O’RMON-DASHT VA DASHT ZONASINING QORA TUPROQLARI.
Qora tuproqlar shimoliy yarimshar materiklarida - Yevroosiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Ularning maydoni 260 mln. ga (quruqlikning 1,7%), shu jumladan tog’ qora tuproqlari 23 mln.gani tashkil etadi.
MDH hududida qora tuproqlar o’tloq-qora tuproqlari va shurtobli tuproqlar kompleksi bilan birga 191 mln.ga yoki MDH tuproqlarining 8,6 foizini tashkil etadi. Yer sharida tarqalgan qora tuproqlarning qariyb 48,4 foizi MDH giga to’g’ri keladi. Bundan tashqari MDHning tog’ o’lkalarida 10,5 mln.ga qora tuproqlar maydoni mavjud. Qora tuproqlar o’rmon sur tusli tuproqlar zonasidan janubroqda tarqalgan bo’lab, asosiy maydonlari Moldaviya va Ukrainada, Shimoliy Kavkazda, Rossiya federasiyasining qator Markaziy viloyatlarida, Volga bo’yi, G’arbiy Sibirda hamda Sharqiy Qozog’istonda joylashgan.
Qora tuproqlar tarqalgan territoriyalarda asosiy tuproqlar bilan bir qatorda, o’tloq-qora tuproqlar, o’rmon sur tusli tuproqlar (zonaning Shimolida), ba’zi provinsiyalar (G’.Sibir, Qozog’iston va boshqalar)da, bulardan tashqari sho’rxoklar, sho’rtoblar, solodlar va botqoq tuproqlar ham uchraydi.
Tuproq paydo qiluvchi tabiiy sharoitlari.
Qora tuproqlar o’rmon-dasht va dasht zonalarida Moldovadan boshlab Zabaykalyegacha bo’lgan katta maydonni egallab turganligi sababli, tabiiy sharoitlari ham bir xil emas.
I q l i m i. Yozda issiq va qishda mo’tadil sovuq bo’lishi bilan xarakterlanadi. Sharqiy viloyatlarida qishi sovuq va ba’zan nihoyatda qattiq bo’ladi. Ayniqsa dasht zonasida iqlimning bir xil bo’lmasligi, uning o’simliklarning vegetasiya davridagi harorat bilan ta’minlanishida, qishki harorat va tuproqda to’planadigan nam miqdorining turlicha bo’lishida ifodalanadi.
G’arbdan Sharqqa borgan sayin issiqlik miqdori kamayib, iqlim quruqlashib va atmosfera yog’inlari ham ozayib boradi. 100S dan yuqori harorat yig’indisi o’rmon dashtning g’arbida 2400 - 32000S, sharqiyda 1400- 16000S, dasht zonasida shunga muvofiq 2300-3500 dan 1500-23000S gacha o’zgaradi.
Yog’inlar zonaning G’arbiy qismi va Kavkaz oldi nohiyalarida (500-600 mm) ko’proq bo’lib, sharqqa borgan sayin kamayadi va Volga bo’yida 300-400 mm ni, G’arbiy Sibirda va Shimoliy Qozog’istonda 300-350 mm ni tashkil etadi. Shuningdek yog’inlar miqdori Shimoldan Janubiy yo’nalishga qarab ham kamayib boradi. Umuman qora tuproqlar tarqalgan territoriyalar nam yetarli bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. Faqat Shimoliy qismida nam ko’proq bo’lib, yog’inlar miqdori bilan bug’lanish orasidagi nisbat 1 ga teng: zonaning Janubiy qismida bu nisbat 0,77 ga yaqin va nihoyat dasht zonasida esa 0,50 - 0,60 ga teng.
Atmosfera yog’inlari miqdori o’tsimon o’simliklarning yaxshi o’sishi va daraxtsimon o’simliklarga nisbatan rakobatbardoshligining yuqoriligini ta’minlaydi. Dasht zonasining tabiiy namlanishi muvaffaqiyatli lalmi (sug’orilmaydigan) dehqonchilikning mavjudligini ta’minlaydi, ammo ayrim yillarda qurg’oqchilik ham bo’lib turadi. Yog’adigan yog’inlar tuproqning davriy yuviladigan suv rejimini belgilaydi, ya’ni nam ko’p bo’lgan ayrim yillarda tuproq va nurash qobig’i sizot suvlarigacha yuviladi va suvda oson eriydigan tuzlar va gipsdan tozalanadi. Yog’inlar kam bo’lgan yillarda tuproq ma’lum chuqurlikgacha namlanadi, ammo nam sizot suvlargacha borib yetmaydi. Bunday suv rejimida eruvchanligi past bo’lgan karbonatlar tuproqning o’zida va nurash po’stlog’ida qoladi, shu bilan birga tuproq-grunt qatlami suvda oson eriydigan tuzlar va gipsdan tozalanadi. Ca va Mg karbonatlari muhitning neytral va kuchsiz ishqorli bo’lishiga sabab bo’ladi.
Issiqlik sharoiti biogeosenozlar biologik faolligining davriyligini belgilaydi. Barcha biologik jarayonlar qish davrida (2 – 5 oy) tinch bo’lib, may oyida eng faol bo’ladi. Bahor – yoz – kuzgi davr o’simliklar vegetasiya davrining uzoq davom etishini va har yili katta miqdorda biomassaning sintezlanishini ta’minlaydi.
R e l’ e f i. Yevropa qismida asosan tekislik va ancha past balandlikdan iborat bo’lib, bu territoriyada daryo vodiylari va darasoylar, jarliklar bilan bo’linib ketgan maydonlar ham ancha. Dasht zonasi relyefi ancha tekis, ba’zi joylarda balandliklar, jarliklar, dara-soylar ham uchraydi.
Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar asosan turli mexanik tarkibli lyoss va lyossimon qumoqlardan iborat.
O’rmon dasht va dasht zonasi tuproq paydo qiluvchi jinslarining o’ziga xos xususiyati karbonatli bo’lishidir.
O’simliklari o’tmishda o’rmon-dasht zonasining tabiiy o’rmon uchastkalari dasht o’tloqlarining almashib turishi bilan xarakterlangan (Ye.M.Lovrenko). Qora tuproqlar yuqori unumdorligi rivojlanish tarixidagi muz davridan keyingi qariyib o’n ming yillar davomida yaratilgan. Ular ko’p asrlar gurkirab o’sgan o’tloq-dasht va dasht o’simliklari bilan ekologik yaxlitlikda chambarchas rivojlangan.
Dasht zonasi turli o’tchil kovil va tipchoqli kovil dasht o’simliklaridan iborat (38-rasm). Birinchi gruppa o’simliklar orasida chim hosil qiladigan o’tkir bargli g’allasimonlar - kovillar (Stipa stenophulla, S. Capillata), tipchoq (Festuca Sullata), dasht sulisi (Helictotrichon desertorum) tarqalgan bo’lib, ular bilan shalfey, sebarga, kolokolchik singarilar aralashgan.
38 - rasm
Tipchoq - kovilli dashtlarda uncha qalin va xilma-xil bo’lmagan o’simliklardan past bo’yli patsimon kovillar (S. Lessingeana), tirsa (S.capillata), tipchoq (Festika suleata),jitnyak (Agropyrum pect niforme),iloqlar (Carex stenophylla) asosiy rol o’ynaydi. Tipchoqli kovil o’simliklari dashtlarida efemer va efemeroidlar ham keng tarqalgan.Shuningdek, nam kam bo’lgan joylarda shuvoqlar (Artemisia austriaca) o’sadi.
Hozirgi vaqtda qora tuproqli maydonlarning asosiy qismi haydab yuborilgan. Tabiiy o’simliklar faqat ayrim uchastkalarda (balkalar, qiya yonbag’irlarda, qo’riqxona maydonlarida) gina saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |