V QISM.
TUPROQ XARITALARI, YER KADASTRI
VA TUPROQ BONITROVKASI, YER RESURSLARI,
TUPROQLARNING AHAM IYATIHAM DA
MUHOFAZASI
I BOB. TUPROQ XARITALARI, YER KADASTRI VA
TUPROQ BONITROVKASI HAMDA YER RESURSLARI
1.1. Tuproqni xaritalash va tuproq xaritalari
Tuproq xaritalarini tuzishda mezorelyef bo'yicha tuproqlaming
joylashishi va tuproq qoplamining tuzilmalari
muhim nazariy va
amaliy ahamiyatga ega. Shu bois ham tuproq xaritasini yaratish
ancha murakkab.
Tuproqlami xaritalashda ko‘proq: kartografik,
distansion, eks-
peditsiya, geokimyoviy, litologik - geomorfologik,
paleogeografik
(genetik), qiyoslash usullaridan foydalaniladi.
Ilk tuproq xaritalari so‘rov ma’lumotlari asosida tuzilgan
bo‘lsa, keyinchalik dala tadqiqotlari asosida va keyingi davrlarda
Koinotdan olingan fotosuratlarga
tayangan holda ham tuzila
boshlandi.
V.V.Dokuchayev o‘zining dala tadqiqotlari natijalaridan foy-
dalanib tuproq xaritalarini tuzishda tuproq qoplami bilan relyef tuzi-
lishi va joyning balandligi o‘rtasidagi malum bog'lanishga tayangan.
Birinchi tuproq tipologiyasini o‘zida namoyon etgan genetik —
geografik tamoyil asosida tuzilgan tuproq xaritasi ham V.V.Do
kuchayev tomonidan 1882 yilda tuziladi va bir yildan so‘ng uni
„Rus qora tuprogT’ kitobida ilova tarzida beriladi. U tomonidan
tuzilgan Shimoliy yarim shaming tuproq xaritasi 1900-yilda Parijda
bo‘lib o'tgan xalqaro ko‘rgazmada namoyish etiladi.
1901-yilda Dokuchayevning genetik
- geografik tamoyili
asosida V.V.Dokuchayev boshchiligida N.M.Sibirsev, G.I.Tanfilyev
va A.R.Ferxminlar tomonidan yaratilgan
Rossiyaning Yevropa
118
qismining tuproq xaritasi rus tuproq xaritashunosligining shaklla-
nishida muhim bosqich bo4di.
1930-yilda L.I.Prasolov (1:1000000), 1954-yilda N.N.Rozov
(1:4000000), 1964 yilda I.P.Gerasimov (1:1000000), 1988 yilda
V.M.Fridland (1:2500000), 1995 yilda MA.Glazovskaya (1:4000000)
kabilar tomonidan yaratilgan MDH va
Rossiya Federatsiyasining
tuproq xaritalarining ilmiy - amaliy ahamiyati katta.
Dunyo miqiyosida tuproq xaritalarining yaratilishida esa
K.F.Glinka (1906, 1915, 1927), L.I.Prasolov (1937), D.G.Vilenskiy
(1950), I.P.Gerasimov (1956, 1960, 1964), V.A.Kovda (1975)
kabilaming xizmatlarini e’tirof etish lozim.
Agar avvalgi dunyo tuproq xaritasi (K.D.Glinka, 1927)
legendasida 15 ta shartli belgilar bo‘lgan bo‘lsa, L.I.Prasolovning
(1937) dunyo tuproq xaritasida 26 ta, dunyo tabiiy — geograflk
atlasidagi Dunyo tuproq xaritasi (1964)da
legenda belgilari deyarli
uch mart a ortganligini ko‘rish mumkin. Demak, u borgan sari
tuproq xaritalarini tuzish usullari va mazmunining takomillashib
borayotganligidan dalolatdir.
I.P.Gerasimov xaritalarning masshtabiga
qarab quyidagi toifa-
larga bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: