Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
Milliy g’oya xalqni birlashtiruvchi kuchdir. Millat istiqloli uchun kurashgan qatag’on qurbonlarni yod etish insoniylik burchdir mavzusini barchamiz targ’ib etishga mas’ulmiz !
2. Ma’ruzalarni har bir pedagog xodim individual o’rganib chiqishi va xulosalar chiqarishi barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
3. Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Imomovaga topshirilsin.
4. Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: A.To`rayev
Yig’ilish kotibi: O`Abduraxmonov
Baxmal tumani 56-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’naviyat va ma’rifat o’quvlari yig’ilishining
Bayonnomasi № 9
2021- yil 6-sentabr
Qatnashdilar: Maktab direktori: A.To`rayev
ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: O`Abduraxmonov
maktab xodimlari: 28 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
Mustaqillik o’zbek xalqining tarixiy g’alabasidir. Ozodlik bor joyda obodlik bor
Axborotchi : S.Kenjayev
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi S.Kenjayev so’zga chiqib, Odatdagidek, har oynig birinchi juma kuni ma’naviyat o’quvlari kuni. Bugungi ma’naviyat o’quvining mavzusi Mustaqillik o’zbek xalqining tarixiy g’alabasidir. Ozodlik bor joyda obodlik bor Bugungi erkin va ozod hayotning ma’nosi va qadr-qimmatini yoshlarning ongiga kim yetkazadi, ularga kim to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi? Buning uchun biz – birinchi navbatda ota-onalar, ustoz-murabbiylar mas’ul bo‘lishimiz zarur emasmi?
Istiqlol bunchalar go‘zal bu noming,
Non kabi e’zozli jondek shirin bol.
Yer shari yo‘lladi otashin salom,
Assalom o‘zbegim, qutlug‘ istiqlol!
—Mustaqillik — taqdirimizga o'zimiz egalik qilish huquqi, kelajagimizni o'z qo'limiz bilan barpo etish, yurtimiz boyliklaridan faqat xalq va Vatan manfaatlari yo'lida foydalanish demakdir. Mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash diniy ektremizim va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-mafkuraviy asoslari. Milliy g’oya keng mazmunga ega. U millatlararo totuvlik va milliy, diniy bagrikenglik g’oyalari bilan o’zaro mushtarak. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, milliy g’oya bu faqat birgina millatning emas, balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy maqsad yo’lida baholi qudrat hissa qo’shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.
Milliy g’oya — barcha sohalarda mavjud millatlar manfaatlarini o’zida ifoda etgan holda orzu qilingan kelajak jamiyatning asosini yaratish, mustahkamlash va rivojlantirish uchun bo’lgan umummaqsad yo’nalishidagi harakatlar majmuini milliy va diniy bag’rikenglikni uyg’otuvchi fikrlar, qarashlarni, g’oyalarni ham o’zida ifoda etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Bu jamiyatimizdagi milliy o’ziga xoslikni ifodalaydi.
Millatlararo totuvlik g’oyasi — umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasini shuningdek, uning tuman va shahar filiallarini tashkil etish, Jamg‘armaning mablag‘laridan Davlat dasturidagi tadbirlarni moliyalashtirish, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish uchun foydalanildi:
yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |