib bu yerdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda ma’lum o‘rin egallashi mumkin.
Sanoati
Tuman sanoati paxta tozalash, ip-yigiruv, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari, aholi ehtiyojlari uchun kundalik iste’mol mollari ishlab chiqarish ixtisoslashgan yengil va oziq-ovqat hamda aholiga xizmat ko‘rsatuv korxonalar majmuasidan iborat. 2013 yilga kelib tumanda 1994 ta sanoat korxonasi va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Vobkent ip-yigiruv fabrikasi 1981 yili Buxoro ip-gazlam kombinatining filiali sifatida Vobkent shahrida bunyod etilgan. Fabrikada, asosan, paxta tolasidan ip yigirilib, tayyor bo‘lgan gazlamalar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozir ip-gazlama ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar to‘liq amalga oshiriladi. Iqtisodiyotga chet el sarmoyalarini jalb qilish borasida respublikamizda olib borilayotgan oqilona sa’yi-harakatlarning natijasi o‘laroq, Vobkent ip-yigiruv fabrikasi negizida 2001 yil Buyuk Britaniyadan bo‘lgan hamkorlar bilan birgalikda “Medateks qo‘shma korxonasi barpo etildi. Hozirgi kunda bu yerda 313 kishi mehnat qilib, ularning aksariyatini xotin-qizlar tashkil etadi.
Kelajakda ushbu korxonaning kichik-kichik filiallarni tumandagi Kumushkent, Ehson, Xargo‘sh, Shirin qishloqlarida ham tashkil etish katta iqtisodiy samara berishi mumkin. Buning uchun mazkur qishloqlarda yetarli darajada ishchi kuchi mavjud.
Vobkent g‘isht zavodi 1981 yili tashkil etilgan. U Q.Murtazoev nomli jamoa xo‘jaligi hududida joylashgan. Bu korxona tumandagi qurilish tashkilotlari va aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mshining asosiy qismini etkazib byeradi. Korxonada xom g‘isht tayyorlash, uni quritish, xumdonlarga tashish va pishirish kabi ishlab chiqarish jarayonlarining asosiy qismi texnika yordamida amalga oshiriladi. Agar zavod tashkil etilgan vaqtda bor-yo‘g‘i bitta xumdonda (1000) dona) g‘isht tayyorlangan bo‘lsa, bugun ularning soni 10 mingni. Shuningdek, tumandagi “Zarafshon”, “Zarbdor”, X. Kamolov, I.Naimov, Oxunboboev va R. Husenov nomli jamoa xo’jaliklarida va “Sharq savdo uyi” xususiy korxonasi qoshida ham 3,5-5,0 mln. dona g‘isht ishlab chiqarish quvvatiga ega kichik mini zavodlari ishlab turibdi.
" Turon-SHX” xususiy korxonasiga qarashli sabzavot-meva konsyerva ishlab chiqarish korxonasi 1993 yili Al-Buxoriy nomli jamoa xo’jaligida ishga tushirildi. U yiliga 3,0 mln. shartli banka mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mazkur korxonaning ishga tushirilishi bilan tumandagi xo‘jaliklarda etishtirilayotgan sabzavot va mevalarni Buxoro, G‘ijduvon kabi shaharlardagi sanoat korxonalariga tashish muammosi hal etildi. Shu bilan birga mahalliy aholidan 35 kishi muqim ish joyiga ega bo‘ldi. Tuman tayyorlov idorasiga qarashli shunday meva sabzavot konserva korxonasi bevosita Vobkent shahrida ham ishda tushirilgan. U tumandagi xo‘jaliklardan va aholidan sotib olingan sabzavotlarning ma’lum qismini qayta ishlamoqda.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish