«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Botqoq tuproqlarning tuzilishi, tarkibi va xossalari



Download 18,39 Mb.
bet40/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Botqoq tuproqlarning tuzilishi, tarkibi va xossalari
Botqoq tuproqlar profilining tuzilishi boshqa (mineral) tipdagi tuproqlardan keskin farq qiladi. Barcha botqoq tuproqlarda torfli (T) gorizont ajralib turadi. So’ngra undan pastdagi mineralli gley (G) gorizonti ona jinslar (S) ga o’tadi. Torfli qatlam undagi torfning parchalanish darajasiga ko’ra bir necha gorizontchalarga bo’linadi. Pastliklarning torfi eng ko’p parchalanganligi sababli, balandlik botqoqliklaridagi torf qatlamiga nisbatan unda bu gorizont yaxshi ifodalangan bo’ladi.
Botqoq tuproqlarning xossalari asosan undagi torfning tarkibi va xususiyatlariga bog’liq. ( 51- jadval).
51- jadval
Torfning kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari
(I.S.Lupinovich va T.F. Golub)

Ko’rsatkichlar

Botqoqliklarning tipii va turi

O’tuvchi botqoq

Baland-likdagi botqoq

Pastlikdagi botqoq

Sohil-dagi

Olsha-nikli

O’t o’simlik-lardagi

Chirish darajasi, foiz

30-60

40-60

25-40

20-40

5-50

Kul miqdori, foiz

8-60

15-25

7-20

5-10

2-5

Umumiy azot

2,8-3,8

3,0-3,7

2,0-4,0

1,7-4,2

1,0-2,0

R2O5

0,2-0,7

0,15-0,4

0,15-0,45

0,15-0,35

0,1-0,25

K2O

0,1-0,3

0,1-0,2

0,02-0,3

0,05-0,2

0,04-0,06

SaO

3,5-4,0

4,0-4,5

2,5-3,9

0,6-2,3

0,30-0,48

rN(suvli so’rimda)

-

5,9-6,2

5,5-6,0

3,5-5,8

3,2-4,2

Xajmiy massa (g/sm3)

0,17-0,07

0,14-0,23

0,14-0,17

0,11-0,16

0,04-0,08

Nam sig’imi, foiz

360-420

460-550

640-670

550-960

600-1200

Jadvaldagi materiallardan ko’rinib turibdiki, ayniqsa pastlik botqoqliklarining torfi qator yaxshi fizik-kimyoviy xossalarga ega. Undagi torf aytilgandek, yuqori darajada chirib parchalanadi, tarkibidagi kul 25 foizdan ortiq, azot chimli podzol tuproqlarga nisbatan o’nlab marotaba ko’p (3-4 foiz) tuproq reaksiyasi kuchsiz kislotali. Fosfor uncha ko’p emas va 0,15-0,45 foiz atrofida o’zgarib turadi. Barcha torfli tuproqlarda kaliy kam bo’ladi. Balandlik botqoqliklari uchun torfning kam chirib, parchalanishi va kul miqdorining 5 foizdan oshmasligi, tuproqdagi oziq moddalarning yetishmasligi va reaksiyasining kuchli kislotali bo’lishi xarakterli. Barcha turdagi torf yuqori singdirish sig’imiga ega. Ammo asoslar bilan to’yinish darajasi pastlik torflarida 70-100, balandliklardagi torflarda 15-20 foizdan oshmaydi. Ayniqsa balandlik botqoq tuproqlarda nam sig’imi yuqori bo’lib, uning miqdori 600-1200 foizni tashkil etadi. Torf qanchalik ko’p chirib, parchalansa nam sig’imi ham pasayib boradi.


Torfli botqoq tuproqlardan foydalanish. Tajribalardan ma’lumki, torf organik o’g’it sifatida keng ishlatiladi. Keyingi yillarda, bu masalaga alohida e’tibor berilmoqda. Botqoqliklari quritilgan maydonlar qishloq xo’jalik oborotiga kiritilib turli ekinlar ekish uchun foydalaniladi. Pastlik torfi yaxshi parchalanganligi sababli undan toza holda o’g’it sifatida bevosita ishlatiladi. Balandlik botqoqliklarining moxli torfi chorvachilikda mollar uchun to’shama bo’lib xizmat qiladi. Torfning ohak, fosforit uni va boshqa o’g’itlar bilan aralashtirilib tayyorlangan komposti juda yaxshi o’g’it hisoblanadi.
Ayniqsa, pastliklarning botqoqliklarini o’zlashtirib, foydalanish yaxshi natija beradi. Quritish va boshqa qator madaniy-texnik, agrotexnika tadbirlari o’tkazilib, qishloq xo’jaligi uchun yuqori hosildor yerlarga, pichan yig’iladigan va yaylov maydonlariga aylantirish mumkin. Torfli tuproqlarni quritib ulardan qishloq xo’jaligida foydalanilayotganda qator salbiy ekologik oqibatlar ham yuzaga keladi, jumladan: a) tuproqning o’ta qurishi va yerlarning shamol eroziyasiga uchrashi; b) muayyan maydon tuproqlari suv rejimining yomonlashuvi; v) tuproqda ba’zi kimyoviy elementlar (jumladan nitratlar) konsentrasiyasining oshishi, drenaj suvlarida o’g’itlar tarkibiy qismidagi moddalar miqdorining oshishi natijasida suv havzalarining ifloslanishi yuzaga keladi. Shuning uchun ham tevarak atrof muhitni muhofaza qilishda turli agrotexnika va meliorativ tadbirlarni to’g’ri qo’llanishga, jumladan almashlab ekishga va o’g’itlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor berish lozim.
Tabiat muvozanatini saqlash uchun botqoqliklar maydonining bir qismini o’zlashtirmasdan saqlab qolish va uni muhofazalash ham kerak bo’ladi.



Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish