«tuproqshunoslik va agrokimyo»



Download 18,39 Mb.
bet39/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Botoq tuproqlar.
Botqoq tuproqlar asosan tayga o’rmon va tayga zonalarida keng tarqalgan bo’lib, maydoni 100 mln gektarga yaqin. Jumladan, chimli-podzol tuproqlar zonasida 23 mln ga va boshqa zonalarda 27 mln gektarni tashkil etadi. Ayniqsa botkoq tuproqlar Belorussiyada, Kareliya, Komi, Murmansk, Arxangelsk, Leningrad, Vologda va boshqa viloyatlarda hamda G’arbiy Sibir pasttekisligi va Uzoq Sharqda keng tarqalgan. Shuningdek Amudaryo va Sirdaryo deltalarida ham uchraydi.
Botqoq tuproqlar yer sharidagi turli tabiiy zonalarda keng tarqalgan, ammo ularning eng asosiy maydoni Tundrada, mo’tadil sovuq va issiq o’rmonlar zonalaridagi ulkan suv to’planadigan past tekisliklarda (G’arbiy –Sibir, Amazon) joylashgan.
Botqoqliklar har doim sizot yoki yer usti suvlari evaziga turg’un oshiqcha namlik sharoitida paydo bo’ladi, shu sababli ularning tarqalishi xududning geomorfologiyasi va umumiy zovurlanishining xarakteri bilan chambarchas bog’liq. Masalan, M.N.Nikonovning ta’kidlashicha, torfli botqoqliklar morenali-tepalik relyefli maydonlarda 1-3%; morenali tekisliklarda 3-10% va qadimgi allyuvial tekisliklarda esa 30-40% maydonnni ishg’ol etadi.
Botqoqliklarning paydo bo’lishi va botqoq tuproqlar shakllanishida ikkita bir biri bilan bog’liq bo’lgan jarayon – profilining yuqori qismida torf hosil bo’lishi va pastida gleylanish (berchlanish)ning sodir bo’lishi xarakterli hisoblanadi. Shunga ko’ra botqoq tuproqlar profili oddiy tuzilishga ega T (A) – G.
Botqoq tuproqlarning kelib chiqishi asosan ikki yo’l bilan: suv havzalarining torf bosishi va quruqliklarning botqoqlanishi natijasida ro’y beradi.
Ko’llar, sun’iy suv havzalari, daryolarning suv bosib turadigan maydonlarining har xil o’t bosishi natijasida, suv havzalarida torf hosil bo’la boshlaydi. Organik qoldiqlarning sekin gumusga aylanishi va minerallanishi natijasida ham torf hosil bo’ladi. Tabiiy torflar 95 foizgacha nam saqlaydi. Shuning uchun ham unda havo yetishmasligidan turli elementlar (temir, marganes singari) ning qaytarilishi yuzaga kelib, botqoqli tuproqlarda gleylanish (berchlanish) jarayoni rivojlana boshlaydi. Torf qatlam qalinligi ba’zan 10 m dan ham ortiq bo’ladi.
Torf hosil bo’lishida o’tsimon o’simliklardan qiyoq, pushisa, qamish, sheyxseriya, rogoz, xvosh kabi chala butalar va daraxtlardan: ko’proq bogulnik, klyukva, veresk, tol, qayin, olxa, oddiy qaragay, qora qaragay, tilog’och singarilar ishtirok etadi.
Torf paydo bo’lishida ayniqsa: moxlar (gipnoviye, yashil), kukushnik, zig’ir, oq sfagnium moxi juda katta rol o’ynaydi.
Tayga – o’rmon zonasida atmosfera yog’inlarining miqdori bug’lanishga nisbatan ko’p bo’lganidan, quruqlikning botqoqlanishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Suv o’tkazuvchanligi yomon og’ir mexanik tarkibli ona jinslari bo’lgan pastkam relyefli joylarda atmosfera yog’inlari to’planib, yerlar botqoqlanadi. Bu jarayon shuningdek, yerosti sizot suvlari yaqin bo’lganda ham ro’y beradi. Demak, botqoqlanishning asosiy sababi – yerning mavsumiy va o’ta namlanishi hisoblanadi.
Shunday qilib, botqoqlanish jarayoni natijasida hosil bo’ladigan botqoq tuproqlarning yuzasida torf to’planib, uning mineral qismida gleylanish (berchlanish) yuzaga keladi. Hosil bo’lish sharoitlariga ko’ra pastlik yerlardagi botqoqliklar va balandliklardagi botqoqliklar ajratiladi.
Pastlik botqoqliklari o’ta nam sharoitda o’sadigan botqoq o’simliklaridan qiyoq, pushisa, qamish singarilarning ta’sirida hosil bo’ladi. Shunday sharoitda torf qatlamining ko’payib, o’sib borishi natijasida o’simliklar ildizining tuproq bilan aloqasi uzila boshlanadi va ularning oziq moddalarga bo’lgan talabi, ehtiyoji orta boradi. Oziq yetarli bo’lmaganidan o’t o’simliklar asta-sekin nobud bo’la boshlab, moxlar bilan almashinadi. Oziq moddalar sizot suvlari bilan kelib, to’planib turadigan sharoitda esa botqoqliklardagi o’tsimon o’simliklar uzoq muddatda o’sib turadi. Pastlik botqoqliklaridagi torf botqoqliklardagi o’tsimon o’simliklar qoldiqlarining to’liq ravishda chirimasligi natijasida hosil bo’ladi.
Balandlik botqoqlari sizot suvlari chuqurda bo’lgan suv ayirg’ichlar va qiyalik joylardagi oziq moddalar kam bo’lgan podzol tuproqlarda hosil bo’ladi. O’rmonlari kesilgan yoki yog’inlar natijasida bo’shab qolgan daraxtsiz joylarda moxlar: zig’ir, yashil mox va so’ngra sfagnum (oq turi) o’sadi. Moxlar asosan atmosfera orqali kelib tushadigan oziq moddalar bilan oziqlanadi. Balandliklardagi botqoqliklarda moxli torflar hosil bo’ladi. Mox va torf juda katta nam sig’imiga ega. Torf tuproq yuzasida to’planib, uning mineral qismida gleylanish (berchlanish) boradi va tuproqda ko’kimtir tus yuzaga keladi. Gleylanish jarayoni anaerob sharoitda ko’plab mineral birikmalar (jumladan temi rva marganes) ning qaytarilish reaksiyasi bilan bog’liq.


Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish