Tumani 56-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’naviyat va ma’rifat o’quvlari yig’ilishining Bayonnomasi №1


Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi



Download 215 Kb.
bet13/20
Sana19.04.2022
Hajmi215 Kb.
#562310
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
ma`naviyat o`quvi bayonnomalari

Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:



  1. Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir mavzusini barchamiz targ’ib etishga mas’ulmiz !

2. Ma’ruzalarni har bir pedagog xodim individual o’rganib chiqishi va xulosalar chiqarishi barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
3. Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Niyozovaga topshirilsin.
4. Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.

Yig’ilish raisi: A.To`rayev


Yig’ilish kotibi: O`Abduraxmonov
Baxmal tumani 56-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’naviyat va ma’rifat o’quvlari yig’ilishining
Bayonnomasi №4
2018- yil 1-iyun
Qatnashdilar: Maktab direktori: A.To`rayev
ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: O`Abduraxmonov
maktab xodimlari: 28 nafar xodim


Kun tartibidagi masala:
Ertangi kun yoshlar qo’lida, yoshlar harakatida, yoshlar ilmida, kerak bo’lsa qudratida Axborotchi : Sh.Imomova
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning kutubxona mudirasi Sh.Imomova so’zga chiqib, Odatdagidek, har oynig birinchi juma kuni ma’naviyat o’quvlari kuni. Bugungi ma’naviyat o’quvining mavzusi Ertangi kun yoshlar qo’lida, yoshlar harakatida, yoshlar ilmida, kerak bo’lsa qudratida
Bugungi erkin va ozod hayotning ma’nosi va qadr-qimmatini yoshlarning ongiga kim yetkazadi, ularga kim to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi? Buning uchun biz – birinchi navbatda ota-onalar, ustoz-murabbiylar mas’ul bo‘lishimiz zarur emasmi?
Shu ma’noda, “Yoshlarimiz ertaga kim bo‘ladi, qaysi g‘oya uchun kurashadi?” degan masala barchamizni har kuni, har daqiqada o‘ylantirishi lozim. Bunday o‘tkir masalalar Prezidentning talabi emas, zamonning, davrning talabi ekanini yana bir bor chuqur tushunib, anglab olishimiz kerak.
Binobarin, davlatimiz rahbarining 9-may kuni Xotira maydonida bildirgan fikrlarini shunchaki siyosat deb emas, balki or-nomusi, g‘ururi bor, vijdoni pok, irodasi mustahkam, o‘zini shu Vatan farzandi deb biladigan har qaysi odamning qalbida, yuragida bo‘lgan va uni bezovta qilayotgan tushunchalar sifatida qabul qilish mantiqiy jihatdan har tomonlama to‘g‘ri qarash bo‘ladi.
Shu o‘rinda muhim bir fikrga alohida to‘xtalish zarur. Hozirgi vaqtda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda bir paytlar o‘tmishda sodir bo‘lgan yoki bugun yuz berayotgan voqea-hodisalar asosida eski ginalar, nizo va adovatlarni qo‘zg‘ash, kimdandir o‘ch olish, millatchilikka berilish kabi holatlar biz uchun mutlaqo nomaqbuldir. Bizning maqsadimiz uzoqni ko‘zlab, yon-atrofimizdagi, dunyodagi vaziyatni xolisona tahlil qilib, birinchidan, bugun qanday murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimizni anglashda yoshlarga ko‘mak berish, ikkinchidan, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashdan iboratdir.
Bu borada ayniqsa Prezidentimizning hammamizga yaxshi ma’lum bo‘lgan “O‘z kuchi va kelajagiga ishongan xalqning bag‘ri keng bo‘ladi” degan so‘zlarini esga olish ayni muddaodir.
Ana shunday g‘oyalarni o‘z ongiga chuqur singdirib, hayotiy e’tiqodiga aylantirgan millat va xalqni hech qanday kuch o‘z tanlagan yo‘lidan qaytara olmaydi va bunday xalq o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsadlarga albatta erishadi.
Ma’lumki, yoshlar hamma masalada juda ta’sirchan, hissiyotga beriluvchan bo‘ladi. Ayniqsa, ular hayotda uchrab turadigan adolatsizlik, nohaqlik holatlarini nozik his qilib, bu boradagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni g‘oyat tez va hassoslik bilan qabul qiladi. Shuning uchun ham bizning g‘animlarimiz bugungi kunda hayotimizda mavjud bo‘lgan ayrim kamchiliklardan foydalanib, yoshlarimizni chalg‘itmoqchi, ularning qalbiga, dunyoqarashiga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘layotganini esimizdan chiqarmasligimiz lozim.



Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish