maqsadi
tuproqlaming geografik
va ekologik jihatlarini chuqur bilish hamda tuproqlaming geografik
tarqalish qonuniyatlarining mohiyatini anglashdir. Ushbu fanning
o'qitilishidan ko'zda tutilgan maqsad esa tuproqlaming hosil boiish
omillarini va sharoitlarini, tuproqning tabiat komponenti sifatida
boshqa komponentlar bilan o‘zaro aloqadagi o'rni va ahamiyatini
hamda o'ziga xos xossalari to‘g‘risidagi bilimlami berishdir.
Tuproqlar geografiyasining asosiy
vazifasi
tuproq qoplamining
zonal-regional hamda landshaft-ekologik xususiyatlaridan kelib
chiqib undan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ilmiy
asoslari hamda amaliy tavsiyalami ishlab chiqish hisoblanadi.
Ushbu vazifalami navbatma-navbat yechishda qishloq, о‘rmon
va yer resurslaridan foydalanuvchi boshqa xo‘jaliklami har xil
masshtabdagi tuproq xaritalari va tuproq-geograflk hamda ekologik
rayonlashtirish xaritalari bilan to iiq ta’minlash taqozo etiladi.
Bunda tuproq xossalari bo‘yicha maiumotlar, tuproq qoplamini
muhofaza qilish va biologik mahsuldorlikning barqarorligini
ta’minlovchi usullar o‘z aksini topishi maqsadga muvofiqdir.
1.3. „Tuproqlar geografiyasi”ning boshqa fanlar bilan o‘zaro
aloqadorligi va tadqiqot usullari
Tuproqlar geografiyasi keng qamrovli tabiiy - ilmiy fan sifa
tida ko‘p!ab boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqada rivojlanadi. Xusu-
san, qaysiki ularning yutuqlari hamda tadqiqot usullaridan bevosita
foydalanadigan fundamental fanlar (fizika, kimyo, matematika),
tabiiy, qishloq xo‘jalik, iqtisodiyot, shuningdek, biologik-geologik-
geografik fanlar (geologiya, tabiiy geografiya, geobotanika, biolo-
giya, mikrobiologiya va b.) shular jumlasidandir.
Tuproqlaming paydo boiishi, rivojlanishi, tarkibi, tuzilishi,
xossalari va geografik tarqalishi kabi murakkab jarayonlami
o‘rganishda tuproqlar geografiyasi qator tadqiqot usullari tizimiga
tayanadi. Ulardan asosiylari: qiyosiy - geografik, qiyosiy - analitik,
kartografik, distansion usullar hisoblanadi.
Qiyosiy — geografik usul tuproqlarni o'rganishda albatta maj-
muali yondoshuvni taqozo etadi. A.A.Rode yozganidek, qiyosiy-
geografik usul va uning birlamchi ko‘rinishi tuproqshunoslikning
rivojlanishida ulkan rol o‘ynagan. Bu tuproq hosil bo‘lishida
V.V.Dokuchayev tomonidan aniqlangan eng kuchli iqlim omili ham
aynan shu usulni qocllashga tayangan. Shu usul tufayli olim
tuproqlaming asosiy guruhlarini ajratishga ham muyassar bo£lgan.
Shu o‘rinda ushbu usulning asoschisi bobomiz Zaxiriddin
Muxammad Bobur boiganliklarini ham eslatib o‘tmoq lozim.
XX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab tuproq qoplamini o‘rga-
nishda distansion usulning ahamiyati orta boshladi. Koinotdan olin-
gan va aerofotosuratlar tuproq xaritalarini tuzishda va yer resurslarini
baholashda keng qoilaniladigan boidi. Bunda tuzilgan xaritalaming
aniqlik darajasi ortishi bilan birga awalgi an’anaviy usulda bajari-
lishiga nisbatan tuproq-xaritashunoslik ishlaming narxi pasaydi.
Koinotdan olingan suratlar bir vaqtning o‘zida tuproq
qoplamining juda katta hududlarini qamraganligini ko‘rish mumkin
hamda bu ocz o‘mida tuproq qoplami tuzilmasini tizimlash va
tuproq-geografik rayonlashtirish maqsadlarida tuproqning tarkibi va
tuzilishining xolisonaligini ta’minlaydi.
Tuproq qoplamini o‘rganishda o‘ziga xos tadqiqot tamoyillari,
usullari yetarli boisa-da, ular materialistik dialektikaning muhim
tamoyillari va tizimli yondoshuvga asoslanadi.
Tuproq qoplami barcha quruqlik ekotizimlari va biosferada mu
him ekologik rol o£ynaydi. Yeming yupqa organik - mineral qobig‘i -
tuproq orqali modda va energiya almashinuvining turli jarayonlari
ro‘y beradi. Ushbu jarayonlaming buzilishi makonda turli jiddiy sal-
biy oqibatlar: tuproq eroziyasi va ifloslanishi, tuproq unumdorligining
yo‘qotilishi, cho‘llashish, ichimlik suvi va havoning ifloslanishi,
piravordida kishilaming yashash sharoitlarining yomonlashishiga
sabab bo‘ladi. Shu bilan bog‘liq tarzda yer resurslari muammolari
keskinlashadi va tuproqlarni muhofaza qilishning ahamiyati ortadi.
Tuproqlar geografiyasi nazariyasini rivojlantirishda tuproq
qoplami bilan joyning quruqlik yuzasining geologik tarixini
evolyutsion-genetik aloqadorlikda o‘rganish muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbu yo‘nalishning mohiyati V.V.Dokuchayevning mashhur
„Rus qora tuprog‘i” asarida yetarlicha asoslangan. XX asrning
ikkinchi yarmida tog‘ jinslari va tuproqlaming yoshini aniqlashda
yangi usullarning paydo boiishi, paleotuproqshunoslik va paleo-
geografiya, to'rtlamchi davr geologiyasi hamda paleobotanika,
geokimyo va litologiyadagi yutuqlar tufayli evolyutsion - genetik
aloqadorlikning mohiyati sezilarli darajada kengaydi.
K artograflk usul tuproqlar geografiyasida azaldan foydalanib
kelinsa-da, tuproqning ifloslanishi va buzilishiga makonda turli
sabablaming bisyorligi bu murakkab jarayonlami kartograflk tadqiq
qilishni zarurligini hamda istiqbolli ekanligini taqozo etadi. Shu
tufayli tuproqlami xaritalashtirishda tuproqlami muhofaza qilish va
undan oqilona foydalanish xaritalarini yaratish bo‘yicha yangi
yo‘nalishlami rivojlantirish lozim.
Tayanch ibora va atam alar:
Tuproq, relyef, tuproq unumdorligi, tuproqshunoslik, tuproqlar
geografiyasi, qiyosiy-geografik usul, distansion usul, ekotizimlar, tup
roq eroziyasi, paleotuproqshunoslik, paleogeografiya, kartograflk usul.
Nazorat uchun savollar:
1. Tuproqqa ta’rif bering.
2.Tuproqning boshqa tog‘ jinslaridan farqi nimada?
3. Tuproq unumdorligi nima?
4.Tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasi fanlarining mohi
yatini izohlang.
5.Tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasining tadqiqot
obyektlari nimasi bilan farqlanadi?
6. Tuproqlar geografiyasining maqsad va vazifalarini tushun-
tiring.
7.Tuproqlar geografiyasining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqa-
larining mohiyatini ayting.
8.Tadqiqotlarda (tuproqlar geografiyasi) distansion usul qan
day afzalliklarga ega?
9. Tuproqlar geografiyasida kartograflk usul nima uchun zarur?
10. Tuproqlar geografiyasida ekologik va evolyutsion - gene
tik tamoyillarning zarurati nimada?
П BOB. TUPROQ TABIAT KOMPONENTI SIFATIDA
TUPROQLAR GEOGRAFIYASINING TARIXI
2.1. Tabiiy geografiyada tuproq va tuproqlar geografiyasining
o‘rni
Tabiiy geografiya Yerning turli tabiiy hodisalar va organik
hayotga makon bo‘Igan tashqi qobig‘i - geografik qobiqni o‘rgana-
di. Bu qobiq bir-biriga tutash bo‘lgan, o‘zaro ta’sir va aloqadorlikda
rivojlanuvchi: litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan tashkil
topgan.
Geografik qobiqni tashkil etuvchi va uni rivojlantiruvchi
komponentlaming o‘zaro ta’sir va aloqadorliklari ular o srtasida
muttasil tarzda ro‘y beradigan modda va energiya almashinuvi
natijasi boiib, bu almashinuv moddalaming aylanishi va energiya
oqimi shaklida boiadi. Ushbu harakat geografik qobiqning tarkibiy
qismlarini bogiab turadi va bir butunligi - yaxlitligini ta’miniaydi.
Demak, geografik qobiq tarkibidagi biosferaning turg‘unligini
saqlanishi va uning mavjudligi tuproq qoplami bilan chambarchas
bogiiq. Agar tuproq boimaganda biosfera to‘g‘risida gap ham
boiishi mumkin emas edi. Tuproq bor - biosfera mavjud.
Geografik qobiqning evolyutsion taraqqiyotida landshaft
qobig‘i (F.N.Milkov) vujudga keldi. U unchalik qalin boimagan
yuza - nurash po‘sti, tuproq, o‘simlik, hayvonot olami, havoning
yer yuzasiga yaqin qismi, quruqlikdagi yer usti va yer osti suvlarini
o‘ziga qamragan boiib, o‘zaro faol ta’sirda boiadi. Aynan mana
shu landshaft qobigida hayot rivojlanishi uchun qulay sharoit tarkib
topgan. Ana shu landshaft barcha tabiiy - antropogen jarayonlaming
natijalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu bois landshaftshunoslik
tabiiy geografiyaning markazidan joy olgan deyilsa, mubolag‘a
boimaydi.
V.V.Dokuchayev tuproqning paydo boiishi joyning iqlimi,
o‘simlik va hayvonlari, tuproq osti tog4 jinslarining kimyoviy tarkibi
va tuzilishi, joyning relyefi va oikaning geologik yoshi,
10
shuningdek, inson faoliyatining murakkab o‘zaro ta’siri natijasi
ekanligini isbotladi. Bundan xulosa shuki, tuproq mazkur
hududning barcha tabiiy sharoitlari majmuasini bir butun-yaxlitlikga
birlashtiradi. Shu ma’noda tuproqni landshaftning ,,ko‘zgusi” deb
ataydi. V.S.Jekulin ta'biri bilan aytganda esa: tuproq - bu
landshaftning „xotirasi”, qaysiki u insonning tabiatga nisbatan
barcha ijobiy va salbiy ta’sirlarini o‘zida muhrlaydi.
Vohalarda tuproqning sho'rlanishi grunt (zamin) - grunt suvi -
tuproq tizimidagi o‘zaro aloqadorlikning mustahkamligidan dalo-
latdir, bu esa butun agromajmuaning transformatsiyalanishiga qodir
holatdir. Ko‘rinib turibdiki, tuproq tabiiy geografiya (meliorativ
geografiyada ham) fanlari tizimida muhim tabiiy komponent hisob-
lanib, boshqa komponentlar bilan o‘zaro aloqa va ta’sirda asosiy
bo‘g‘in hisoblanadi hamda ularning barqarorligini ta’minlashda o‘z
o‘miga egadir.
2.2. V.V.Dokuchayev-tuproqlar geografiyasining asoschisi
V.V.Dokuchayev 1846-yil 1-mart-
da Smolensk Gubemasining Milyukovo
Sichevek qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi
uni 11 yoshida Vyazma diniy bilim yur-
tiga o'qishga bergan. 0 ‘qishni muvaffa-
qiyatli davom ettira borib, Vyazmadan
Smolenskka ko‘chadilar. 1861 yilda di
niy bilim yurtini tamomlab, diniy semi-
nariyaga o‘qishga kiradi. Keyinchalik
butunlay boshqa yo‘lni tanlab, Peter-
burg universitetiga o‘qishga qabul qili-
nadi. G‘oyat kambag‘alligidan, o‘zining
iborasi bilan aytganda, uchinchi kursga-
Vasiijy Vasilyevich Do'kucbaycv
cha ^hatto paypoq nimaligini ham bil-
magan” ekan.
Vasiliy Vasilyevich o‘qishning oxirgi yilida o‘ziga diplom ishi
mavzusini tanlashi hamda shu bilan birga geologiyadan professor
P.A.Puzirevskiyga imtihon topshirishi kerak edi. Olim V.V.Doku-
chayevga geologiya bilan shug‘ullanishni taklif etadi.
/ Ш Щ 1
Ш Ш Ш
11
Uning dala tadqiqotlarining geologiyaga oid natijalari hamda
bajarilgan ishining mavqeyi jihatidan fan nomzodi ilmiy darajasiga
loyiq topiladi va u Universitet Kengashining 1871-yil 20-sentabr-
dagi qarori bilan tasdiqlanadi.
1872-yilning kuzida V.V.Dokuchayevning olim sifatida obro‘-
yi orta boradi, 1873-yilda Peterburg mineralogiya jamiyatining ha-
qiqiy a’zosi, keyingi yili esa Peterburg tabiatshunoslar jamiyatining
geologiya va mineralogiya boiim i kotibligiga saylanadi. 1874-yil
oxirida o‘zimng „Smolensk gubemasi podzoli to‘g‘risida”gi tup-
roqlarga oid birinchi ilmiy axborotini bajaradi.
1879-yil V.V.Dokuchayev Peterburg universiteti mineralogiya
kafedrasi mudirligiga tayinlanadi, avval dotsent, 1883-yilda esa
unga professor lavozimi beriladi.
V.V.Dokuchayev fan bilan shug‘ullanishning dastlabki o‘n
yilliklarida geolog, mineralog, kristallograf, botqoqshunos, arxeolog
sifatida namoyon boigan bo‘lsa-da, u keyinchalik hammasidan
k o ia ko‘proq tuproqlarni o‘rganishga qiziqib qoladi.
1877-yili Vasiliy Vasil’yevich qora tuproqlarni o‘rganish maq
sadida Tula gubemasi, Ukraina va Moldoviyani kezadi. 1878-yilda
qora tuproq zonasining janubi — sharqiy qismlarida, Qrim va Shimo
liy Kavkazga tashrif buyuradi. Ushbu ekspeditsiyalar mahsuli sifa
tida 1883-yilda tuproqshunoslikning asosiy nazariy jihatlari yoritil-
gan fundamental asar
Do'stlaringiz bilan baham: |