Tuproqshunoslik va geografiya


Aholi va mehnat resurslari



Download 0,77 Mb.
bet14/33
Sana08.02.2022
Hajmi0,77 Mb.
#434565
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
“vobkent tumani toponimlari va ularning geografik tahlili”

Aholi va mehnat resurslari
Aholisi. Vobkent tumani Buxoro vohasining qadimdan aholi yashab kelayotgan hududlaridan biri bo‘lib, hozirgi paytda (2013 yil 1- yanvar) bu yerda 123,5 ming kishi, mehnat resurslari 73,5 ming kishi, iqtisodiyotda band bo’lganlar 56,6 ming kishini tashkil qiladi. 1959 yili tumanda 23,5 ming kishi yashagan. Ushbu ko‘rsatkich Zarafshon vohasining Ayni qismida aholi ko‘payishining yuqori sur’atlari xos ekanligidan dalolat beradi. Bu jarayon keyingi yillarda yaqqol sezilmoqda.
Mehnat resurslari tuman aholisining 73,5 ming kishini tashkil etadi (01.01.2013). Mehnatga layoqatli aholining umumiy soni esa 59,0 ming kishi bo‘lib, ular iqtisodiyotning turli sohalarida ish bilan band. Hozirgi kunda tuman aholisi tarkibida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning umumiy soni 41,9 ming kishi, shu jumladan, 26,9 ming kishi 6-16 yoshdadir. Agar aholi ko‘payishining hozirgi sur’ati saqlanib tursa, keyingi o‘n yil ichida tuman mehnat resurslarining soni 19,0 ming kishiga ortishi mumkin.
Bugungi kunga kelib, tumanda 31 millat vakillari istiqoma qilib, unda o‘zbeklar mutloq ko‘pchilikni (99,5 foiz) tashkil etad» Shuningdek, tatarlar (0,3 foiz), turklar (0,12 foiz), ruslar (0,0 foiz) nisbatan ko‘proq bo‘lib, ularning asosiy qismi Vobkent shahrida yashaydi.
Aholi zichligi. Qishloq aholisining zichligi bo‘yicha tuman viloyatda eng oldingi o‘rinda turadi. Hududning qadimdan sug‘oriladigan mintaqaga to‘g‘ri kelishi va sug‘orish tarmoqlarining birmuncha ko‘pligi bu yerda aholining zich joylashishiga sabab bo‘lgan. Arap 1959 yili tuman hududida qishloq aholisining o‘rtacha zichligi 1 kv.km.t o‘rtacha 132,0 kishini tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan 40 yildan ko‘pro vaqt mobaynida bu ko‘rsatkich 2,6 marta oshdi va 2013 yilga kelib 425,8 kishiga teng bo‘ldi. Tumanda qishloq aholisining zichligi respublikada aholi eng zich joylashgan Andijon viloyatining o‘rtacha ko‘rsatkichlariga deyarli yaqin keladi, ba’zi joylarda esa undan ham oshadi.
Aholi shunchalik zich joylashgan bo‘lishiga qaramay, u tuman hududi bo‘ylab notekis taqsimlangan:
1. Tabiiy-meliorativ sharoitlari boshqa hududlarga nisbata qulay, irrigatsiya tarmoqlari rivojlangan va yer usti nisbatan balan bo‘lgan sharqiy va shimoli-sharqiy qism xo‘jaliklarida aholi eng zich joylashgan (1 kv.km. maydonga o‘rtacha 400-450 kishi, ba’zi joylarda 500 kishidan ko‘p).
2. Tabiiy, iqtisodiy sharoitlari birmuncha qulay, Vobkent shahriga yaqin joylashgan xo‘jaliklarda ham aholi nisbatan zich joylashgan — 1 km yerga 350-400 kishi to‘g‘ri keladi. Xalach qishloq fuqarolar yig‘ini hududi bundan mustasno. Chunki bu hududning qator qishloq aholi punktlari shahar kengashi ixtiyoriga o‘tganligi sababli unda aholi zichligi birmuncha past bo‘lib, o‘rtacha 250,7 kishini tashkil etadi.
3. Tuman janubida joylashgan xo‘jaliklarda aholining zichligi tumandagi boshqa hududlarga nisbatan birmuncha mo‘tadil — 1 km yerga 200-250 kishiga teng.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish