Iqtisodiy sohada: Qishloq xo‘jaligi yerlarining tabiiy- meliorativ holatini yaxshilash bilan birga, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda yangi texnologiya va ilg‘or fan yutuqlarini qo‘llash; tumanda paxtani bozor talabiga mos ravishda va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiradigan tarmoqlarni ustuvor yo’nalishda rivojlantirish asosida talab darajasida ekish; oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni, asosan, ixtisoslashgan xo’jaliklarda to‘plash va hosildorligi yuqori bo‘lgan hududlarga e’tibor berish; chorvachilikni sanoat asosida tashkil etishi kuchaytirish, go‘sht-sut chorvachiligini ixtisoslashgan xo‘jaliklarda sut-go‘sht yo‘nalishini barcha hududlardan mutanosib rivojlantirish chorva mollarining zotini yaxshilashga alohida e’tibor berish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, ularni qayta ishlash uchun tashish vaqtida yuz berayotgan isrofgarchiliklar, transport xarajatlarini kamaytirish va aholi uchun muqim ish joylarini yaratish maqsadida barcha turdagi qayta ishlash sanoati korxonalarini barpo etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |