Paleolit
Paleolit (paleo... va lot. "lithos" — tosh) —
qad. tosh davri. Tosh davrini 2
bosqichga: P. — kadimgi va neolit — yangi
tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab
1865 yil ingliz arxeologi J. Lebbok
tomonidan fanga kiritilgan. P. quyi (ilk),
oʻrta va yuqori (soʻnggi) qad. tosh
davrlariga boʻlinadi. P. eng qad. ibtidoii
odamlarning kazilma ilk zotlari hayot
kechirgan ulkan tarixiy zamon
hisoblanadi. Oʻsha qad. zamonda yer
kurrasining ikdimi, oʻsimlik va hayvonot
dunyosi biz yashab turgan davrdan
mutlaqo oʻzgacha boʻlib, undan keskin
farq qilgan. P. davrining ibtidoii odamlari
kertilgan dagʻal tosh qurollardan
foydalanganlar. Ular tosh qurollarga
sayqal berish hamda sopol idish
yasashni hali bilmaganlar. Asosan,
ovchilik va termachilik bilan kun kechirib,
ibtidoii deqqonchilik va chorvachilik kabi
mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.
Yer kurrasi qitʼalarining turli mintakalarida
ibtidoii odamning ilk zotlari P.ning turli
bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha
million yil davo-mida yashab, oʻzidan
maʼlum darajada moddiy izlar qoldirgan.
20-asrning 2yarmida oʻtkazilgan keng
koʻlamli arxeologik izlanishlar va
kazishlar tufayli 4 qitʼa mintaqalaridan ilk
P. davriga mansub qator noyob
yodgorliklar to-pilib tadqiq etildi.
Toʻplangan moddiy topilmalar majmuasi
arxeologik va antropologiya jihatidan
sinchiklab oʻrganilib, eng kad. odam —
arxantroplarning yashagan va tarqalgan
hududlari, davrining bosqichlari borasida
jiddiy anikliklar kiritilib, fanda muayyan
kashfiyotlar yuzaga keldi. Avvalambor
arxantroplar ilk bor hayot kechirgan
mintaqalar va tarkalgan xududlar doirasi
kengayib, sanasi kadimiylashdi. Keyingi
yarim asr davomida topilib, tadqiq etilgan
eng qad. qazilma odam suyaklari
qoadiklari va dagʻal tosh qurollardan
maʼlum boʻlishicha, arxantroplar ilk P.
davrida, asosan, Sharkiy va Markaziy
Afrika, Jan.-Sharqiy va Jan. Osiyo hamda
Oʻrta Osiyo va Yevropaning jan.,
shuningdek, markaziy qismlarida
istiqomat qilgan ekan. Ular fanda
olduvay, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop
va geydelberg kabi kator nomlar bilan
yuritilsada, umumiy ibo-ra bilan "Xomo
xabilis", yaʼni "ishbilarmon odam" deb
ataladi. Afrikaning eng kad. odamlari
zamonamizdan 4,5—4, 3,5— 2 mln. yil
mukaddam, Yevropa arxantroplari esa 2,5
—2 mln. yil bilan 200—150 ming yilliklar
oraligidagi davrda xayot kechirganlar.
Osiyoning iqlimi, oʻsimlik va xayvonot
dunyosi ham ilk P. davrida eng kad.
odamlarning yashashi uchun qulay
boʻlgan. Keyingi 60—70 yil davomida
topilib, oʻrganilgan koʻpdan-koʻp moddiy
qoldikdar (asosan, qazilma odam
suyaklari va dagʻal tosh kurollar)ga
karaganda, Osiyo arxantroplari
(pitekantrop va sinantrop) hayot
kechirgan davr 1,5—1 mln. yildan to 500
ming yilliklar oraligʻida kechgan.
Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad.
odamlar pitekantrop va sinantroplarga
zamondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari
va gʻorlardan boshpana, makon va
manzilgox. sifatida foydalanishgan.
Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan
choʻqmor, chopping va chopper kabi
dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-
itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va
keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl
choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-
siyaning Sent Ashel makonidan topilgani
uchun fanda bunday tosh qurollar ashel
qurollari nomi bilan yuritiladi.
Ilk P. yodgorliklari Oʻrta Osiyoda Fargʻona
vodiysining Soʻx soyi sohilida joylashgan
Selungur yurit, Ohangaron vodiysining
Qizilolmasoy boʻyida, [[Koʻlbuloq
manzilgohida, Jan. Tojikistonning
Koʻldara va Jan. Qozogʻistonning
Aristandi vodiysida topib oʻrganildi.
Selungur gʻoridan ibtidoiy odamning
suyak qoldiklari (bosh chanogʻining
boʻlagi, yelka suyagi va oʻndan optiq
tishlari) topilib, tadqiq etildi. Bu davrga
mansub [[Koʻlbuloq manzilgohida eng
qad. odam toʻdalari qariyb yarim mln. yil
davomida deyarli uzluksiz yashagani
maʼlum boʻldi. Shu bois yodgorlik ostida
20 m dan ortiqroq qalinlikda madaniy
qatlam hosil boʻlgan. Qariyb 20 yillik
qazish (M. Qosimov) jarayonida 30
mingdan ortiq tosh qurollar (choʻqmor,
qirgʻich pichoqsimon keskich va
nukleuslar), hayvon va parranda suyaklari
hamda turli xildagi oʻsimlik qoldiklari
qayd etiladi. Bu topilmalar, shubhasiz, ilk
P. odamining nihoyatda sermashaqqat
hayoti, tosh qurollar yasash usullari va
xom ashyosi, shuningdek, oʻsha zamon
tabiiy va unga boqim boʻlgan
Koʻlbuloqning ovchi va termachilarning
isteʼmol qiluvchilik xoʻjaligi haqida
guvohlik beradi (qarang [[Koʻlbuloq
manzilgohi). Soʻzsiz, Selungur va
Koʻlbuloq yodgorliklarining arxeologiya
jihatidan qazib oʻrganilishi tufayli Oʻrta
Osiyo eng qad. odamlar yashagan
maskanlar qatoridan oʻrin oldi.
Paleolitshunoslik tobora yangi noyob
yodgorliklar bilan boyib,
paleoantropologik topilmalarni har
tomonlama sinchiklab chuqur tadqiq
etilishi bilan nafaqat arxantroplarning
yashagan va tarqalgan hududlari
kengayib, davri qadimiylashtirildi, balki,
ularning bevosita avlodlari borasida
fanda yangi fikr-mulohaza va gʻoyalar
paydo boʻldi. Maʼlum boʻlishicha,
arxantroplarning avlodlari —
paleoantroplar zamonamizdan qariyb
500 ming yil muqaddam shakllanib, 150
—140 ming yilliklardan boshlab 100 ming
yildan oshiqroq davr davomida neander-
tallar bilan yonmayon yashagan ekan.
Neandertallar esa odamzotning bevosita
ajdodi hisoblanmagan. Ular
maymunsimon jonzotlarning rivoj topmay
qurib qolgan butogʻi sifatida talqin
etilmoqda.
Oʻrta P. davrida ob-havo keskin pasayib,
muzliklar davri boshlanadi. Havoning
sovushi oqibatida va oʻsimlik dunyosi
ham tubdan oʻzgaradi. Issiq iqlimga
moslashgan hayvonlarning bir qismi jan.
mintaqalarga siljib, qolgani halok boʻladi.
Ularning oʻrnini yangi sharoitga koʻnikkan
chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar,
uzun shoxli bizonlar, qoʻtoslar, bugʻular,
arharlar va boshqa hayvonlar
egallaganlar. Bu davrda ovchilik xoʻjaligi
takomillashib odam toʻdalarining toʻplari
kattalashgan. Tosh va suyaklardan turli
xildagi ov qurollarini yasash
takomillashgan. Yirik hayvonlarga
ommaviy ov qilish tufayli katta toʻdalarga
uyushgan qad. odamlar olov hosil qilishni
kashf etganlar, gulxanlar yoqib, sovuqdan
va xavf-xatardan saqlanishni, goʻshtni
oʻtda pishirib isteʼmol qilishni bilishgan.
Yirik hayvon suyaklari, mamont tishlari va
kuraklari hamda xodalardan jar, soy va
koʻl yoqalarida yarim yertoʻla kulbalar
qurib, tomini hayvon terilari bilan yopib,
sahniga poʻstaklar toʻshashgan.
Suyaklardan teshgich, bigiz, soʻzan va
ignalar yasab, terilardan yopinchiqlar tikib
kiyishgan. Oʻrta P. davri oxirida esa
marhumlarni dafn etish marosimi paydo
boʻlgan. Oʻrta Osiyoda 50 dan ortiq oʻrta
tosh davrining yodgorliklari topilib,
oʻrganildi. Oʻzbekistonda ular Toshkent
viloya-tida Obirahmat, Xoʻjakent, Paltov,
Koʻlbuloq; Samarqand viloyatida Omon-
qoʻton, Qoʻtirbuloq, Zirabuloq,
Xoʻjamazgil; Navoiyda Uchtut degan
joylarda tekshirilgan. Hatto
Surxondaryoning Boysun tumanida
Teshiktosh unguridan oʻrta P. davriga
tegishli 8-9 yashar bolaning qabri
topilgan. Bu, shubhasiz, fan olamida
jiddiy kashfiyot edi. Oʻrta P. davrida ming
yilliklar osha erishilgan hayotiy yutuqlar
urugʻdoshlik jamoasi va uning ilk
madaniyatini shakllanishiga asos
boʻlgan.
Yuqori P. miloddan avvalgi 40—35 ming
yilliklardan 12—10 ming yillikka qadar
davom etib, muzliklarning oxirgi (vyurm)
bosqichida kechdi. Bu davrda yirik
hayvonlarni ov qilish tufayli odam
toʻdalarining katta toʻplarga birlashishi;
mayda tuda ichida ekzogamiya urfodati
muqimlashib, urugʻ jamoasi
(matriarxat)ning qaror topishi; uzoq vaqt
muttasil pishirilgan goʻshtni isteʼmol
qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli
odamning jismoniy qiyofasi ham
oʻzgardi. Bu davrda hozirgi zamon
qiyofadagi ajdod — neoantrop, yaʼni
"yangi odam" shakllandi. Bunday
odamning mehnat qurollari va suyak
qoldiklari dastlab 1868 yilda Fran-
siyaning Kromanon qoyasi yaqinida
topilib, oʻrganilgani uchun u tarixda
kromanon nomi bilan shuhrat topdi.
Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo,
Yevropa, Amerika va Avstraliya
hududlaridan kromanonlarning yuzlab
makonlari, har turli nayza va kamon
oʻqining tosh paykonlari, suyak va hayvon
shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq,
burgʻu (parma) va xilma-xil bezakli
ashyolar topilgan.
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda
yuqori P. yodgorliklari — Koʻlbuloq,
Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy,
Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi
oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari
topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh
qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh
qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan
yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda
kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari
qayd etiladi. Siyobcha makonida esa
yuqori P. odamining jagʻi, tishlari va qoʻl
suyaklarining topilishi, ayniqsa, noyobdir.
Shunday qilib, yuqori P. davrining
boshlaridayoq zamonaviy qiyofadagi
odam shakllanib, u fanda "Xomo
sapiyens" — "aql-idrokli odam" nomini
oldi. Bu davrda iqlim sharoitning taʼsiri
oqibatida odamzodning irqi (yevropeoid,
negroid va mongoloid) hamda har xil
antropologik turlari vujudga keladi. Bu
irklarning jamoalari Osiyo orkali avval
Avstraliya, soʻngra esa Bering boʻgʻozi
oʻrnida joylashgan quruklik orqali
Amerika qitʼasiga tomon siljigan boʻlsalar,
ulardan bir qismi Yevropada va boshqa
bir turi esa Afrikada yashaganlar. Yuqori
P. davrida oʻq-yoy kashf etilib, tasviriy
sanʼat yuzaga kelgan. Kromanon
odamlari istiqomat qilgan gʻorlarning
(Altamira) shiplari va devorlarida rangli
boʻyoklar bilan ov manzaralari tasvirlari
tushirilgan. Suyak va toshlardan
ayollarning va turli hayvonlarning
haykallari yasalgan. Yuqori P.ning
yodgorliklari fanda Orinyak, Solyutre va
Madlen madaniy nomlari bilan 3
bosqichga boʻlib tadqiq etilgan.
Adabiyot
Boriskovskiy P. I., Kishilikning eng
qadimgi hayoti, T., 1959; Gerasimov M.
M., Lyudi kamennogo veka, M., 1964;
Semyonov Yu. I., Kak vozniklo
chelovechestvo, M., 1966; Srednyaya
Aziya v epoxu kamnya i bronzi, M.,
1966; Pervobitnoye obshestvo, M.,
1975; Asqarov A., Oʻzbekiston tarixi
[Eng qadimgi davrlardan eramizning V
asrigacha], T., 1994.
Abdulahad Muhammadjonov.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
Do'stlaringiz bilan baham: |