tuproq nomenklaturasining o’z diagnostikasi va tasnifiga asoslangan rus, amerika
xususiyatlarini mezon qilib olgan. Keyingi tadqiqotlarda tuproq nomenklaturasiga
uning rang yoki boshqa alomatlarini ifodalaydigan belgilari qo’shib aytila
boshladi. Tuproqshunoslik rivojlangan sari uning nomenklaturasi murakkablashib
18
bordi. Uning nomiga tuproq xossalari, hosil bo’lish jarayoni, genezisi haqidagi
ta’rif qo’shib aytiladigan bo’ldi. Natijada tuproq nomenklaturasi murakkab va
uzundan-uzoq bo’lib ketdi, chunki mavjud nomenklatura qoidasiga ko’ra tuproqni
nomlashda ketma-ket keladigan taksonomik darajalar sanab o’tiladigan bo’ldi.
Masalan: "kam rivojlangan dag’al skeletli, yupqa qatlamli shag’alli va yengil sozli
oxaktoshli allyuviylar ustida hosil bo’lgan tipik bo’z tuproq" (D.I.Tarasov).
Bunday nomenklatura ilmiy termin emas, balki tuproqni tasvirlashga aylanib qoldi
(B.G.Rozanov, 1988). Rus tuproqshunoslari tuproq nomenklaturasini qisqartirish
va
soddalashtirish
yuzasidan tadqiqotlar
olib bormoqda.
Rus tuproq
nomenklaturasi jahon tuproqshunosligiga o’z ta’sirini o’tkazdi: "подзол",
"чернозем", "серозем", "глей", "солонец", "солончак" kabi ruscha terminlardan
xalqaro terminlar sifatida foydalanila boshlandi. Tuproq nomenklaturasining
Amerika (AQSh) maktabi murakkab va qarama-qarshi yo’lni bosib o’tdi. Dastlab
tuproq-kartografik ishlariga rahbarlik qilgan M.Uitni taklifiga ko’ra tuproqning
geografik nomiga granulometrik tarkibini qo’shib nomlana boshlandi. K.F.Marbut
rus tuproq tipiga mos keluvchi "katta tuproq gruppasi" (Great soil group)
tushunchasini kiritdi. Asrimizning 50-yillariga kelib yangi, grek-lotin so’z tuzilishi
prinsipi asosida tuproq nomenklaturasini tuzishga kirishildi. Bu yangi tizimning
ayrim elementlari xalqaro tuproq nomenklaturasiga qabul qilingan bo’lsada, uni
jahon tuproqshunosligiga to’laligicha qabul qilmadi.
Xalqaro FAO/YuNESKO tuproq nomenklaturasi 1968-yili
Avstraliyada
o’tkazilgan tuproqshunoslarning lX Xalqaro kongressida tasdiqlangan
1:5000000 masshtabli dunyo tuproq xaritasining tuzilishi munosabati bilan paydo
bo’ldi. FAO/YuNESKO nomenklaturasiga ko’ra tuproq birligining nomi grek,
lotin va rus tilidagi so’z o’zagiga "sol" yoki "zem" qo’shimchalarini qo’shish
yordamida hosil qilinadi. Kichik birliklarni nomlash birlik nomiga tuproqning
asosiy xossalarini aniqlaydigan so’zni qo’shish bilan hosil qilinadi: "flyuvisol"
(fluvisols) - tuproq birligini, -"karbonatli flyuvisol" (Calcic fluvisols) - tuproq
kichik birligini bildiradi. Xalqaro tuproq nomenklaturasini tuzish masalasi bir
necha marta kun tartibiga qo’yilgan bo’lib hozircha munozaralidir.