Tuproqlar geografiyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/85
Sana27.05.2023
Hajmi5,22 Mb.
#944955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
“S o il Survey Horizons
— 50 Y ears o f C om m unication,” (Brevik, 2012).
14


uchirib ketadi” deb ko‘rsatadi. Olimning bu fikrlari tuproq 
eroziyasiga doir masalalami o‘rganishda hozirgacha o‘z mohiyatini 
yo'qotmagan.
Maxmud Qoshg‘ariy o‘zining 1074-1077-yillarda yozilgan 
“Deyon” to‘plamida ekspeditsiyasi davridagi kuzatishlari asosida 
turli tuproqlarga tavsif beradi. Ushbu to‘plamda qora tuproq, 
ocsimliklarsiz, sho‘rlangan yerlami - chalang yer; unumdor, yaxshi 
yerlami - sag‘izli yer; toza tuproq, sog‘lom tuproqni - sag'izli 
tuproq; o‘simliklar kam, unumsiz, kam hosilli yerlami - toza yer; 
yumshoq yerli tuproqni, tekis yerni, qumli yemi - qayir yer; yuzasi 
notekis yer, botqoqlangan yerlarni - qazg‘on yer deb tavsif beradi.
Buyuk Amir Temur dehqonchilikning riyojlanishiga katta aha- 
miyat beradi. 0 ‘zining „Temur tuzuklari” to‘plamining bir qismini 
qishloq xo‘jaligini boshqarishga bag‘ishlagan. Jumladan u kim yerni 
o‘zlashtirsa, ikkinchi yilda soliq olishni, ya’ni birinchi yili undan 
soliq olinmasin, ikkinchi yili o‘zining xohishiga qarab soliq toiasin, 
uchinchi yili esa umumiy qoidaga asosan soliq to‘Iasin deb yozadi.
Shuningdek, Temuriylar dayrida dehqonchilikka oid to‘plarm- 
lar yozilgan. Chunonchi „Irshad azziratfi ilm al xarasa” (joylardagi 
dehqonchilik ekinlari uchun ilmiy qoilanma) nomli asaming 
yozilishi Temuriylar davrida boshlangan va doimiy urushlar tufayli 
Shayboniylar dayrida (1599) tugallagan. Ushbu to‘plamda to'qqiz 
tipdagi tuproqlar haqida ma’lumot keltirilgan. Bunda tuproqlar 
tarkibidagi qum miqdoriga ko‘ra ikki turga, ya’ni ustki qatlamida 
qumni ko‘p saqlaydigan va ustki qatlamida qumni kam saqlaydigan 
turlarga ajratilgan va shunga ко‘ra tuproqqa ishlov berish, sug‘orish 
usullari va hosil miqdori ko‘rsatilgan.
Ushbu to‘plamda jigarrang (zardxak), qizil (surxxak) tuproqlar 
haqida, shuningdek, toshloq tuproqlar4 haqida ma’lumotlar mavjud, 
ya’ni tuproqlar tavsifi va ularga ishlov berish haqida ma’lumotlar 
keltirilgan.
Mazkur to'plamda tuproqni o4g‘itlashga ham katta ahamiyat 
berilgan. 0 ‘sha davrlarda tuproqqa o‘g‘it sifatida eski paxsadan 
qurilgan imoratlar qoldig‘i, ariqlarda to‘planadigan loyqalardan 
foydalanish keng tarqalgan edi.
XVII 
asrga kelib tuproqlaming kimyoviy tarkibi va fizik xos- 
salarini o‘rganish boshlandi.
15


XVIII asming o'rtalariga kelib shved olimi I.Valleriusmng 
„Dehqonchilikning kimyoviy asoslari haqida” nomli monografiyasi 
nashrdan chiqadi. Shunda qora tuproq to‘g‘risida birinchi marta yod 
olinadi.
XIX asr boshlarida tuproq to‘g‘risida ko4plab ma’lumotiar 
yigilgan boisada, ulaming aksariyati agronomik tadbirlar bilan 
bogiiq edi. Nemis olimi T.Teyer o‘zining „Samarali dehqonchilik 
asoslari” („Основы рационального земледелия”) kitobida: „Sayyo- 
ramizning ustki, qaysiki biz tuproq deb atovchi g‘ovaksimon mate- 
riya favqulotda turli xil moddalar qorishmasidan tashkil top- 
gan’iigini qayd etadi.
Rossiyada tuproq to‘g‘risidagi fanga munosib hissa qo‘shgan 
olim M.V.Lomonosovdir (1711-1765). U tuproqlaming paydo 
boiishi, xossalari va geografik xilma-xilligini o‘zining 1763 yilda 
nashr etilgan „Yer qatlamlari haqida” („О слоях земных”) asarida 
bayon qildi. Tuproq, tog4 jinslariga organizmlar dunyosi ta’siri 
natijasida vujudga kelishi to4g4risidagi tezisni bundan qariyb 250 yil 
avval shakllantirgan. U tuproqni barcha tabiat jismlari kabi vaqt 
mobaynida o4zgarishi va rivojlanishini alohida qayd etadi. Uning 
asarlarida tundra va botqoq, igna bargli va keng bargli o4rmon, dasht 
tuproqlari, choilarining qumli va sho4rlangan tuproqlari va geogra­
fik jihatdan turli - tuman tuproqlar to4g4risidagi maiumotlarga ega 
boiamiz.
M.V.Lomonosovning tuproqshunoslik tarixidagi faoliyatini 
buyuk ahamiyati to4g4risida gapirar ekan, akademik V.I.Vernadskiy 
Lomonosovni nafaqat birinchi ms tuproqshunosi, balki umuman 
birinchi tuproqshunos deb e’tirof etadi.
N.M.Sibirsev (1860-1900) Dokuchayevning eng iqtidorli 
shogirdi sifatida uning ishlarini davomchisi hamdir. U tuproqshu- 
noslikka oid darslikning (1899) birinchi muallifi, V.V.Dokuchayev­
ning tuproq to4g4risidagi ta’limoti asoslarini tizimlashtirgan va 
rivojlantirgan, tuproqlami tasniflash va xaritalash bo'yicha salmoqli 
tadqiqotlar olib borgan. U tuproqlami zonal, intrazonal va azonal 
taqsimlanishini isbotlagan.
K.D.Glinka (1867-1927) Dokuchayevning shogirdi, yirik 
tuproqshunos olim, akademik. U aholini ko^hirish Bosh bosh- 
qarmasining tuproqlar tadqiqoti bo‘yicha rahbari boiib, katta
16


hududlarda (Sibir, 0 ‘rta Osiyo, Qozogiston va Uzoq Sharq)da 
mayda masshtabdagi tuproq xaritalarini tuzish bilan shug‘ullangan. 
K.D.Glinka tomonidan tuproqshunoslikka bagishlangan darslik 
nashr etilgan (1908). V.V.Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik 
institutini tashkil etishda faol tashkilotchi boigan.
L.I.Prasolov (1875-1954) - geograf, tuproqshunos. 1898-yilda 
Peterburg universitetining tabiiy fanlar fakultetini tamomlagan. U 
o‘z ishlarida tuproqni landshaft komponenti sifatida qaraydi, shu 
bois uning aksariyat ishlari tabiiy geografiyaning majmuali ma- 
salalari bilan chambarchas bogiangan.
B.B.Polinov (1877-1952) - tuproqshunos, geokimyogar va ta­
biiy geograf. U 0 £rmonchilik institutini tamomlagan. V.V.Dokucha­
yev nomidagi Tuproqshunoslik institutidagi ilmiy tadqiqotlarini 
Leningrad (Sankt-Peterburg) va Moskva universitetlaridagi peda- 
goglik faoliyati bilan qo‘shib olib borgan. 1946 yildan FAning haqi- 
qiy a’zosi. Elementar landshaftshunoslik va landshaftlar geokimyosi 
bo'yicha yetuk mutaxassis.
LP.Gerasimov (1905-1985) - geograf, tuproqshunos, geomor- 
folog va tabiiy geograf Dunyo bo‘yicha ko‘plab ekspeditsiyalarda 
qatnashgan. Tuproqshunoslikda L.I.Prasolovning tuproq provin- 
siyalari (fatsiya) to‘g‘risidagi g ‘oyalarini rivojlantirgan. Uning 
rahbarligida dunyoning yangi umumlashtirilgan tuproq xaritalari 
tuzilgan. Hozirgi zamon tabiat zonalari to‘g‘risidagi ishlari diqqatga 
sazovor.
Tuproqlar geografiyasining alohida yo‘nalishi hisoblanmish 
tuproq - geografik rayonlashtirish Rossiyada XX asrning 50-yillari- 
dan sezilarli darajada rivojlandi. Umuman tuproqlar geografiyasi- 
ning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlar safiga yana 
quyidagilarni kiritish lozim: P.A.Letunov, N.N.Rozov, G.V.Dobro- 
volskiy, 
I.S.Urusevskiy, 
M.A.Glazovskaya, 
V.A.Kovda 
va 
boshqalar.
AQSHda yirik masshtabli tuproq xaritalarini yaratish 1899-yil- 
dan boshlangan, biroq ular asosan agronomik xarakterga ega boigan.
V.V.Dokuchayevning genetik tuproqshunoslikka oid g‘oyalari 
endi sekin-asta G‘arbiy Yevropa va Amerika geografiyasi va kar- 
tograflyasiga kirib bordi hamda XX asrning 20-30-yillariga kelib, 
sohaga oid holat o‘zgara boshladi. Mazkur g‘oyaga tayanilib dunyo
j
17 

Nizomiy 
n o m li 
\
____T D P U


geografiyasi va xaritashunosligida: Romann, Shtreme (Germaniya), 
Murochi (Ruminiya), Novak (Chexiya), Zigmandi, Treyts, Sabolch 
(Vengriya), Marbut, Kellog, Iyenni (AQSH), Robinzon (Angliya), 
Pereskott (Avstraliya), Ellis (Kanada) qator ishlarni amalga 
oshirdilar.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish