Tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi bitiruv malakaviy ish


Бухоро туманида тарқалган SUG’ORILADIGAN O’TLOQI – ALLYUVIAL TUPROQLAR



Download 2,48 Mb.
bet5/13
Sana10.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#772959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Бухоро туманида тарқалган SUG’ORILADIGAN O’TLOQI – ALLYUVIAL TUPROQLAR.
Бухоро туманидаги bu tipdagi tuproqlar 2 guruhga bo’linadi.
1 – Qadimdan sug’oriladigan
2- Yangidan sug’oriladigan o’tloqi – allyuvial tuproqlarga bo’lib o’rganiladi.
Umumiy sug’oriladigan yer maydoni 243.5 mingdan ortiq gektar bo’lib, sizot suvlarining chuqurligi faslma fasl, o’zgarib turib, 1.6 - 2.8 metr bo’lib, vohaning umumiy yer maydoni 60 -70 % ni tashkil etadi. Bu tipdagi tuproqlarning kelib chiqishi tuzilishi evolyutsion o’zgarishlari olimlarning fikrlariga quyidagicha tizim aspsida kuzatish mumkin:
Daryo, sel, yomg’ir allyuvial yotqiziqlari _ 2 – terassada rivojlangan o’tloqi allyuvial yotqiziq _ o’tloqi allyuvial tuproqlari _ taqirli tuproqlar _ allyuvial o’tloqi tuproqlar _ taqirsimon allyuvial o’tloqi tuproqlar _ sug’oriladigan o’tloqi allyuvial tuproqlar.
Tuproqni bu sxema orqali rivojlanishi va o’zgarishi ularning agroirrigatsion qatlamining qalinligi, relef shakli, sizot suvlarinng chuqurligiga va mineralizatsiyasiga, hamda inson faolitati ta’sirida davrma- davr bir tipdan ikkinchi tipcha, boshqa tuproqlar tipiga o’zgarishni ko’rsatadi. Undan tashqari sizot suvlarining yerni yuza qatlamida yaqinligini (1.0 – 1.5 metr ) ular quyidagi sxema bo’yicha rivojlanadi.
Allyuvial botqoqli _ allyuvial o’tloqi _ Botqoqli _ allyuvial o’tloqi _ sug’oriladigan allyuvial.
Sizot suvlari mineralizatsiyasining ko’payishi bilan allyuvial o’tloqi tuprolarning evolyutsion antropogen o’zgarishi quyidagi holatda bo’ladi.
O’tloqi allyuvial _ sug’oriladigan o’tloqi allyuvial _ allyuvial o’tloqi _ botqoqli sho’rxoklar _ sho’rxoklar.
Sug’oriladigan allyuvial o’tloqi tuproqlarning, shu jumladan, qadimdan sug’oriladigan tuproqlarning shakllanishi, tarqalishi, rivojlanishi sug’orish suvlarining filtratsiyasi sarflanishi natijasida sug’oriladigan yerlarda sizot suvlarining sathi 1.8 -3 metr maydonlarda juda yaqin qilib joylashishiga olib keladi va bu birinchidan bo’lsa, ikkinchidan, sug’orish, ishlov berish va turli xil o’g’itlardan foydalanish va boshqa antropogen ta’sirlar natijasida ularning tuproq kesmasidagi gorizontallar asta sekinlik bilan o’zgarib boradi. Qadimdan sug’oriladigan o’tloqi allyuvial o’tloqi tuproqlarning aniq belgilari quyidagicha bo’ladi.
1- Bir xil genetic qatlamlar mavjudligi.
2- Agroirrigatsion qatlamlar juda qalinligi (165 sm)
3- Tuproqlar kesmalarida qadimgi idish va boshqa antropogen qoldiqlar tarqalishi.
Mexanik tarkibiga ko’ra bu tuproqlar yengil, soz, o’rta soz, og’ir soz, qumoq va qumloqdir. Mexanik tarkibining har xilligi bu tuproqlar fizik xossalarining har xilligiga olib keladi. K.G’afurov, S.Abdullayev (1981-yil ) ma’lumotlariga ko’ra , solishtirma og’irliklar, hajm og’irliklari bu tuproqlar genetik qatlamlaridan farq qiladi. 0 – 30 sm qatlamda solishtirma og’irligi 2.48 – 2.63 g/sm 3ni tashkil qiladi. Buxoro viloyatining sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yer maydoni asosan tekisliklardan iborat bo’lib, Zarafshon daryosining atrofidagi yerlar bilan birgalikda “Buxoro va Qoroko’l vohasigacha” cho’ziladi. Sug’oriladigan yerlari asosan 3 ta vohadan iborat bo’lib, ya’ni “G’ijduvon, Vobkent, Peshko’, Romitan, Shofirkon” tumanlarida joylashgan.
1- voha – Buxoro, Kogon, Qorovulbozor tumanlari, 2- voha Qorako’l hamda Olot tuman yerlari. 3- voha tuproqlari o’ziga xos agrokimyoviy fizikaviy tabiiy xususiyatlarga egadir. Bu voha tuproqlari sahro, mintaqasining markazida joylashgan bo’lib, bular asosan qadimdan sug’orilib kelinayotgan o’tliqi allyuvial o’tloqi sahro va o’tloqi taqir tuproqni tashkil qiladi.
Bu tuproqlarning mexanik tarkibi, yengil tuproq qavati bilan birgalikda qum, qumoq, qumloq va o’g’ir soz tuproqlarni tashkil qiladi. Sug’oriladigan yer maydonlarining 36.2 % dan 74.0 % gacha bo’lgan o’rta (qumoq) soz tuproqdan iborat bo’lib, qumoqli yengil qumloq va qumoq tupr
qlardan iborat. Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan tuproqlarning yer osti suvini 1.8 – 2.5 m bo’lishi, doimiy ravishda nam bo’lishligi, tuproqning yuza (0 – 50 sm) qavatida sho’r parchalarini paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Buxoro viloyati O’zbekiston respublikasining janubiy qismida 400 shimoliy kenglikda, 640 janubiy uzoqlikda, dengiz sathidan 85-300 metr ba landlikda joylashgan. Buxoro tumani tuproqlarining mexanik tarkibi engil tuproq qavati bilan birgalikda qum va qumoq, og’ir soz tuproqlardan ibo ratdir. Viloyat tuprog’i kuchli, o’rta va engil sho’rlangan bo’lib, asosan tuproq qatlaminining 30-40 sm chuqurligida tuz miqdori ko’p bo’ladi. Qolgan qatlamlarda tuzlar kam miqdorni tashkil etadi. Tuproqdagi sho’rlanish deyarli sulfat tuzlarini tashkil etgan holda, cho’kindi, qattiq qoldiqlar miqdori ning 50-80 % ni, xlorid tuzlari esa ancha kam miqdorni tashkil qiladi. Buxoro viloyati jug’rofik joylanishi jihatidan yarim sahro hududiga kirib, Orol dengiziga yaqin joylashgan. Ko’p yillik ma’lumotlarga ko’ra, yog’ingarchilik miqdori viloyatimizda 137,2 mm.ni tashkil etib, 60% yog’in-sochin miqdori asosan, yanvar-aprel oylariga to’g’ri keladi. Er ustidan suvning bug’lanishi esa yil davomida 1 gektar maydondan 1700 mm atrofida bo’ladi
Buxoro viloyatining iqlimi keskin kontinental bo’lib, qishi quruq ayozli sovuqlardan, yozi esa o’ta quruq –issiq garmsellardan iborat. Deyarli yil davomida keskin shamollar 10-17m/sek tezlikda esadi. Iyul, avgust oylarida yuqori darajadagi issiq shamollar esib, garmselga aylanadi. Buxoro meteorologiya rasadxonasidan 2015-2016 yillar uchun olingan ob-havo ma’lumotlarini tahlil etadigan bo’lsak, 2015-2016 yillarning yanvar oyi o’rtacha havo harorati 2,6-6,2 darajani tashkil etib, ko’p yillikka nisbatan 2015-2016 yillari 2,5-6,1 daraja iliq keldi. Pastki havo harorati 2015 -2016 yillarda: – 9,5-3,9 darajani tashkil etgan holda, ko’p yillikka nisbatan 16,5-22,1 daraja iliq bo’ldi. Yuqori havo harorati 48,9-42,7 darajani tashkil etdi. Shuningdek, shu oyda yog’gan yog’ingarchilik miqdori 10,5-11,1mm ni tashkil etdi. Ayni ekish mavsumida (mart-may oylarida 40,1-76,8mm) yog’ingarchilik ko’p yillikka nisbatan 2016 yilda 24 mm ko’p bo’ldi, shu bois, bu yilgi sharoitda chigitni qayta buzib ekishlar hatto ba’zi bir maydonlarda 3 martalab viloyatimiz sharoitida qaytadan buzib ekishlar bo’ldi.
Iyul oyi yuqori havo harorati 2015 va 2016 yillari 48,9-41,50S yuqori bo’ldi. Shu bois, o’simlik o’zining o’sish va rivojlanish jarayonida 36 darajadan yuqori bo’lgan haroratni samarali foydalana olmasligi natijasida, ya’ni suvga bo’lgan talabi yuqori bo’lishi oqibatida, ma’lum bir qism namlik o’zlarini issiqlikdan himoya qilishlari uchun sarflaganlari tufayli, ularning chigitlari o’tgan yillarga nisbatan kichik bo’lib,suv va oziqa moddalari bilan to’lasincha qoniqa olmadi. Natijada, barcha xo’jaliklarda har yilgiga nisbatan bir ko’sak vaznining kamayish hollari sodir bo’ldi.
Tajriba dalasida urug’lik chigit bir oz kech(3.05.2016y.) qayta buzib ekilsada, o’tgan yillarga nisbatan havo haroratining yuqori bo’lishi ko’saklarning jadal ochilishiga imkon yaratdi. Sentyabr oyining o’rtacha havo harorati 24,40S dan, pastki havo harorati 11,10S, yuqori havo harorati 36,00S dan iborat bo’ldi Umuman olganda, sentyabr oyi g’o’zaning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay bo’ldi. Ammo, “G’o’za kun sanaydi”, - deganlaridek, maqbul samarali haroratni etarlicha to’plaganligi sababli, bu yilgi sharoitda hosilni yig’ish ishlari me’yorida kechdi.
Viloyat bo’yicha 2014 -2015 yillarda sho’r yuvishdan oldin va sho’r yuvishdan keyingi erlarning tuzdorlik darajasini o’zgarish holatlari 1-jadvalda yoritilgan. Jadval natijalariga ko’ra, erlarning tuzdorlik darajasi bahordan kuzga qarab oshib borish holatlari kuzatiladi. Shu bois, viloyat sharoitida sho’r yuvish tadbiri albatta, o’tkazilishi lozim.
Buxoro meteorologiya rasadxonasidan olingan ko’p yillik va 2015-2016 yillar bo’yicha
ob-havo ma’lumotlari

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish