Qora tuproqlar tasnifi.
Dasht qora tuproqlari bioiqlim xususiyatlariga ko’ra to’rtta fasiyaga bo’linadi, qaysiki ulardan dehqonchilikda foydalanishda o’ziga xos ekologik xususiyatlar mavjud. (54 - jadval).
54- jadval
Dehqonchilikda foydalanishda qoratuproqlar bioiqlim fasiyalarining ekologik xususiyatlari bo’yicha bahosi
Fasiya
|
Dehqonchilikda foydalanishning asosiy yo’nalishlari
|
Janubiy Yevropa
|
Kuzgi va bahori g’alla ekinlar, kungaboqar, qand lavlagi, mevali daraxtlar ekish uchun qulay sharoit. Sanoat asosida yopiq uzum yetishtirish mumkin.
|
Sharqiy Yevropa
|
Kuzgi va bahori g’alla, qand lavlagi ekinlari va bog’lar uchun qulay sharoit. Makkajo’xori va kungaboqar uchun optimalligi kamroq. Sanoat asosida uzum yetishtirish mustasno etiladi.
|
G’arbiy Sibir
|
Kuzgi g’alla, makkajo’xori, kungaboqar ekilmaydi. Kartoshka va bahori g’allalar uchun optimal sharoit. Bog’lar uchun sharoit noqulay.
|
Sharqiy Sibir
|
Bahori g’alla, kartoshka ekish mumkin. Bog’lar mustasno etiladi.
|
Janubiy Yevropa fasiyasi qora tuproqlari juda iliq, faqat ustki gorizontida qisqa muddatli va davriy muzlaydigan tuproqlar sifatida xarakterlanadi. Qoratuproq profilining katta qismi qish davrida ham faol holatda bo’ladi. Bu ularni Rossiyaning boshqa tuproqlaridan ajratib turadi.
Janubiy Yevropa qora tuproklarining eng asosiy fasial genetik belgisi ichki tuproq gillanishi hisoblanadi. Tuproq paydo bo’lish jarayonida tuproq massasi, birlamchi ona jinsga nisbatan, ancha loyli bo’ladi.
Qora tuproqlar fasialligi ular karbonatli profilining bir xilda emasligi bilan namoyon bo’ladi. Janubiy Yevropa fasiyasi qora tuproqlari karbonatliligining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ohak gumusli gorizontidanoq uchrayboshlaydi. Gumusli profili miselyar karbonatli, A+AB gorizontidagi karbonatlar miqdori ushbu fasiya qora tuproqlarni klassifikasiyalashda aniq tipcha diagnostik belgisi hisoblanadi.
Kavkaz oldi tuproqlari ekologik xususiyatlari va potensial unumdorligi bo’yicha jahonda qonuniy birinchi hisoblanadi va shimoliy Amerika preriyalari qoramtir tuproq (brunizem) lardan ustun turadi.
Rossiya Yevropa qismi markaziy viloyatlarida Volga bo’yi, Ukraina va Shimoliy Kavkazda tarqalgan Sharqiy –Yevropa fasiyasi qora tuproqlari, iliq muzlaydiganlarga kiritiladi. Qishki davrda ular muzloq holatga o’tadi. Asosiy fasial belgilari shundaki, ular Janubiy – Yevropa fasiyasi tuproqlariga nisbatan qalinligi kam va chirindisi ko’proq; odatda, karbonatlarning migrasion – miselyarli yangi yaralmalari bo’lmaydi, oq ko’zanak gorizonti esa aniq va keskin ifodalangan, profilining gillanishi kuzatilmaydi, bu biologik faollikning pastligi, iqlimning ko’proq sovuqligi va qishda muzlash davrining kattaligi bilan bog’liq.
Sibir fasiyalari qora tuproqlarining o’ziga xos xususiyatlari eng avvalo iqlimning termik xususiyatlari bilan belgilanadi. Qattiq qish, chuqur muzlash va kechroq erish, ko’pincha 2-3 m chuqurlikda ko’p vaqt saqlanadigan muzlagan qatlam, vegetasiya davrining qisqaligi faol biologik jarayonlarning nisbatan qisqa vaqtda va uncha qalin bo’lmagan tuproq qatlamida sodir bo’lishiga olib keladi.
Vegetasiya davrining qisqaligiga qaramasdan, o’simlik qoldiqlari to’liq parchalanadi, chunki ancha yuqori harorat va eng ko’p namlanish davrlarining to’g’ri kelishi mikrobiologik faoliyatning eng faol bo’lishiga sabab bo’ladi. Qishdagi past harorat gumusning konservasiyalanishiga qulaylik yaratadi va uncha qalin bo’lmagan chirindili gorizontda uning ko’p to’planishiga (8-12%) olib keladi. Gumus tarkibi gumat-kalsiyli, ko’pincha erimaydigan qoldiqning yuqori bo’lishi kuzatiladi.
Ko’proq arid shaklliligidan tashqari ushbu fasiya qora tuproklarning boshqa xususiyati – bu yerda uzoq mavsumiy muzloq qatlamning mavjudligi tufayli profilining pastki qismida vaqtincha yuqori namlik bilan bog’liq bo’lgan, chuqur gleylanishning mavjudligidir. Sibir fasiyalari qora tuproqlarida gips qatlami va suvda oson eriydigan tuzlar, odatda, bo’lmaydi.
Har bir fasiya miqyosida qora tuproq tipi qo’yidagi tipchalarga bo’linadi: podzollashgan, ishqorsizlangan, tipik, oddiy va janubiy, ammo uzoq vaqt muzlaydigan sharqiy – sibir qora tuproklarida podzollashgan va tipik tipchalari kuzatilmaydi.(55 jadval), ( 39- rasm).
55 - jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |