Tadqiqot ob’ektlari: O’tloqi-allyuvial, sho’rlangan va sho’rlanishga mo yil tuproqlar, g’o’za navlari, selekstion liniyalar, duragaylar, karbon kislo tasi hosil qiluvchi foydali model, kompozistion bo’tqa, vertistelliyozli vilt.
Tadqiqot predmeti: Selekstion liniyalar, duragaylar, yangi stress holat larga bardoshli sifatli g’o’za navlarini yaratish, kompozistion bo’tqani turli me’yor va muddatlarda qo’llash orqali viltga qarshi kurashish, karbon kislotasi hosil qiluvchi foydali model yordamida sho’rlanishga, fosforli o’g’itlarning o’zlashtirish koeffistientini oshrish, hamda hosildorlikni oshishiga va sifat ko’rsatkichlarining yaxshilanishiga ularning ta’sirini o’rganish.
Ishning maqsadi: Respublikamizning turli xil tuproq-iqlim sharoit lariga, jahon bozori talabalariga mos, g’o’zaning o’rta tolali, serhosil, eks tremal noqulayliklariga, viltga chidamli IV tip tolali g’o’za navlarini yara tish, DNSlarga topshirish, yaratilgan yangi istiqbolli g’o’za navlarining nav dorligini saqlash, ularning urug’chiligini yo’lga qo’yish; Ishning ilmiy yangiligi: Buxoro viloyatining sho’rlanishga moyil, o’tloqi-allyuvial tuproqlarida viltga, sho’rlanish va garmselga chidamli, ertapishar, yuqori sifatli, serhosil g’o’za tizmalari yaratiladi. Ilk marotaba Buxoro viloyati sharoitida turli xil tirik foydali mikrobiologik orga nizmlar+Fitovak immunostimulyatori va bir necha mahalliy ekologik bezarar, tannarxi arzon, organik moddalar kompozistiyalaridan iborat bo’lgan aralash malarni turli me’yor va muddatlarda qo’llash orqali g’o’zaning vilt kasalligini oldini olish bo’yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
I-bob. Asosiy qism. Dunyo va O’zbekiston paxtachilik istiqbolining qisqacha adabiyotlar sharhi:
. Бухоро туманидаги қадимдан суғориладиган ўтлоқи тупроқларда пахта етиштириш истиқболлари
Mamlakatimiz dunyo xaritasida paxta etishtiradigan eng shimoliy paxtachilik mintaqasi bo’lsada, mustaqillik yillarida selekstionerlarimiz tomonidan eng tezpishar, serhosil, tolasi dunyo bozorida yuqori baholanadigan navlar yaratilib, jahonda salmoqli mavqega ega bo’ldi. Buni har yili oktyabr oyida Poytaxtimizda o’tkazib kelinayotgan “Xalqaro paxta yarmarka”sida Xalqaro nufizli sohalarning chet ellik ishtirokchilari ham e’tirof etmoqda. Angliyaning “Cotton Outlook” jurnalida, K.Verbek e’tirof qiladiki: “O’zbekison paxta etishtirish texnologiyasining ikki yo’nalishida, ya’ni ko’sak qurtini keng qamrovli biologik nazorat qilish va ertapishar navlar selekstiyasi dasturi bo’yicha dunyoda peshqadam”dir.
Sh.J.Teshaev (2016), O’zbek paxtasining dovrug’i olamga yoyilgan. Buni dunyo paxta bozorida zaminimizda etishtirilayotgan tolaning nufuzi ortib, tobora xaridorgir bo’lib borayotganligidan ham bilsa bo’ladi.Tolamiz sifat ko’rsatkichlarining yuqoriligi, rangining tiniqligi, pishiqligi va uzunligi qisqacha aytganda, sanoatbopligi bilan ajralib turadi. Yangi g’o’za navlarini yaratish, urug’chilik tizimini yaxshilash va paxta etishtirishda tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish borasida ilmiy amaliy tadqiqotlar yanada chuqurlashtirilgan holda olib borilayapti. Bularning hammasi mamlakatimiz paxtachiligida yangi ufqlarni ochishga xizmat qilishiga hech shak-shubha yo’q.
Yurtimizda ilmu fanni yanada taraqqiy qildirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, shu bois sohani rivojlantirish maqsadidagi izlanishlar davom qilaveradi.
Respublikamiz selekstionerlari tomonidan g’o’zaning Buxoro-6, Andijon-35, Xorazm-127, Termiz-31, S-6524, Namangan-77, Omad, An-Bayaut-2 va boshqa navlari yaratilib ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida yalpi hosil, tola salmog’i , tola uzunligi va boshqa sifat qo’rsatkichlari ilgarigiga nisbatan oshdi. Shuningdek, Paxtakor-1. Navro’z, To’raqo’rg’on-4, Andijon-37, Oqdaryo-8, O’zPITI seriyali va boshqa yangi sermahsul navlar ishlabchiqarishga joriy qilinmoqda (B.M.Xoliqov, 2013).
R.S. Nazarov ( 2013 ) ma’lumotlariga ko’ra tolasi yuqori sifatli yangi serhosil g’o’za navlarini yaratishda aniq bir tuproq iqlim sharoitida ekilishi muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi O’zbekiston ilmiy –ishlab chiqarish Markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va tadbiq qilingan yangi navlar tezpisharligi, serhosilligi, kasallik va zararkunandalarga bardoshliligi, turli o’suv sharoitlariga qisqa muddatlarda moslashuvchanligi bilan ajralib turadi..
R.Nazarov, J.Axmedov, Sh.Qo’ziboev, Ya. Boboev, A.Omonturdiev (2005) tavsiya va mulohazalariga ko’ra selekstiya ishlarida fundamental tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, paxta etishtiruvchi mamlakatlar bilan aloqalarni kengaytirish, g’o’zaning jahon kollekstiyasini o’rganishni kuchaytirish, mavjud g’o’za genofondini xorijdan keltirilgan namunalar bilan boyitish. Yangi g’o’za navlarini yaratishda g’o’za genofondidan keng foydalanish, selekstiya usullarini takomillashtirish, g’o’zaning 1a, 1b, 1, 2, 3, 4 va 5 – tip tola beruvchi ser hosil, ser tola, tezpishar , kasalliklarga, zararkunandalarga hamda keskin o’zgaruvchan sharoitlarga bardoshli yangi navlarni yaratish, selekstiya ishlarini jadallashtirishda Selekstiya-issiqxona kompleksi “ Fitotron “ dan keng foydalanish , tolaga baho berish va uning sifatini aniqlashda HVI asbob –uskunasidan keng foydalanish; ilmiy tadqiqot institutlarining tajriba xo’jaliklari dalalarida yangi navlarni sinash va me’yoriga etkazish ishlarini yaxshilash kerakligi ta’kidlangan .
B.Xoliqov, A.Shamsiev (2012) ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutida Davlat standart talablari bo’lgan navdorlik va xo’jalik qimmatli belgilarini kamida 30 yil o’zida saqlaydigan bir qator yangi navlar yaratilib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Selekstionerlarimiz o’tgan davr ichida tola chiqishini 26-31 foizdan 34-40 foizgacha, tola uzunligini 26-28 millimetrdan 33-36 millimetrgacha , bir ko’sakdagi paxta vaznini 3-5 grammdan 8-10 grammgacha oshirishga muvaffaq bo’ldilar.
Hozirgi vaqtda g’o’za navlarini yaratishda turli xil usullar qo’llanilmoqda. Ammo, selekstiyaning analitik- klassik usuli hamon dolzarb hisoblanadi va nazariy va amaliy izlanishlar davom qiladi.
M.Hojimatov (2004) izlanishlari natijalariga ko’ra ertapishar, serhosil, sifatli tola beruvchi duragay kombinastiyalarni yaratish uchun ota-ona shaklarini to’g’ri tanlash va Farg’ona-3, S-6524, Oqdaryo-6, Andijon-33 navlarining o’zaro duragay kombinastiya laridan foydalanishni tavsiya qiladi.
S.A.Egamberdieva (2004) ma’lumotlariga ko’ra yuqori tola chiqishi dominant belgi bo’lib, yuqori tola chiqimli navlar yaratishda genetik kelib chiqishi uzoq bo’lgan duragaylar hamda murrakkab genli duragaylar liniyalarini boshlang’ich material sifatida xizmat qilishini ta’kidlaydi.
S.A.Ravshanov (2006) o’tkazgan tadqiqotlari natijasiga ko’ra, oddiy duragaylash bilan bir qatorda murakkab duragaylashdan keng foydalanish yuqori samara beradi. Murakkab duragaylashni tezpishar, oqpalakka bardoshli, bitta ko’sakdagi paxta vazni va ming dona chigit og’irligi yuqori, sertola shakllarni yaratishda qo’llashni tavsiya etadi.
S.Raxmonqulov, D.Daminova, M.Raxmanqulov, X.Jalolov (2007) izlanishlarida chigitning yuqori moydorligi yadroning katta bo’lishi va undagi yog’ miqdorining ko’p bo’lishiga bog’liq. Yog’ning ko’p bo’lishi chigit yadrosining yirikligi bilan korrelyastiyalanadi (chq 0,85 + 0,10). Moydorlik ko’p hollarda yadrodagi yog’ning ko’p bo’lishi tufayli yoki yadroning katta bo’lishi bilan saqlanadi. Shu bilan birga moydorlik va tola chiqishi o’rtacha va kuchli teskari korrelyastiyalanishi aniqlangan ( chq 0,50 – 0,95 ). Bu selekstiya ishlarini murakkablashtiradi, ammao moydorligi va tola chiqshi yuqori bo’lgan navlarni yaratish imkoniyatlarini inkor qilmaydi. M: S.S.Kanash selekstiyasidan – S-1225, S – 460; V.A.Avtonomov selekstiyasidan S- 6524; S.Raxmanqulov selek stiyasidan Istiqlol, Istiqlol-13, Umid va boshqalar. ( Sanoat navlarida 16-17 %, liniyalarda 21- 26 % ).
Shuningdek G.Orazbaeva, R.Kim (2012) G’o’zaning kasalliklarga bardoshliligini o’rganib, F-1 duragaylarda gommoz kasalligining bahorgi va kuzgi shakliga chidamlilik asosan oraliq holda irsiylanadi, ba’zi duragay kombinastiyalarda esa chidamlilik bu belgi bo’yicha nisbatan yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan ota-ona shakllarining ustunligi ostida amalga oshadi.
Shuningdek, X.Egamov, T.Komilov (2007) izlanishlariga ko’ra, chigiti tuksiz xususiyatga ega bo’lgan o’rta tolali g’o’za navi bilan ingichka tolali g’o’za navini duragaylash natijasida tuksiz chigitli yangi g’o’za navlarini yaratish mumkin
Ya.Babaev, M.Miraxmedov, M.Raxmonqulov, A.Marupov (2016), Yaratilgan selekstiya tizmalarining vilt kasalligiga bardoshli bo’lishi, ularning qimmatli xo’jalik ko’rsatkichlarining nisbatan yuqori natijalarini namoyon etadi.
S.Boboev, S.Tog’aev (2016), oddiy duragaylashga nisbatan murakkab turlararo duragaylashda tola uzuzunligi ijobiy bo’ladi, sababi chatishtirishda bir birdan keskin farq qiluvchi bir nechata turlarning ishtirok etganligi va bu esa tola uzunligi bo’yicha keng diapozondagi ajralish jarayoninig kechikishiga sabab bo’lib, bu ular orasidan uzun tolali rekombinatorlarni ajratib olishga imkon yaratadi.
A.Ibragimov, B.Muhammadiev, A.Karimov (2016), begona chang (mentor) bilan qo’shimcha changlatish urug’lanish jarayonining me’yorida kechishiga va duragay ko’saklar tugilish qobiliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Lekin, turli duragay kombinastiyalarda mentor miqdor belgilarning rivojlanishiga turlicha ta’sir qilib, ma’lum bir belgining rivojlanishi va boshqa bir belgining kam rivojlanishiga olib keladi. Bu esa selekstiya ishlarida miqdoriy belgilarning namoyon bo’lishi maqsadimiz sari yo’naltirishda etakchi mezonlardan biri bo’la oladi.
Shu va boshqa nazariy va amaliy tadqiqotlarga amal qilgan holda, Buxoro viloyatining tabiiy iqlim sharoitlariga mos keladigan g’o’zaning serhosil, tola sifati va chiqishi, xalqaro andozalar talabiga javob beradigan g’o’za navlarni yaratish maqsadida iilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, paxta maydonlari bir muncha qisqarib, boshoqli-don ekinlari erlari kengaytirildi. Ularning ekish salmog’i Buxoro viloyati sharoitida qariyib 1:1ga nisbatini tashkil etmoqda. Ammo paxta maydonlari qisqarishiga qaramasdan, hosildor lik va uning sifatini yaxshilash tadbiri davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilib, qat’iy ravishda kun tartibiga qo’yilgan dolzarb masalalar dan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ayniqsa, viloyat sharoitida ekinlar faqatgina navbatlab (paxta+bug’doy) ekish tizimi orqali ekilayotganligi, shuningdek, suv resurslari chegaranganligi munosabati bilan takroriy ekin sifatida bug’doydan keyin dukkakli ekinlardan: mosh, soya, loviya va boshqalar ekilmayotganligi sababli, unumdorlik pasayib, tuproq tarkibida uzoq vaqt davomida saqlanib kelinayotgan vilt zamburug’i infekstiyasi bug’doy va g’o’za ekin larini bir xil zararlamoqda, natijada vilt kasalligiga nisbatan immuniteti pasayib, barcha ekilayotgan g’o’za navlari viltga chalinmoqda. G’o’zadan navbatlab ekish tizimidagi ekinlar o’sish va rivojlanish jarayonlarida har yili tuproqdan o’zlariga kerakli bo’lgan bir xil oziqa moddalarini olaverishlari natijasida,tuproqda oziq moddalar kamayib ketib, oqibatda xususan, vilt va fuzariozga chalinuvchanligi ortmoqda, tuproqning unumdorligi pasaymoqda (Ikromova va boshqalar, 2013).
Vilt kasalligi nafaqat yurtimizda, balki dunyo paxtachiligida ham qayd etilgan (Atkinson, 1892; Yachevskiy, 1930, Xaydarov,1969; Tellyaev, 1978, 1982, 2013; Pospelov va b.lar, 1979; Nematov,1982, Marupov, 2011,Orazbayeva, Babaev,2015). Ma’lumki, paxtachilikni yanada ravnaq topishida eng katta to’siq, bu-ver tistillyoz vilt hisoblanadi.U yalpi hosildorlik, tola sifati, chigit moy dorligi va boshqa ko’rsatkichlariga katta zarar keltiradi. Eng xavflisi, ular tola tipi va sifati yuqori bo’lgan navlarda shonalashgacha va hosil pishib eti lish davrida ziyon etkazadi. Sug’orib ekiladigan g’o’za maydonlarining qariyib yarmi vertistelliyozli vilt infekstiyasi bilan zararlanib, kasallikning yangi agressiv patogen rassalari paydo bo’lmoqda.
Respublikamizda bugungi kunda asosan g’o’za-don ekinlari navbatlab ekil moqda. Har ikkala ekin ham tuproqdan organik va gumus moddalarini olib ketishi sababli, tuproqda ushbu moddalar kamayib ketib, turli xil infekstiya larning qo’zg’alishiga sabab bo’lmoqda. Bunday holatlarda albatta ilmiy-asos langan holda almashlab ekish tizimini joriy etish va unga qat’iyan rioya qilish kerak bo’ladi, shundagina tuproqda oziq moddalar va gumus miqdorini me’yorida saqlab, turli xil infekstiyalarning tarqalishiga yo’l qo’yilmaydi (A.Marupov,2003).
G’o’za o’simligi vilt bilan kasallanadi. Kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’ - Verticilium dahliae Kleb deb ataladi. Kasallikning dastlabki belgilaridan biri – g’o’zaning pastki shoxlaridagi barg plastinkasida joylashgan barg tomirlarining atroflarida sarg’ayishlar hosil bo’lib, keyinchalik, kasallik avj ola boshlashi bilan yuqorigi shoxlardagi barg yaproqlarida ham paydo bo’la boshlaydi. Barglar qo’ng’ir tusga kirib, to’kila boshlaydi. Ba’zan yalong’ochlanib qolgan g’o’za tuplarida yangi barglar chiqadi. Bunday holat g’o’zani yanada kuchsiz lantiradi.
Kasallikning xarakterli belgilaridan biri- g’o’za poyasi va ildizining qo’ng’ir tusga kirishi hisoblanadi. Buni g’o’zaning poyasini ko’ndalangiga kesib ko’rilganda, poyaning o’rta qismida joylashgan o’zagi to’q jigar rangga kirgan ligidan aniqlanadi.
Kasallik qo’zg’atuvchining stiklik rivojlanishida misteliy, mikrosklera stiya va konidial spora tashuvchilar xizmat qiladi. Zamburug’ tuproqda va o’sim liklar qoldig’ida mikrosklerastiya shaklida saqlanadi. Mikrosklerastiya suvsiz likka, qurg’oqchilikka va yuqori haroratga o’ta bardoshli bo’lib, yashovchanlikni o’zida saqlab qoladi.U qulay sharoitda o’sib, zamburug’ hosil qiladi va o’sim likning ildizidan kirib uni kasallantiradi. Urug’ bilan vilt zamburug’lari juda ham kam hollarda zararlanadi.
Kasallik nisbiy havo namligi 60 0S va havo harorati 23-250S bo’lganda qulay sharoit yaratilib, avj oladi. Kasallik asosan engil qum va qumoq tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. G’o’za vilti barcha tuproqlarda tarqalgan. Le kin, tabiati quruq bo’lgan hududlarda uning zarari yuqori bo’ladi.
Vertistellilyozli so’lish kasalligi g’o’za ekinida hali amal davri tuga masdan, oldindan barglarini so’lishiga, to’kilishiga sabab bo’ladi. Natijada hosilning pasayishi va sifatining buzilish holatlari kuzatilib, katta zarar keltiradi (Pospelov S.M. i dr. 1979 g.). Ma’lumki vilt kasalligi paxta hosiliga salbiy ta’sir etib, g’o’za eki ladigan barcha xududlarda tarqalgan.Vertistillyoz so’lish g’o’zaning 2 turini ham zararlaydigan eng mudhish kasalliklardan biridir. Ba’zi navlar viltga chidamli bo’lsa ham, to’la immunli navlar mavjud emas (Tillaev R.Sh., 2013). Markaziy Osiyoda kasallik har yili o’rtacha 8-10 foiz O’zbekistonda esa 10-15foizga yaqin (yiliga 400ming tonnacha) hosilni nobud qiladi (Muhammad jonov, 1966; Benken va b.q. 1974; Borodin, Runov,1983). Yo’qotiladigan hosil miqdori g’o’za turi va navi, tuproqdagi mikrosklerostiylar soni, kasallik bosh lanish davri, ob-havo sharoitlariga va agrotexnik omillarga bog’liq.Barglarda vilt belgilari qanchalik erta ko’rina boshlasa, nobud bo’ladigan hosil ham shunchalik baland bo’ladi; ular kech namoyon bo’lganida hosil pasaymasligi ham mumkin (Gogber va b.q. 1996). Vilt kasalligi nafaqat paxta tolasi va chigit hosili miqdoriga, balki ularning sifatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi, chigitning og’irligi, unuv chanligi, tarkibidagi yog’ miqdori, tolaning pishiqligi va uzilish uzunligi kamayadi (Mirpo’latova va b.q. 1981; Schnothorst; 1981). A.Marupov respublikamiz sharoitida g’o’za viltiga qarshi ekologik toza biologik va agrotexnik usullarda kurash olib borib, tuproqda viltni qo’zg’atuvchi infekstiyalarni kamaytirish va o’simlikning kasallikka chidam liligini oshirishni tavsiya etadi. B.Hasanov, A.Hamraev va b.q., g’o’zaning vertistillyoz viltiga qarshi kimyoviy va biologik kurash choralari chigitni dorilash, tuproqni fumigastiya qilish, fungistidlarni tuproqqa solish yoki o’suv davrida purkash orqali amalga oshiriladi. Chigit fungistidlar bilan nihol kasalliklariga qarshi dorilan ganda va kislota yordamida tuksizlantirilganda vilt infekstiyasidan to’liq tozalanadi. Qishloq xo’jaligi ekinlari urug’ining unuvchanligi va unib chiqish quvvatini oshirish, hosilning pishishini tezlashtirish, o’simlikning qurg’oq chilikka, sho’rga, kasallik hamda zararkunandalarga chidamliligini oshirishda fiziologik faol moddalar ijobiy ta’sir etadi (Kalinin, Merejinskiy, 1965). R.Sh.Tillyaev (1978) ma’lumotlari bo’yicha, 1970-80-yillarda vertistel lilyozli vilt kasalligiga chidamli bo’lgan g’o’za navlaridan Toshkent-1 va h.k. navlar i ham ushbu kasallik bilan ma’lum bir sezilarli darajada zararlana boshladilar. Bunday holatning bo’lishini asosiy sabablaridan biri-almashlab ekish tizimiga rioya qilinmasligidan deb bildilar.
G’o’za bargidagi vilt infekstiyasiga qarshi kurash bo’yicha 1978-1980 yillarda ishlab chiqarish sharoitida Toshkent viloyati, Yangiyo’l tuman, Kommu nizm kolxozi dalalarida R.Tillaev (1982) Uzgen va Alginlarni 3-5%li eritmalarini qo’llash yuzasidan tadqiqot ishlari olib bordi. Birinchi dala tajribasida g’o’zaning o’suv-amal davrida 3 muddatda(shonalashning boshlani shida, gullashda va yalpi hosil olish paytida), boshqa bir (R.Utepova, F.Ibragi mov,1982) dala tajribasida esa vegetastiya davrining oxirida, ya’ni g’o’zani defoliastiya qilish bilan bir vaqtda preparatlar purkaldi. Vilt kasalligi bilan zararlangan fonda g’o’zaning o’suv-amal davrlarida Uzgenning 3-5% li eritmasidan 3 muddatda ishlov berilganda, uning o’sish va rivojlanishi yaxshi lanib, vilt bilan kasallanishning oldi olinib, kasallik tarqatuvchilaring miqdori pasaydi va hosildorlikni oshishi kuzatildi.
Bugungi kunga kelib, o’zbek olimlari tabiiy, mahalliy, o’simlik uchun foydali organik moddalar va ularnining chiqitlaridan olingan, shuningdek, fitoaleksin va mikroelementlar, vitaminlarning majmuasidan hosil bo’lgan biokimyoviy aralashmalardan iborat bo’lgan yuqori samarali, ekologik sof, inson, o’simlik va hayvon organizmlari uchun bezarar, tannarxi arzon immuno stimulyator yaratdilar.Ular ishlatilishiga va turli xil maqsad va vazifala riga qarab, bir vaqtning o’zida ham turli xil zamburug’li, virusli kasalliklar ning oldini oluvchi, yuqori va sifatli hosil berish imkonini yaratuvchi, tuproq unumdorligini tiklovchi, aerob va nitrifikastiya jarayonlarini yaxshi lovchi, shuningdek, tuproq tarkibidagi turli xil foydali tirik mikroor ganizmlarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi aralashmalar majmuasini tashkil etib, bugungi kunda o’ta muhim va ahamiyatlidir.
Lam E, 1999 ning bergan ma’lumotlari bo’yicha, o’simliklarda o’zini tur li xil noqulay sharoit va kasalliklardan himoya qiluvchi o’ta darajada sezuv chanlik xususiyatiga ega bo’lgan reakstiya mavjud.O’simlikning qaysi organida biron-bir patogen ta’sirida noqulay sharoit yoki o’lim holati vujudga keladigan bo’lsa, o’sha joyda darhol patogenga qarshi toksik moddalar ishlab chiqilib, o’layotgan hujayralarni himoyalaydi.O’ta darajada sezuvchanlik – bu o’simlik bilan patogen orasidagi bir-biriga nisbatan ziddiyatli kelishilmov chilik bo’lib, o’simlikning zararlanish o’chog’ida o’simlik hujayralarining nobud bo’lishi kuzatiladi.
Sh.Oxunovning (2009) ma’lumotlariga ko’ra, Fitovak preparati vosita sida ishlov berilganda, o’simliklarning himoya mexanizmlari oshadi, bunda infistirlangan hujayralarning o’ta sezgir himoya reakstiyasi triggeri hisob lanib, fitoaleksinlar indukstiyasining faollashishiga olib keladi. Fito aleksinlarning turli xil turlari hosil bo’lishi o’simlik tomonidan yaxshila nib, patogen uchun noqulay shart-sharoitlarni yaratadi. Preparat o’simlikka u patogen bilan aloqaga kirishishdan oldin immunizator sifatida ta’sir etadi va o’simlikning irsiy determinirlangan xususiyatini vaqtinchalik fiziologik jihatdan rag’batlashga imkon yaratadi.
Preparatni pestistidlar bilan qo’shib, o’simliklarga ziyon etkazuvchi zarar kunanda hasharotlarga qarshi ishlatilganda, pestistidlarning ta’sir qilish kuchini hamda muddatini oshiradi. Fitovak preparati foydali hasharotlarga hamda yaxlit tarzda nabotot va hayvonotga mutlaqo ziyonsizdir. Tannarxi arzon, zaharlilikning yo’qligi, iqtisodiy jihatdan afzalligidan dalolat beradi.
Preparat yangi unib chiqqan ekinlarni 2-3 kunda tez va qiyg’os ko’karishiga imkon yaratadi, jarayonni tezlashtiradi. Ildiz tizimini chuqur ketishiga va kattalashuviga yordam berib, ildiz chirish, gommoz, vilt, fuzarioz va boshqa kasalliklar (saprofit zamburug’lari-shira) bilan kasallanish ehtimolini 50% ga kamaytiradi. Ko’saklar hajmini kattalashtirib, paxta etilishini va terish muddatini 7-10 kun oldinga tezlashtiradi, shuningdek, hosildorlikni 4-6 st/ga va undan yuqori ko’rsatkichlarga ko’tarilishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, guminli birikmalar o’simliklarni o’sish va rivojlanishida o’sishni stimulyastiyalovchi xususiyatga ega bo’lishi bilan bir qatorda, tabi atning noqulay sharoitlariga va stress omillaridan qurg’oqchilikka, sho’rlanish va turli xil fitopatogen va h.k. larga qarshi javob reakstiyasini qaytaruvchi modda hisoblanib, fotosintez jarayonlari muvaffaqiyatli kechishi hisobiga hosil va uning sifati yaxshilanadi. (Rabinovich,1978; Nichiporovich,1967; Soko lova,1950)
O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning «Erlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida» gi farmonini bajarish (2007 yil, 29 oktyabr) hamda 2011 yil, 25 yanvarida va 2016 yillar davomida bo’lib o’tgan majlislarida yurtboshimizning “Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi”, - degan mavzusidagi ma’ruzalariga amal qilib, bir qator chora – tadbirlar rejasi tuzildi va amaliy ishlar ko’lami kengaytirildi. Meliorastiya ishlarini moliyalashtirishning jiddiy tizimini joriy etish maqsadida, O’zbekiston moliya vazirligi huzuridagi «Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash» jamg’armasini boshqarish departamenti tashkil etilgan. Farmonni amalga oshirish tufayli 9 yil ichida erlarning meliorativ holati bir muncha yaxshilandi.
Sobiq Ittifoq davrida, qo’riq erlarni o’zlashtirish, ularga suv chiqarish bo’yicha bir qancha ijobiy ishlar qilingan, cho’llar bog’u-bo’stonga aylanti rilgan. Ammo, ichimlik suvini rejasiz, ko’p miqdorda o’zibo’larchilik qilib noto’g’ri foydalanish natijasida tuproqlarning meliorativ holatlari yomonlashgan. Orol dengiziga Sirdaryo, Amudaryo tarmoqlaridan oqib tushadigan suvlarning ma’lum bir qismi kelib tushmasligi oqibatida Orol quriy boshladi. Uning qurishi tuz uyumlarini hosil qilib, Orol bo’yi atrofidagi hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga hayvon, o’simlik va barcha tirik mavjudotga salbiy ta’sirini ko’rsatmasdan qo’ymadi. Tuproqlarning sho’rla nish darajasi oshib ketib, katta-katta ekiladigan maydonlar yaroqsiz holatga keldi. Ekologik muhit yomonlashishi tufayli, iqlim o’zgarishiga, ya’ni global isishlarning sodir bo’lishiga olib keldi. Tuproqning yuza qatlamidagi namlik lar tezlikda uchib ketib, zararli tuzlar miqdori ko’paya boshladi. Er osti sizot suvlari yuqoriga ko’tarilib, erlarning meliorativ holatlari yomonlashdi. Buxoro viloyatining sug’orib ekiladigan maydonlarining 95 foizi kam, o’rta, kuchli sho’rlangan erlardan iborat. Ushbu zamindan yuqori sifatli hosil olish uchun esa albatta, kuzgi-qishki mavsumlarda tuproqning sho’rini 2-3 martalab yuvishni talab etadi. Erning sho’rini yuvmasdan turib, hech bir o’simlik turini o’stirib ham, hosil olib ham bo’lmaydi. Chuchuk suv orqali erlarning sho’rini yo’qotish eng samarali usul bo’lsa-da, keyingi yillarda suv taqchilligi tez-tez bo’lib turganligi sababli, sho’r yuvish ga ketadigan suvning ma’lum bir qismini tejash va shu tejagan suvni o’suv-amal davrida ishlatish maqsadida, sho’rsizlantirishning boshqa suv tejovchi il g’or texnologiyalarini ishlab chiqishni bugungi kun talabi taqozo etmoqda. Sho’rsizlantirishning an’anaviy usullaridan boshqa yana qanday usullar orqali tuproqning meliorativ holatini yaxshilash mumkin va sho’rsizlan tirishning boshqa ilg’or usullari bormikan?-degan savol bizni juda ham qiziqtirdi. Mana shu maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha ilmiy ada biyotlarni o’qib o’rganib, o’zimizga tegishli ijobiy xulosalarni oldik va ularni o’rganish jarayonida yangi g’oyalar paydo bo’ldi.
Olimlarning hisoblashlariga qaraganda, bitta haydov traktori bir gektar erni shudgor qilish paytida (dizel yoqilg’isi, solyarka bilan ishlay digani) atmosferaga 300 m3 tutun gazini chiqarar ekan. Shunda tuproqning 20 smli haydov qatlamidagi har bir kg tuprog’i 100 sm3 atrofidagi gaz bilan to’yinar ekan. Tuproqda kimyoviy reakstiyaning muvaffaqiyatli o’tishi uchun ush bu miqdordagi gaz bemalol etadi. Haydov traktorning ichki yonuv dvigatelidan hosil bo’lgan (dizel yoqilg’isi solyarkadan) tutun gazini yig’ib, tuproqning haydov osti qatlamiga yuborish orqali karbon kislota hosil qilib, tuproqni sho’rsizlantirishi mumkin. Shuningdek, uzoq yillar davomida tuproq ostida o’zlashtirilmay qolib ketgan ikkilamchi o’g’itlar miqdori o’simlik tomonidan oson o’zlashtiruvchi shaklga aylanib, natijada hosildorlik 25-30%ga oshishi aniqlangan. Bundan tashqari, erlarning meliorativ holati yaxshilanishi baro barida ekologik muhit turli xil ifloslanishlardan saqlanib, inson va hayvonlar uchun qulay muhit yaratilishi aniqlangan.
Demak, yuqoridagi ilmiy ma’lumotlar shundan shahodat bermoqdaki, tuproqda karbon kislotasining hosil bo’lishi, erlarning sho’rlanish daraja sini neytrallash bilan birgalikda, fosforli o’g’itlar karbon kislotasida yaxshi erishi natijasida qiyin o’zlashtiriluvchi fosfatlar o’simlik tomonidan oson o’zlashtiruvchiga aylanib, o’sish va rivojlanishga, hosildorlikni oshishi ga olib keladi.
Mana shu tajribadan shu narsa ayon bo’ldiki, bizning tuproq-iqlim sharoitimizda ham azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarning o’simlik tomoni dan o’zlashtirish koeffistienti pastligini (eng maksimali 35-40%) inobatga olib, hamda prof.F.V Chirikovning (1947y.) bergan ma’lumotlariga asoslanib, ya’ni: - “har yili fosforli o’g’itlarni erga solinishi natijasida hosil bo’lgan ikkilamchi (qiyin o’zlashtiriladigan) fosfatlarni o’simlik oson o’zlash tirishi uchun ularni karbonat angidrid gaziga to’yingan suvda (ya’ni, karbon kislotasida N2SO3) eritish maqsadga muvofiqdir”, - degan fikrlariga amal qilish lozim .
Kimyo fanidan ma’lumki, karbon kislotasi tarkibida 2 atom vodorod (N), 1 atom uglerod (S) va 3 atom kislorod (O) dan iborat.Tuproq tarkibida hamisha 2 atom vodorod (N) va 1 atom kislorod (O) mavjud bo’lib, tuproqda N2SO3 hosil bo’lishi uchun 1 atom S va 2 atom O etishmaydi. Bu karbonat angidrid gazi bo’lib, u turli xil chiqitlarning yonishidan, chirishidan hosil bo’lib, havoga behuda uchib ketadi.
Viloyat tuprog’i natriyli, kalstiyli, magniyli, gidrokarbonatli, xlorli va sulfatli sho’rlanishlardan iborat bo’lib, ularni sho’rsizlantirish uchun tutunni shudgor ostiga, ya’ni haydov (0-30sm) qatlamiga ma’lum miqdorda yig’ilganda, tuproq tarkibidagi namlik (N2O) bilan birikib, (N2O+ SO2↑ =N2SO3 ) karbon kislotasi hosil qiladi.Tuproqda hosil bo’lgan karbon kislotasi uning nordonligini oshirib, tuproqni neytrallaydi, ya’ni sho’rsiz lantiradi. SO2 ↑+ N2O = N2SO3 → N+ +NSO3-.
Xo’sh, SO2 gazini qanday yig’ish mumkin? Buning eng oson yig’ish yo’li-haydov traktorlarining ichki yonuv dvigatellaridan (dizel yoqilg’isini, ya’ni, solyarkani yonishi natijasida is gazi (SO) emas, SO2hosil bo’ladi) hosil bo’lgan va havoga behuda uchib ketayotgan (SO2)gazini tutun chiquvchi mo’risiga qo’shimcha maxsus qurilma qurish vositasida yig’ib, shudgor ostiga kiritishdan iborat. Nahotki, tutun gazi tuproqni sho’rsizlantirish bilan birga, o’g’itlarni o’simliklar tomonidan o’zlashtirish koeffistientini oshirsa?- degan savol tug’iladi.
Tuproqda kimyoviy reakstiyaning muvaffaqiyatli o’tishi uchun ushbu miqdordagi gaz bemalol etadi.
Mazkur tadqiqot ishlari to’liq amalga oshirilganda, quyidagi afzal liklarga erishiladi:
Kuzgi-qishki mavsumlarda tuproqning sho’rini yuvish uchun gektariga 25 -3,5 ming kub suv sarflash o’rniga 1,5-2,0 ming kub sarflanadi. Sho’rlanish darajasini 20 foizga kamaytiradi.
Tuproq ostiga kiritilgan tutun gazi tuproqdagi suv bilan birikib, N2SO3 hosil qiladi va bu kislota o’simlik ildizi atrofidagi turli xil zararli kimyoviy birikmalar bilan birikib, tuproq muhitini neytral lashtiradi, o’simlikni o’sish va rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi.
Tuproqning haydov ostiga tutun gazini yig’ib haydalganda, tuproqdagi bakteriyalarning SO2 yordamida faolligi oshib, tuproqning unumdorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.O’zlashtirilmay yotgan ikkilamchi fosfatlarning erishi hisobiga o’simlik oson o’zlashtiruvchi fosforlar bilan oziqlanib, hosildorlikning oshishiga, uning sifatiga ijobiy ta’sir etadi.
Ikkilamchi fosfatdan unumli foydalanish hisobiga mazkur o’g’itlar ning qo’llash miqdori 15-20% ga kamayadi.
Ichki yonuv dvigatelidan hosil bo’lgan tutunni shudgor ostiga solish tufayli, atmosfera turli xil ifloslanishlardan (oltingugurt, is gazi, og’ir metallar va h.k.) ma’lum miqdorda asrab qolinadi, shuningdek, traktorning gulduros ovozini pasayishi hisobiga asab tizimlari va eshitish organlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Sulaymonov O. N. (2005) ning foydali qurilmasi gazodinamik tuproq yumshatgichi (GDRP) bo’lib, o’tloqi-soz tuproqlarda qatqaloqni yumshatishga mo’ljallangan. Ushbu foydali qurilmani ob-havo noqulay kelgan davrlarda ishlatish natijasida nihollarni bexato undirib olishga erishgan. Shuningdek, karbonat angidrid gazini qo’llash orqali fotosintez va fosforli o’g’itlarni o’zlashtirish jarayonlari muvaffaqiyatli o’tishi natijasida hosildorlikka ijobiy ta’sir etib, 2-3 st/ga qo’shimcha hosil olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |