«tuproqshunoslik va agrokimyo»



Download 18,39 Mb.
bet44/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Qora tuproqlar tuzilishi.
Geografik tarqalishiga qaramasdan barcha qora tuproqlar umumiy genetik profil tuzilishga ega.
A – gumusli gorizont. Bir xildagi to’q-sur tusga, ba’zan kuchsiz qoramtir alomatga ega. Qoramtir rang faqat janubiy qora tuproqlarda yaxshi sezilarli darajada. Qoramtir tus jadalligi janubiy qora tuproqlardan oddiy va tipiklar orqali ishqorsizlangan qalin qora tuproqlarga tomon ortib boradi. Qo’riq va uzoq muddatli partov tuproqlarda, kukun fraksiyalari bo’lmagan eng yaxshi strukturaga ega, A0 (chul kigizi) va Ach (chim qatlam) gorizontlar shakllanishi mumkin. Haydaladigan qora tuproqlarda A gorizonti Ahay (haydalma gorizont) va A (haydalma osti) gorizontlarga ajratiladi. Haydalma qatlam odatda buzilgan strukturaga ega. Haydalma osti qatlamda qo’riq qora tuproqlar tuzilishi saqlanib qoladi;
AB – gumusli o’tuvchi gorizont. Bir xildagi gumusli to’q-sur tus susayadi. A+AB gorizontlar gumusli profil qalinligini belgilaydi. U keng miqyosda 40 sm dan 150 sm gacha o’zgaradi. Gorizon yaxshi ifodalangan uvoqli strukturaga ega;
B (BC) – o’tuvchi gorizont. Tusi bo’yicha bir xil emas, ammo qo’ng’ir tus ustun. Gumus oqmalari, gumusli dog’lar uchraydi. Tusining turli xilligi yer kovlaydigan janivorlar tomonidan jadal kovlanganligi, chuvolchang inlari va krot uyalarining mavjudligi, shuningdek karbonatlar oqish tuslitomirlari va miseliyalarining ko’pligi tufayli vujudga keladi;
BSa (CSa) – desuktiv-karbonatli illyuvial gorizont. Oq ko’zanak, turnachalar va x.z. turdagi ohakning konkresiyali yangi yaralmalari ko’p uchraydi. To’plangan CaCO3 ning umumiy miqdori 10-14% ga yetadi. Pastga tomon ohak miqdori kamayadi. Qora tuproqlar profilining pastki chegarasi ona jinslar uchun xarakterli bo’lgan CaCO3 ning barqaror miqdori bilan aniqlanadi;
BSsSa – gips va oson eriydigan tuzlar illyuvial gorizonti. U faqat janubiy va oddiy qora tuproqlarda uchraydi. Atmosfera yog’inlari bilan yaxshi yuvilgan podzollashgan, ishqorsizlangan va tipik qora tuproqlarda ushbu gorizont uchramaydi;
C – tuproq paydo qiluvchi jins.
Shunday qilib, tuproq paydo qiluvchi tip sifatida qora tuproq umumiy qalinligi A+AB+B+BSa+CSa yoki A+AB+B+BSa gorizontlari bilan belgilanadi. U ona jinslargacha cho’zilib boradi va turli tipchalarda 150 sm dan 450 sm gachani tashkil etadi. Dunyoda eng qalin qora tuproklar Krasnodar atrofida kuzatiladi. Bular ishqorsizlangan va tipik tipchalaridir. Butun profilning umumiy qalinligidan tashqari, yana alohida gumusli gorizontlar A+AB larning qalinligi ham belgilanadi, qaysiki uning pastki chegarasi 1,0% ga yaqin gumus miqdoriga to’g’ri keladi. Amalda qora tuproqlar qalinligi deganda gumusli gorizontlar qalinligi tasavvur etiladi.
Qora tuproqlar klassifikasiyalanishida kam qalinlikdagi, o’rtacha qalinlikdagi, qalin va va juda qalin turlarga bo’linishi aynan A+AB gorizontlar qalinligiga asosan qabul qilingan.
Qora tuproqlarning hosil bo’lishidagi zonal va fasial xususiyatlariga ko’ra tuproqlar asosiy belgilarining ifodalanish darajasi ham qonuniy ravishda o’zgaradi. Qora tuproqlar o’zlashtirilib, foydalanilganda qator o’zgarishlar ro’y beradi. Jumladan, haydalma qatlamning strukturasi ancha buziladi, gumus va azot qisman kamayadi. Qishloq xo’jaligida yerlardan foydalanishning birinchi yillarida bu oziq moddalar kamayishining miqdori ayniqsa ko’proq bo’ladi, keyinchalik gumus miqdori, nisbatan barqarorlashadi.
Mahalliy, organik o’g’itlardan muntazam va samarali foydalanish gumus miqdori kamayishining oldini olish imkonini beradi.

Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish