Tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi bitiruv malakaviy ish


Buxoro davlat Universiteti va Buxoro tuman “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo’jaligida kolleksiya tashkillashtirish



Download 2,48 Mb.
bet10/13
Sana10.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#772959
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

3.2 Buxoro davlat Universiteti va Buxoro tuman “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo’jaligida kolleksiya tashkillashtirish
Yuqorida paxtachilik sohasida aytib o’tilgan ba’zi bir yutuqlar bilan chegaralanib qolmasdan, kelgusida Mustaqil O’zbekistonimizning kelajak avlodini bundanda ko’proq ekologik sof qishloq xo’jalik ekinlari mahsulotiga va tabiiy sanoat mahsulo lariga bo’lgan talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida o’rta tolali g’o’zaning serhosil, yuqori sifatli, tez pishar, jahon bozori andozalariga to’la javob beradigan barcha tabiatning noqulay sharoitlariga bardoshli bo’lgan navlarini yaratishdek rejani amalga oshirish uchun 2015-2016 yillarda PSUEAITI Buxoro ITS ning etuk selekstioner olimlari hamkorligida Buxoro Davlat Universitetining tabiiy fanlar olimlari bilan hamjihatlikda respublikamizda rayonlash tirilgan va istiqbolli deb topilgan hamda qimmatli xo’jalik belgilari bilan o’zining ijobiy ko’rsatkichlarini namoyon etgan bir necha 22 xil g’o’za navlari kollekstiyasi barpo etilib, ulardan kelgusida ko’zda tutilgan oliy maqsadga erishish uchun 10 ta nav saralanib, ulardan otalik va onaliklari tanlandi hamda ularni o’zaro chatishtirish orqali birinchi avlodli duragay kombinastiyalari barpo etildi. Tajriba o’tkazish jarayonida ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan “G’o’za selekstiyasi va urug’chiligi ishlarini bajarish bo’yicha metodik qo’llanma”,O’zPITIning “Metodika polevыx opыtov s xlopchatnikom”, “G’o’za navlarini sinash bo’yicha uslubiy qo’llanma”si, Birinchi avlod duragaylarida belgilar bo’yicha dominantlik koffistientini S.Wright formulasi bo’yicha G.M.Beil va R.E.Atkins (1965) ishlarida keltirilgan quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:



bunda: hp – dominantlik koffistienti;
F1 – birinchi avlod duragayining o’rtacha arifmetik ko’rsatkichi;
MP – ikkala ota-onaning o’rtacha arifmetik ko’rsatkichi;
P – eng yaxshi ota yoki onaning o’rtacha arifmetik ko’rsatkichi.
F1 o’simliklarda belgilarning ustunlik darajasi quyidagi tamoyilga asosan aniqlanadi:
Dominantlik yo’q hp=0
Chala dominantlik 0To’liq dominantlik hp=1
Geterozis hp>1
Ikkinchi avlod duragaylari 4 qaytariqda 30 uyachali qilib ekiladi va har bir kombinastiyada o’simliklar soni 220 tadan 320 dona gachani tashkil qiladi.
Ikkinchi avlod duragaylarining belgilari bo’yicha o’zgaruvchanlik qatorlari tuziladi. Natijalarning sonli ko’rsatkichlari, B.A.Dospexov uslubida statistik ko’rsatkichlarning katta va kichik tanlanmalarida ishlovdan o’tkaziladi:











x–o’rtacha arifmetik miqdor; G – o’rtacha arifmetik og’ish.
X-variantlar yig’indisi m – o’rtacha arifmetik xatolik;
n – tanlamaning hajmi; V – o’zgaruvchanlik koeffistienti;
Ikkinchi avlod duragaylarining belgilari bo’yicha o’zgaruvchanlik qatorlari tuziladi.
F2 duragay populyastiyasining geterogenlik darajasini aniqlash uchun o’rganilgan belgilar bo’yicha genotipik o’zgaruvchanlik ko’rsatkichi – irsiyatga uzatilish koeffistienti A.Allard (1966) formulasi yordamida hisoblanadi:
σ 2F2- σ2F1+σ2P1 + σ2P2
3
h2F1/F2 = ---------------------- F2 duragay populyastiyasi uchun;
σ2F2

bu erda h2F1/F2 - F2 duragaylarida belgilarning irsiyatga uzatilish koeffistienti;


σ2 F1 - F1 duragayining dispersiyasi (o’rtacha arifmetikdan og’ish);
σ2 F2 - F2 duragayining dispersiyasi (o’rtacha arifmetikdan og’ish);
σ 2P1 - birinchi ota-ona dispersiyasi (o’rtacha arifmetikdan og’ish);
σ 2P2 - ikkinchi ota-onaning dispersiyasi (o’rtacha arifmetikdan og’ish).
Ota-ona shakllari va duragaylarda o’rganilgan asosiy belgilarning korrelyastion bog’lanishi ham B.A.Dospexov (1985) formulasi asosidagi kompyuter dasturida hisoblanadi:
; ;
bunda: r – korrelyastiya koeffistienti +1 va -1 oralig’ida bo’ladi;
X,U – belgilarning miqdoriy ko’rsatkichi;
x,u – belgilarning o’rtacha ko’rsatkichi;
m – korrelyastiya koeffistientini standart xatoligi;
n – kuzatishlar soni;
tr – korrelyastiyaning mavjudlik kriteriysi kabi qo’llanmalardan foydalaniladi.
G’o’za selekstiyasi va urug’chilik tadqiqot ishlarini bajarish maqsadida rejalashtirilgan niholzorlar 2015 yil ---- aprelda 3 takrorda, har bir qator uzunligi 6,0m ni tashkil etdi. Har bir nav 2 qatordan bir qatorda 30 ta uya, har bir nav uchun 60 dona chigit ekildi. Har bir takror orasida himoya zonasi (1 mdan) qoldirildi.
2015 yili topkross usulida chatishtirish ishlari o’tkazildi. Onalik sifatida istiqbolli deb topilgan, qimmatli xo’jalik, texnologik ko’rsatkichlari va ekstremal sharoitlarga bardoshliligi hamda boshqa ijobiy ko’rsatkichlari bilan yaxshi natijalar bergan g’o’za navlaridan: S-02, S-5707, S-6555, Adolat-1, gossipolsiz Buxoro-9 lar: otalik sifatida esa S-8292, Navro’z, S-8294,O’zPITI-202 va Turon navlari o’zaro chatishtirilib G’1 avlodli duragay tizmalari barpo etildi.




♂otaligi
♀onaligi

S-8292

Navro’z

S-8294

O’zPITI-202



Turon

1

S-02

X













2

S-5707




X








3

S-6555







X







4

Adolat-1










X




5

Buxoro-9













X

Chatishtirish o’tkazishdan oldin onalik g’o’za navlarida oldindan belgilanib qo’yilgan, gullar chatishtirish uchun kerakli miqdorda kastra stiyalandi va izolyastilanib etiketkalar bog’landi. Kastrastiya ishlari kun botishi bilan gul g’unchalarining ochilish arafasida o’tkazildi. Keyingi kuni otalik uchun tanlangan g’o’za navlarining gul changlarini onalik changdonlariga o’tkazib changlantirildi va yana boshqa navlar bilan chatishmasligi va turli xil biologik ifloslanishlar bo’lmasligi uchun barcha chatishtirilgan gullar xaltachalar bilan izolyastilanib mahkamlab qo’yildi va etiket kalar osildi.
Otalik g’o’za navlari bilan changlantirish jarayoni gullarning to’liq ochilishi paytida(ertalab soati 8dan to 1100 gacha) o’tkazildi.
Barpo etilgan selekstion niholzorlarda quyidagi fenologik kuzatuv va selekstion hisob-kitob ishlari olib borildi: nihollarning unib chiqish foizi, 50% gullashi va pishish muddatlari; 1iyun,1 iyul,1 avgust va 1 sentyabr oylarining boshida o’simlik bo’yi, hosil shoxi, hosil elementlari soni, jami bir tupdagi ko’saklar soni va shundan ochilgani aniqlandi. Shuningdek, bir ko’sak og’irligi,1000 chigit og’irligi,tola uzunligi va chiqimi aniqlandi. Geterozis belgilarini aniqlash bo’yicha F1 avlod tizmalari o’rganildi. E’tiborga molik bir qancha ijobiy ko’rsatkichlarga ega bo’lgan namuna ko’saklar terilib, ularning hosildorlik, sifat ko’rsatkichlari va tezpisharlik alomatlari, morfo-biologik belgilari ota-ona avlodlariga va standartga taqqoslanilib o’rganilmoqda. Tadqiqotlarning ikkinchi yilida selekstion ishlar yanada kengaytiriladi. Jahon bozori hamda dehqonlarimiz talablarini inobatga olgan holda hozirgi kunda ekilib kelinayotgan eng ijobiy natijalarni berayotgan g’o’za navlaridan barcha qimmatli xo’jalik, texnologik, sifat ko’rsatkichlari va ekstremal sharoitlarga nisbatan yanada bardoshli bo’lgan ota va onalik g’o’za navlari tanlanib, turli xil duragay kombinastiyalari barpo etilib,ulardan yakkalab tanlashlar o’tkazish asosida mukammal, e’tiborga molik yangi g’o’za navlari tanlanib olinadi.



Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish