Tuproqlar geografiyasi


och tusli h o ‘z tuproqlarni



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/85
Sana27.05.2023
Hajmi5,22 Mb.
#944955
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85
och tusli h o ‘z tuproqlarni
hosil qiluvchi ona jinslar 
hisoblanadi. Shu bois tuproqning bu turi asosan mutloq balandligi 
250-400 m bo‘lgan tog4oldi tekisliklarida, daryolaming nisbatan 
baland-eski qayirlarida, past togiarning etaklarida keng tarqalgan 
bo‘ladi. Och tusli bo‘z tuproq tipik bo4z tuproqdan ustki chimli 
qatlami tusining ochligi, gumusining kamligi va bu qatlamning 
yupqaligi va karbonatli qatlamining tuproq yuzasiga yaqinligi bilan 
farqlanadi.
Och tusli bo‘z tuproqlaming aksariyat qismi hozirda sug‘orma 
dehqonchilikda, ma’lum qismi esa lalmi dehqonchilikda foydalaniladi.
Tipik b o ‘z tuproqlar
300-400 m dan 800 m oralig‘idagi 
tog‘oldi tekisliklari, qir va past tog4lar hamda daryolaming baland 
qayir terrasalarini egallaydi. Uning hosil boiishida lyoss va 
lyossimon yotqiziqlar asosiy rolni o4ynaydi. Uning ustki qatlamida 
gumus miqdori 1,5 dan 2,5 % gacha bo4isa, o‘tlar qalin o‘sadigan
114


hududlarda 2,9 % ga yetadi, shu bilan birga gumus saqlovchi qatiam 
qalin 60-70 sm, ba4zan 100 sm gacha borishi mumkin.
Tipik bo‘z tuproqda och tusli bo‘z tuproqqa nisbatan karbonat 
ko‘p boisa-da, tuzli va gipsli qatiam ancha chuqurda joylashadi. 
Gumus miqdorining nisbatan ko‘pligi ustki qatlamni biroz to4qroq 
boiishini ta’minlaydi, biroq tuproq tuzilmasi va tarkibi jihatidan 
och tusli bo‘z tuproqnikidan uncha farqlanmaydi.
To‘q tusli b o ‘z tuproqlar
600-800 m dan 1400-1600 gacha 
boigan tog‘oldi qiyaliklari va past togiami qamragan boiib, asosan 
lyossimon qumoq yotqiziqlar tarqalgan joylarda vujudga keladi. Tipik 
bo‘z tuproqdan gumus miqdorining ko‘pligi (2,3-4,5 %), gumus 
qatlamining qalinligi (120-130 sm), ustki qismining to‘q tusdaligi 
bilan ajralib turadi. Unda bo‘z tuproqning boshqa turlariga qaraganda 
ishqori yaxshi yuvilgan, gipsli qatiam chuqurda (2-2,5 m) bo‘1- 
ganligidan tuproq sho‘rlanishi deyarli uchramaydi. Bu tuproq turi 
ancha yuqorida joylashganligi tufayli sug'orma dehqonchilikda kam 
foydalaniladi, ko‘proq lalmi dehqonchilik, bog4dorlaniladi.
Sug'oriladigan bo‘z tuproqlar asosan daryo vodiylari, Mirza- 
choi, Qarshi choii va Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan boiib, 
qadimdan sug‘orilishi tufayli madaniylashtirilib yuborilgan. Gumus 
miqdori 1-2 % bo‘lib, hududlarda o‘tloq - bo‘z, botqoq - o'tloq bo‘z, 
botqoq - bo‘z kabi gidromorf tuproq turlari ham vujudga kelgan.
2. 
Jigarrang va qoram tir qo‘ng‘ir tog‘ - o‘rmon tuproq 
mintaqasi togiarning 1200-1600 m dan 2800-3000 m baland- 
liklarini ishg‘ol etgan boiib, shimoliy yonbagirlarda 2500-2600, 
janubiy yonbagirlarda esa 2800-3000 m gacha ko‘tari!adi. Ushbu 
hududlarda yozgi harorat nisbatan pastroq, yog‘in miqdori nisbatan 
ko‘proq boiib, o‘simliklaming zich va bir necha qavat tarzda 
o‘sishiga imkoniyat yaratiladi. Pastki qavatda har xil o‘tlar qalin 
boiib o'ssa, ularning yuqorisida turli butasimon (namatak va b.)lar 
va undan yuqorini daraxtlar (archa, yong£oq, zarang va b.) 
egallaydi. Mintaqada qumoqlar, sargish -q o ‘ng‘ir loysimonlar va 
shag‘allar tuproq hosil qiluvchi jinslar hisoblanadi. Mintaqaning 
nisbatan qurg‘oqchilroq joylarida jigarrang, namroq va balandroq, 
keng bargli o‘rmonli joylarida qoramtir qo‘ng‘ir tog1 - o4rmon tup­
roqlari tarqalgan boiadi.
115


Jigarrang tuproqlarda gumus saqlovchi qatlam 70-100 sm, 
gumus miqdori 4-5 %, archazorlarda esa 11 % ga yetishidan rangi 
shu tusga kiradi. Mintaqada yog‘inning ko4pligidan (500-800 mm) 
yuqori qatlamdagi eruvchi tuzlami pastki qatlamga yuvib tushiradi 
va natijada tuproq sho'rlanishiga y o i qo‘yiImaydi.
G‘arbiy Tyanshanning yong‘oqzor va butali semam hududla- 
rida qoramtir - qo4ng4ir tog4 - o4rmon tuproq turi joylashgan boiib, 
morfologik jihatdan jigarrang turga yaqin, ammo gumusining 
ko‘pligi (14 %), donadorligi, rangining qoramtir qo4ng4ir tusi bilan 
farq qiladi.
Ushbu tuproq turlari tarqalgan tik yonbagirlarda insonlarning 
nooqilona xo4jalik faoliyatlari ta’sirida eroziya jarayolami rivoj­
langan.
3. 
Och tusli qo‘ng‘ir - o‘t!oq - tuproq mintaqasi tog‘laming 
3000-3300 mdan baland qismlarida joylashgan bo‘lib, tuproq 
unchalik qalin emas, chunki bu tuproq turi skeletli delyuvial tog4 
jinslarida vujudga kelgan hamda hududni yalpisiga tutashgan holda 
qoplamay, uzuq-kesik ravishda joylashgan. Qulay relyefli, nam va 
o 4simliklar qalinroq boigan shimoli-g4arbiy yonbag4irlarda bu 
tuproq turi kengroq tarqalgan, gumus qatlami qalinligi 30-60 sm, 
gumus miqdori esa 5-7 
%
ga yetadi. Janubiy yonbagirlarda, 
aksincha tuproq yaxshi rivojlanmagan, tuproq qatlami yupqa, gumus 
miqdori 2-3 % ni tashkil etgani holda, aksariyat joylarda qoyalar 
yalang4ochlanib, tub tog4 jinslari ko4rinib yotibdi, doimiy qor va 
muzliklar mavjud. Mintaqaning ana shunday doimiy qorlarga yaqin 
joylarida kichik maydonlarda baland tog4 - o4tloq va torfli botqoq 
tuproq turlari ham uchraydi, torfli botqoq tuprogining ustki qismida 
18-20 
%
gumus boiadi, uning 10 sm dan pastki qismida gumus 
miqdori keskin kamayadi (1-3 %). Bu tuproq mintaqasi asosan 
yozgi mavsumiy yaylov sifatida ahamiyatga molik.
Tayanch ibora va atam alar:
Lyoss tuproq, masshtab, gips, taqirlar va taqirli tuproqlar, 
o4tloq tuproqlar, botqoq - o4tloq tuproqlar, sho4rxoklar, madaniy 
tuproqlar, prolyuvial yotqiziqlar, qayir, torfli botqoq tuprogi.
116



Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish