3.4 G’o’za ekinlarida qo’llanilgan agrotexnik tadbirlar
2015-2016 yilga rejalashtirilgan dala tajribalarini o’tkazish uchun mo’ljallangan maydonlarda kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlar sifatli qilib o’tkazildi.
Kuzda noyabr oyining uchinchi o’n kunligida ekin maydonlari shudgor lanib, sho’r yuvish ishlari dekabr-fevral oylarida o’tkazildi.
Tuproqning etilishi bilan namlikni saqlash hamda endi unib chiqayotgan begona o’simliklarni yo’qotish uchun va zararli tuzlarni tuproq yuzasiga ko’tarilmasligini oldini olish uchun bahorda barona o’tkazildi.
Bahorgi ekinlarni ekish uchun mo’ljallangan mahalliy va ma’danli o’g’itlarni rejalashtirilgan me’yorida kiritildi, ekish oldidan 22-25 sm chuqurlikda chizellash ishlari o’tkazildi.
Ekinlarni ekish, havo va tuproq haroratiga qarab, bu yilgi sharoitda chigit ekish aprel oyining 1- o’n kunligidan boshlanadi. Ammo ayni ekish mavsumida haddan tashqari yog’ingarchilikni ko’p yog’ishi va havo va tuproq haroratining pasayib ketishi natijasida chigit qayta buzib ekildi.(2-3 martalab 19 maygacha)O’simliklarni amal davrida 4-5 marta qator oralariga ishlov berildi, 1 marta yagona qilini, 4 marta oziqlantirildi, 4 marta sug’orildi, 2-3 marta chopiq, chilpish tabaqalashtirilgan holda qo’lda o’tkazildi. Paxta hosili 3 terimda yig’ib olindi.
Mukammal duragay populyastiyalar asosida Buxoro viloyatining ekstremal tabiiy iqlim sharoitlariga mos, serhosil, tezpishar, tola sifati yuqori g’o’za navlarini yaratish, hamda kela jakda fuzarioz viltga bardoshlisini grunt nazoratga topshirish, shuningdek, “Buxoro-102” g’o’za navi urug’liklarining yuqori navdorligini, serhosilligini ko’p yillar mobaynida doimiy ta’minlashga yo’naltirilgan urug’chilik, ilmiy tajriba va amaliy ishlarni bajarish. Ushbu nav ekilgan xo’jaliklarda yuqori hosil olishga erishishdan iborat
3.5. Tajriba natijalari
Ushbu tajriba Buxoro Davlat Universiteti o’quv tajriba xo’jaliga, Buxoro tuman “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo’jaligi va O’ZPITI Buxoro filialida o’tkazildi.
Tajriba o’tkazilgan maydon azaldan sug’orib kelinayotgan o’tloqi tup roqlardan iborat bo’lib, mexanik tarkibi jihatidan sho’rlanishga moyil, o’r tacha og’irlikda, er osti sizot suvlarining sathi 2-3 metrni tashkil qiladi.
Filialda g’o’za selekstiyasi ishlari 1949 yilda boshlangan bo’lib, yildan-yilga davom qilib kelayapti.
Selekstiya ishlari asosan tur ichida va turlararo sun’iy chatishtirish, ulardan olingan duragaylarni ko’p martalab yakka tanlash, avlodlar davomida tekshirish va ularga baho berish usullari bilan olib boriladi. Yangi yara tilgan navlarning original, genetik sof urug’liklari etishtiriladi.
G’o’za selekstiyasi va urug’chilik tadqiqot ishlarini bajarish maqsadida rejalashtirilgan niholzorlar joriy yilnig 27- 28 aprelda ekib, tashkil qilindi. Ekilgan niholzorlar quyidagilar:
a) Kollekstiya niholzori;
b) Biologik va selekstiya niholzori;
v) Tanlov nav sinovi niholzori;
g) Istiqbolli tizmalarni o’rganish va ko’paytirish niholzori;
d) Urug’ ko’paytirish niholzori.
Kollekstiya niholzoridagi namunalar ikki qatorlab, 30 metr uzunlikda ekildi. Biologik va selekstiya niholzorida F-1avlodlari olishuchun 203ta duragaylar qator uzunligi 5 metr bo’lgan, 203 ta qatorga ekildi, 1228 ta yakka tanlovlar 12 metr uzunlikda 1228 ta qatorga ekild. Tanlov nav inovi niholzorida 11 ta namuna 4 qatorlab, 4 qaytariqda, jami 176 ta qatorga ekildi. Delyankalar maydoni 50 m² ni tashkil qiladi. Istiqbolli tizmalarni o’rganish va ko’paytirish niholzorida 39 ta tizma 4 qatorlab 20 metr uzunlikda ekildi. Urug’ ko’paytirish niholzorida “ Buxoro-102” va “Sharq” g’o’za navlarining oilalari namunalari 20 va 100 metr uzunlikdagi qatorlarga ekildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |