Tuproqlar geografiyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/85
Sana27.05.2023
Hajmi5,22 Mb.
#944955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
UO‘K:631.4:91(075)
K B K 403
M as’ul muharrir:
A.AbduIqosimov 
- g.f.d., professor.
Taqrizchilar:
O'.Q.Abdunazarov 
- 0 ‘zMU g.f.n., dotsent;
N.ELAlimqulov 
- g.f.n., dotsent.
Darslik 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligining
2018-yil 27-martdagi274-sonli qarori bilan nashr etildi
ISBN 978-9943-11-799-0
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2018.


KIRISH
Tuproq qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning birdan-bir vositasi 
va har bir mamlakatning bitmas-tuganmas tabiiy boyligi hamda 
jamiyat uchun zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, turli xomashyolar 
yetishtiriladigan yagona manbadir.
Shu bois ham 2017-2021 yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida „ ... 
ekin maydonlarini yanada optimallashtirish,
... sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada
yaxshilash, 
...” masalalariga alohida e‘tibor qaratilganligi bejiz 
emas.
Demak, 0 ‘zbekiston Respublikasida yer-tuproq resurslari mav- 
jud hamma sohalaming tayanchi, asosiy ishlab chiqarish vositasidir. 
Shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotining agrar sektorining rivoj- 
lanishi shunga boqliqligi, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining aso­
siy vositasi boim ish Yer - tuproq qoplami Yer bioqatlamning 
barqarorligi va uning ekologik holatini saqlab turishda ham katta rol 
o‘ynaydi. Shuning uchun ham „Tuproqlar geografiyasi” fani 
5110500 - „Geografiya o‘qitish metodikasi” taiim yo‘nalishidagi 
asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu fan uchun mazkur ta’lim 
yo‘nalishining bakalavriyat bosqichi talabalari o‘quv dasturining
1-kursida jami 112 soat ajratilgan. Shuning 38 soati ma‘ruza 
mashg‘ulotlariga moijallangan.
Tuproqshunoslikka oid ayrim manba-adabiyotlaming hozirda 
eskirgan nashrlari mavjud boisa-da, aynan „Geografiya o‘qitish 
metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun yozilgan „Tuproqlar 
geografiyasi” fanidan amalda, ayniqsa o‘zbek tilida sohaga taaluqli 
deyarli hech qanday adabiyotlar yo‘qligi sir emas. Uzluksiz ta’lim 
tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsep- 
siyasi talablaridan kelib chiqib, mazkur ish orqali muammoning 
yechimini qisman bo‘lsa-da, bartaraf etishga jazm etildi. Shu bois 
darslikda tuproqlaming paydo boiishi, tuzilishi, tarkibi va boshqa 
xossalarini o‘rganish bilan birga ko‘proq unga geografik nuqtayi-


nazardan qaralib, tuproqlaming geografik tarqalish qonuniyatlari 
hamda tuproqning tabiat komponenti sifatidagi boshqa kompo- 
nentlar bilan o‘zaro aloqalari, qolaversa geografik qobiq yoki bio- 
sferadagi o‘mi va ahamiyatiga ko‘proq urg‘u berildi. Shundan kelib 
chiqib darslikda tuproqlar geograflyasining nazariy asoslari (fan 
tarixi, tuproqlaming paydo bo‘lishi, xossalari va b.), tuproqlaming 
Yer shari, xususan 0 ‘zbekiston bo‘yicha tarqalish qonuniyatlari 
hamda geografiyasi, ulardan foydalanishning hozirgi holati va 
tuproqlarni muhofaza qilish masalalarini yoritishga harakat qilindi.
Tuproqlar qumqlikning deyarli barcha qismida uchrasa-da, 
uning o‘ziga xos xususiyatlari bisyor. Garchand biz uni har kuni 
ko‘rsakda, u hamisha oyoqlarimiz ostida yotgan bo‘lsa-da, uni ilmiy 
jihatdan to‘liq o‘rganib bo‘lingan deb aytolmaymiz. Shu tufayli bitta 
darslikning hajmida tuproqqa oid barcha ma’lumotlami toela-to‘kis 
ifodalash ham mushkul. Shuning uchun ko‘plab tuproq xossalarini 
ilmiy bilishda, ayniqsa geografik tarqalishiga oid masalalarda 
talabalaming mantiqiy fikrlashlariga ham tayanildi. Talabalaming 
o‘zlarini qiziqtirgan muammolari bo‘yicha ko‘proq ma’lumotga ega 
boiishlarini osonlashtirish maqsadida darslikning oxirida tuproqlar 
geografiyasiga oid asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar berilgan. 
Bundan tashqari har bir bobdan key in shu ma‘ruzadagi mavzuni 
talabalar qay darajada o‘zlashtirganliklarini sinab ko‘rish maqsadida 
mustaqil ishlash uchuri savollar ham keltirilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni ta'kidlash joizki, 
darslikda ayrim kamchiliklar bo‘lishi tabiiy hoi. Ulami keyingi 
nashrlarda albatta to‘ldirib borishga harakat qilinadi. Shu maqsadda 
bizga maslakdosh bo‘lgan, o‘zlarining fikr - mulohazalarini bildir- 
gan mutaxassislarga avvaldan minatdorchilik bildiramiz.
4


IQ IS M .
„TU PR O Q LA R G EO G RA FIY A SI”
FAN IN IN G NAZARIY ASOSLARI
I BOB. FANNING TADQIQOT OBYEKTI,
MAQSAD-VAZIFALARIVA TADQIQOT USULLARI
1.1. Tuproq va tuproqlar geografiyasi to‘g‘risida tushuncha
Tuproq deyilganda, yer yuzasining eng ustki g‘ovak holdagi 
unumdorlik xususiyatiga ega boigan qatlami tushuniladi.
XIX 
asrning oxiriga kelib tuproqning paydo boiishiga ta’sir etuv- 
chi omillar va jarayonlar haqidagi ilmiy nazariya hamda uning geog­
rafik tarqalish qonuniyatiga asos solgan rus olimi Vasiliy Vasilyevich 
Dokuchayev: „Tuproq deganda suv, havo hamda turli tirik va o iik
organizmlaming birgalikdagi ta’sirida tabiiy o‘zgargan tog4 jinslari 
(qanday boiishidan qat’iy nazar)ning „yuza” yoki tashqi qoplami tu­
shuniladi”, deb ta’rif bergan. Demak, ko‘rinib turibdiki, tuproq mus- 
taqil tabiiy jism boiib, o‘ziga xos tabiiy omillar, tirik organizmlaming 
o‘zaro ta’siri oqibatida turli tog‘ jinslaridan paydo boiadi. V.V. Doku­
chayev ta‘kidlaganidek: „Har qanday tuproq joyning tog‘нэпа jinslari, 
iqlim, o‘simlik va relyefining o‘zaro faoliyat yigindisi mahsulidir... ”.
1881-yilga kelib V.V.Dokuchayev tuproq to‘g‘risidagi fikrla- 
rini yanada oydinlashtirdi. Jumladan tuproqni mineral-organik hosi- 
la ekanligi, bu jism ham o‘zining kelib chiqishiga, boshqa orga­
nizmlar kabi o‘zining tuzilishiga, meyordagi qalinlik va holatga ega 
ekanligini aniqladi.
Tuproqning asosiy xossasi uning unumdorligidir. U aynan shu 
xususiyati bilan boshqa tog‘ jinslaridan farq qiladi. Bejizga tuproq- 
shunos - agronom olim V.R.Vilyams: ,,o‘simlik hosilini yetishti- 
rishga qodir boigan, Yer shari quruqligining ustki qatlamini tup­
roq”, deb atamagan.
Tuproq unumdorligi, bu tuproqning o‘simliklami suv, oziq 
moddalar, issiqlik va boshqa zarur hayot sharoitlari bilan ta’min 
etish xususiyatidir.


Tuproqshunoslik-tuproq to‘g‘risidagi fan boiib, biologik va 
qishloq xo‘jalik fanlari toifasiga kiradi; bu fan tuproqlaming paydo 
boiishi (genezisi), tuzilishi, tarkibi, rivojlanishi, xossalari, geog­
rafik tarqalishi, xossalari, tashqi muhit bilan o‘zaro aloqalari, eng 
muhim qishloq xocja!igi va iqtisodiyotda tuproqdan oqilona foyda­
lanish yoilari hamda foydalanish sharoitida tuproq qoplamining 
o‘zgarishiga taalluqli masalalarni o'rganadi.
T uproqlar geografiyasi tuproqshunoslikning eng muhim bo‘- 
limi hisoblansa-da, u tuproqshunoslik bilan geografiyaning tutashu- 
vida vujudga kelgan boiib, tuproqqa oid mavjud xossalarning aksa- 
riyatini tabiiy sharoit bilan bogiangan holda, tuproqni tabiatning 
o‘ziga xos muhim komponenti sifatida talqin etadi, tuproq muho- 
fazasiga geografik yondoshadi. Umuman tuproqlar geografiyasi -
tuproqlarni Yer sharida tarqalish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir.
1.2. Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari
Tuproqshunoslikda Dokuchayevning genetik tamoyillariga asos­
langan tuproq-geografik tadqiqotlar Rossiya va sobiq ittifoq hudud- 
larida keng quloch yoza boshladi, natijada tuproqlar geografiyasi 
alohida tabiiy - ilmiy fan darajasiga erishdi. Birinchi tuproq 
geografiyasi kafedrasi XX asming 20-yillarida S.S.Neustruev bosh- 
chiligida Leningrad (Sankt-Peterburg) davlat universitetida tashkil 
etildi, olim tomonidan „Tuproqlar geografiyasi elementlari” nomli 
birinchi darslik yaratildi (1930-1931). 1939-yilda Moskva davlat 
universitetining geologiya-tuproqshunoslik fakultetida, 1946-yilda 
Voronej universitetida ham „Tuproqlar geografiyasi” kafedralari tash­
kil etildi. Ushbu kafedralaming tashkil etilishi bilan tuproqshunoslar 
va geograflar uchun muntazam darsliklar chop etila boshlandi.
Demak, ko'rinib turibdiki „Tuproqlar geografiyasi” tabiiy- 
ilmiy fan sifatida paydo bo‘lganiga bir asr bo‘libdi. Fan - bu 
tartibga va tizimga keltirilgan bilimlar majmuasi boisa, har qanday 
bilimlar ikki tarkibiy qismlardan iborat boiadi: obyekt va usul 
(metod). Obyekt - bu tushunarli: gap nima haqida ketmoqda, nima 
tadqiq qilinadi. Usul esa - bu obyekt qanday o‘rganiladi demakdir. 
Shundan kelib chiqiladigan boisa, „Tuproqlar geografiyasi”ning


tadqiqot obyekti - bu tuproq qoplami, aniqrogi tuproqlaming 
tarqalishi va ulaming sabablaridir.
Fan nuqtayi nazaridan uning 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish