Тупроқ унумдорлигига салбий таъсир этувчи жараёнларга қарши курашишнинг геоэкологик асослари



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/62
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#406423
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
Bog'liq
Dissertatsiya 3.

Allyuvial  tekisliklar.

 

Hozirgi  va  qadimgi  allyuvial  daryo  yotqiziqlaridan 

iborat  Amudaryo,  Sirdaryo,  Zarafshon,  Qashqadaryo  va  Surxondaryolarning  o’rta 

va quyi oqimlari va deltalarini egallaydi. Deltalarda daryo o’z yotqiziqlarini kesib 

o’tadi.  Terrasalari  daryoning  yuqorisida  joylashgan,  deltalarning  qanotlari  esa 

pastda  joylashgandir,  Daryolarning  va  deltalarning  qiyaligi  juda  kam.  Deltalarda 

bo’ylama  yo’nalishdagi  qiyalikdan  tashqari  ko’ndalang  yo’nalishda  ham  qiyalik 

mavjud.  Qadimgi  daryo  vodiylari  va  deltalari  oblastchaning  chekka  qismlarini 

ishg’ol  qiladi.  Aftomor  sharoitda  akkumulyativ  jarayonlar  to’xtab  eroziya  va 

deflyatsiya ta’sirida yotadi. Jonadaryoning janubi-g’arbi, Axchadaryo, Amudaryo, 

Zarafshon,  Qashqadaryo,  Surxondaryo  va  Sheroboddaryoning  qadimgi  allyuvial 

tekisliklari  shular  jumlasiga  kiradi.  Hozirgi  zamon  daryo  terrasa  va  deltalari 

allyuvial  tekislik  oblastchasining  ichki  qismini  egallaydi.  Daryo  terrasalari 

gidromorf  rejimli  bo’lib  allyuviylar  akkumulyatsiyasi  tinimsiz  davom  etmoqda. 

Ammo  qiyaligining  va  galechniklardan  iborat  qatlam  jinslarining  ozligi  jihatdan 

qadimdan  daryo  vodiylaridan  farq  qiladi.  Galechniklar  ba’zi  deltalarning 

yuqorisidagina (Zarafshon, Qorako’l, Sheroboddaryo) uchraydi. 

Qumlar  O’zbekiston  tekisliklarining  katta  qismini  egallaydi.  Qumlar  daryo 

sistemasining  quyi  qismlarida  daryo  faoliyati  tufayli  hosil  bo’lishining  yana  bir 

sababi  sutkalik  temperatura  amplitudasi  tufayli  jinslarning  nurashi  va  kuchli 

shamollar  ta’sirida  uning

 

tarkibidagi  changlarning  uchirib  ketishidir.  Allyuvial 



qumlar  bo’z  rangli  va  sariq  dog’li  bo’ladi.  Sariq  dog’lari  qumning  temirlanishi 

bilan  bog’liq  bo’lib,  uning  yoshini  ham  belgilaydi.  Qumlar  turli  shakllar 

(do’ngliklar,  gryadalar,  barxanlar  va  to’plamlar)da  hosil  bo’lgan.  Gryada  qumlari 

allyuvial jarayonlarda, barxanlar esa odamlar ta’sirida yaratilgan. Daryo suvi yoki 

shamol  ta’sirida  olib  ketilmagan  qumlar  ham  mavjud  bo’lib,  ular  tekislik 

oblastidagi  tub  jinslarning  yemirilishidan  hosil  bo’ladi.  Ular  gryada  shaklida 

bo’lib, qizil-qo’ng’ir rangdadir. Past tog’lar, platolar uchlamchi-bo’r, yoki boshqa 

davr  jinslaridan  hosil

 

bo’lgan.  Shakllari  tub  rel’ef  shaklini  akslantirib  turadi. 




 

14 


O’zbekiston  Respublikasi  tuproqlarining  hosil  bo’lishida  tuproq  hosil  qiluvchi 

jinslar  va  geologik  tuzilishi  alohida  ahamiyatga  egadir.  O’zbekistonning 

tekisliklari,  tog’oldi  va  tog’  massivlari  geologik  nuqtai  nazardan  yosh  bo’lib, 

tog’lar  uchlamchi  davrning  oxiri  va  to’rtlamchi  davrning  boshlaridagi  alp 

burmalanishi fazasida paydo bo’la boshladi. Shu munosabat bilan Paleogen dengizi 

nomi  bilan  yuritilgan  ulkan  suvlik  chekinib  uning  o’rniga  tog’lardan  yemirilib 

kelgan  kontinental  jinslar  bilan  qoplandi.  Alp  tog’  hosil  bo’lish  fazasi 

kembriygacha  bo’lgan  davrdan  davom  etib  kelayotgan  va  qator  ko’tarilish  va 

cho’kishlar  bilan  almashinib  turgan.  O’zbekiston  hududida  yangi  kontinental 

yaratma  sifatida  hozirgi  rel’efni  hosil  qildi.  Kaledon  va  gertsin  fazalarining 

yotqiziqlari  tog’larning  yuqori  qismlarida  yer  yuziga  yaqinlashib  ustini  tuproq 

hosil


 

qiluvchi  yupqa  elyuviy  va  delyuviylar  qoplaydi.  Bu  joylarda  qadimgi 

cho’kindi jinslar oxaktosh, qumtosh va slaneslar bilan bir qatorda otqindi jinslar - 

porfirlar,  granitlar,  granodioritlar  yer  yuziga  chiqib  yotadi  va  murakkab  tuproq 

struktura qoplami (TSQ)ni hosil qiladi. 

Eotsendan  boshlab  uchlamchi  davr  oxirigacha  davom  etgan  dengiz 

transgressiyasi 

Ustyurt, 

Janubi-G’arbiy 

Qizilqum, 

Devxona 

platolarida, 

Sulgonuztog’,  Bo’kantov,  Tomditov,  Quljuqtov  kabi  qoldiq  tog’larining 

yonbag’irlarida cho’kindi jinslar qoplamini hosil qildi. 

Uchlamchi  davr  jinslari  o’rtacha  yuksaklikdagi  tog’larning  yonbag’irlarini 

egallaydi.  Pomir  va  Tyan-Shan  tog’  sistemalarini  ko’tarilishi  bilan  Orol-Kaspiy 

orasidagi qoldiq dengizning chekinishiga va ularning o’rnida kontinental cho’kindi 

jinslarning  to’planishiga  olib  keldi.  Tog’  burmalanishi  to’rtlamchi  davrda 

nihoyatda  avj  olib  yuksak  tog’lar  hosil  bo’ldi.  Tog’lardan  yemirilib  kelgan  qalin 

elyuvial-prolyuvial  jinslar  Amudaryo,  Sirdaryo,  Zarafshon,  Qashqadaryo  kabi 

daryolarning  allyuvial  tekisliklarigacha  yetib  bordi.  Tektonik  jarayonlar  past 

tog’lar,  adirlar,  pastqamliklar  va  tekisliklarni  ham  kontinental  jinslar  bilan 

qoplanishiga  olib  keldi.  Natijada  daryo  to’ri  terrasalarni  hosil  qildi  va  bu 

terrasalarda cho’kindi mahsulotlari to’plana bordi. 




 

15 


O’zbekistonning   katta   qismini   egallab   yotgan   to’rtlamchi davrning 

kontinental  jinslari  turli  litologik  tarkibga  ega  bo’lib,  tog’lardan  tekisliklarga 

tomon  tabaqalanib,  o’zgarib,  nurab  boradi.  V.N.Veber      o’zining      mashxur             

"Farg’ona      quruq      deltalarining  migratsiyasi"  (1932)  nomli  asarida  Farg’ona 

vodiysida  dastlab  paydo  bo’lgan  tog’  tizmalaridagi  yoyilmalarning  o’rni  o’zgarib 

turganligini  ilmiy  asosda  tushuntirib  berdi.  Yotqiziqlar  yoyilmalarining 

yuqorisidan pastga tomon tartib bilan: xarsangtosh, shag’al, qum va soz jinslaridan 

iborat  tabaqalashib  joylanishi  sodir  bo’ladi.  Bu  jarayon  birinchi  marta  Kopetdog’ 

yoni  qiya  tekisliklari  misolida  A.P.Pavlov  (1903)  tomonidan  tasvirlangan  edi. 

Tog’oldi kriyaliklari va konussimon yoyilmalarning o’rta qismlari dag’al va quyi 

qismlari mayin jinslardan tashkil topgan. 

Tog’oldi  lyoss  va  lyossimon  jinslardan  iborat  to’lqinsimon  rel’ef 

shakllarining  tuzilishi  yanada  murakkab.  Y.A.Skvortsov  Chirchiq-Angren  va   

Qashqadaryo     tog’oldi     qiya      yuksakliklarini  "Toshkent", Mirzacho’l va  Qarshi 

cho’li kabi qiyaliklarni "Mirzacho’l" yarusi yaratmalariga kiritadi, "Toshkent" sikli 

yaratmasi  tog’oldida  tektonik  ko’tarilishga  ko’proq  tortilgan  va  o’yilib  ketgan, 

quyi  qismlari  eroziya  natijasida  turli  darajada  yemirilgan.  Usti  qalin  lyoss  va 

lyossimon  jinslar  bilan  qoplangan,  ayrim  joylarida  bu  jinslar  yupqa,  shu  joylarda 

ba’zan  uchlamchi  va  bo’r  davri  qumtosh  va  konglomeratlari  chiqib  yotadi. 

"Mirzacho’l"  sikli  nisbatan  pastroq  joylarda  yaratilgan  bo’lib,  yuzasi  uncha 

o’yilmagan  va  yuzaki  qaraganda  lyossimon  tekisliklarga  o’xshaydi.  M.A.Pankov 

(1962) "Mirzacho’l" yarusi jinslarining genezisi g’oyat xilma-xil ekanligini aytadi. 

Y.A.Skvortsov  (1949),  N.A.Kogay  (1969),  G.F.Tetyuxin,  O.I.Islomov

 

(1966), 



O.Y.Poslovskaya (1961) "Toshkent" va "Mirzacho’l" yotqiziqlari orasida prinsipial 

farqni ajratmaganlar, V.B.Gussak va Nosirovlar (1961) esa "Toshkent"  sikli lyoss, 

"Mirzacho’l"  sikli  lyossimon  sozlardan  tashkil  topgan  deb  ta’rif  qiladilar. 

M.A.Pankov  (1962)  va  A.Rasulov  (1969)  lar  bo’yicha  lyossimon  jinslar  lyosslar 

singari  yirik  changga  boy,  lyossga  o’xshasada  lyoss  emas.  Ba’zan  esa  qayta   

yotqizilgan  lyoss  uchraydi.  B.A.Fedorovich  (1950),  N.V.Kimberg  (1968), 

A.S.Kess  (1959)  va  boshqalar  cho’ldan  changsimon  jinslarning  uchib  tog’oldida 



 

16 


to’planishini  maxsus  tadqiqotlar  bilan  isbotlaganlar.  Lyoss  cho’lda  uchramaydi. 

Tog’  etaklarida  yupqa,  tog’larning  yuqorisiga  tomon  ma’lum  balandlikgacha 

qalinlashib boradi. 

Tog’oldi tekisliklarida to’rtlamchi davr jinslari juda murakkab    bo’lib, suv-

eroziya-akkumulyativ,  eol-akkumulyativ  va  tektonik  jarayonlarni    boshidan  

kechirgan.  S.A.Kushnarr  (1937),  N.V.Vasilkovskiy  (1935)  va  boshqalarning 

fikrlariga  ko’ra  adirlar  to’rtlamchi  davr  dislokatsiyasi  natijasida  yaratilgan.  Ba’zi 

holatlarda  to’rtlamchi  davr  tektonikasi  natijasida  ba’zan  to’rtlamchi  davr  jinslari 

siqilib  ko’tarilgan bo’lsa  (Farg’ona  adirlari), boshqa  hollar  (Hisor tog’  etaklari)da 

uchlamchi davr jinslari bunday o’zgarishlarga uchragan. 

Adirlar bir joyda qalin lyosslar bilan qoplangan (Sharqiy Farg’ona), boshqa 

joylarda ular yupqa yoki umuman uchramaydi (G’arbiy Farg’ona). Buning sababi, 

sodir  bo’lib  turadigan  kuchli  shamollar  nurandi  mahsulotlarning  to’planishiga 

imkon bermaydi. 

To’rtlamchi  davr  mahsulotlari  O’zbekistonning  tog’oldi  qiya  tekisliklarida, 

daryo  vodiylari  va  deltalarida  hosil  bo’lgan.  Tog’oldining  daryo  o’zanlarida 

shag’al-qum,  I  va  II  o’zanusti  terrasalarida  2-3  m  qalinlikdagi  soz-qumloq 

jinslardan  tashkil  topgan.  Yuqori  terrasalar  esa  lyoss  va  lyossimon  jinslar  bilan 

qoplangan.  Daryo  vodiylarida  qumloq-soz  jinslar  hosil  bo’lgan.  Tekisliklarning 

ko’p  qismida  daryolar  tub  jinslarni  kesib  o’tgan.  Deltalarda  o’zan  yoni  qum-

qumloq, o’zanlararo pastliklar qumloq-soz jinslardan tashkil topgan bo’lib qalinligi 

5-10  m  (Zarafshon,  Qashqadaryo)  va  undan  ham  ko’p  (Amudaryo  deltasi). 

Allyuvial  vodiylar  1-3  m  qalinlikda  agroirrigatsion  yotqiziqlar  bilan  qoplangan, 

kesmasi  bir  xil  granulometrik  tarkibli  (qatlamlashmagan),  chirindili,  g’ovak 

tuzilishga  ega  ekanligi  bilan  onalik  jinsdan  ajralib  turadi.  Qizilqum  va  Markaziy 

Farg’onadagi  qumlar  to’rtlamchi  davr  akkumulyativ  yaratmalari  hisoblanadi. 

Temperatura  va  namlikning  fasllar  va  sutka  davomida  keskin  o’zgarib  turishi, 

mayin  jinslarning  olib  ketib  turilishi  qumda  nurashni  kuchaytiradi,  donalar  bir-

biriga bog’lana olmaydi va kuchli shamollarda ko’chib yuradi.  



 

17 



Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish