Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
Mustaqillik o’zbek xalqining tarixiy g’alabasidir. Ozodlik bor joyda obodlik bor mavzusini barchamiz targ’ib etishga mas’ulmiz !
2. Ma’ruzalarni har bir pedagog xodim individual o’rganib chiqishi va xulosalar chiqarishi barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
3. Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Imomovaga topshirilsin.
4. Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: A.To`rayev
Yig’ilish kotibi: O`Abduraxmonov
Baxmal tumani 56-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’naviyat va ma’rifat o’quvlari yig’ilishining
Bayonnomasi № 10
2021- yil 4-oktabr
Qatnashdilar: Maktab direktori: A.To`rayev
ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: O`Abduraxmonov
maktab xodimlari: 28 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
Til – millat va vatan timsoli! Axborotchi : K.Sadirova
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi K.Sadirova so’zga chiqib, Odatdagidek, har oynig birinchi juma kuni ma’naviyat o’quvlari kuni. Bugungi ma’naviyat o’quvining mavzusi Til – millat va vatan timsoli.
Mustaqilligimiz bergan imkoniyat tufayli milliy tilimiz yanada rivojlandi, ona tilimizga bo’lgan e’tibor chandon oshdi. Faxrlansa arzigulik ilmiy-ommabop, badiiy asarlar, lug’atlar, qomuslar yaratildi. Bularning bari quvonarli, albatta. Biroq ona tilimiz sofligi va ravnaqiga “soya solayotgan” ayrim kemtikliklar ham mavjudki, ulardan xalos bo’lmay turib, o’zimizni til fidoyisi atashga haqli seza olmaymiz...
“Hamma hunardan so’z hunari yaxshi”
O’z nutqini ta’sirchan, aniq, mantiqli, obrazli, jo’yali bo’lishini istagan kishi, albatta, til imkoniyatlaridan unumli foydalanishi kerak. Biroq ba’zida kelgusida shu til mutaxassisi bo’laman deb turgan talaba-yoshlarning o’z tilida so’zlashda qiyinchilik sezishlari, so’z boyligining sayozligi kuzatilib qoladi. SHunday lahzalarda baralla aytging keladi: “Axir biz kimmiz, buyuk so’zshunos Alisher Navoiy avlodlari emasmizmi?! Dunyo ijodkorlari orasida so’z boyligi bilan bayroqdor bo’lgan donishmand bizning yurtdan chiqqanligini bashariyat yaxshi biladi-ku!”
Axir, tilparvar Mahmud Koshg’ariy bobomiz turkiy til ravnaqi borasida gapira turib, turkiy til dunyoning manaman degan tili – o’z davrida “ilm tili” sifatida tan olingan arab tili bilan chin ma’noda bellasha olishini, shiddat bilan taraqqiy etayotgan “ikki uloqchi ot”ning biri ekanligini aytgani; Navoiy bobomiz “she’riyat tili” bo’lgan forsiy til bilan ona tilimizni muqoyasa qilib, ko’p jihati bilan turkiy, ya’ni o’zbek tilining forsiy tildan ustunligini asoslab berganini unutish mumkinmi?!
O’ylab ko’raylik, qaysi tilda birgina “qizil” so’zining 70 ga yaqin ma’nodoshi bor?! Tilshunos olim Bahrom Bafoev ta’kidicha, Alisher Navoiy o’z asarlarida “qizil” so’zi ma’nosini beruvchi 70 ga yaqin so’z (ol, sur, arg’uvon, ahmar, gul-gul, gulgun, yoqut, la’l, rummoniy va h.k.)dan foydalangan ekan. Yoki ma’shuqaga murojaat birliklari sifatida 100 ga yaqin so’z (sevgili, yor, dilrabo, dildor, dilorom, diliston, nigor, dilbar, mahbub, gul va h.k.) qo’llanishi yana qaysi tilda uchraydi?
Ma’rifatparvar olim Abdurauf Fitrat “Tilimiz” maqolasida o’zbek tilini “Dunyoning eng boy tili” sifatida ta’riflaydi, tilimizning boyligi va o’ziga xosligini yetarlicha izohlaydi. SHu ma’noda, tilimiz “sayozligi”, “kambag’alligi”dan noligan, muomala-munosabatda o’zga tillarda so’zlashni ma’qul ko’ruvchi “til bilimdonlar”iga qarata achchiq bo’lsa-da, aytish lozimki, ular ona tilimizdan emas, balki shu tildan o’rinli foydalana olmayotgani uchun o’zidan shikoyat qilsa, yarashar edi. O’z tili imkoniyatlari, so’z boyligidan to’laqonli foydalana olmaslikni rus masalchisi I.Krilovning “Maymun va ko’zoynak” masalidagi voqeaga qiyoslash mumkin. Masal voqeasiga ko’ra ko’zoynak qo’liga tushib qolgan maymun uni oyog’iga, bo’yniga, dumiga taqib ko’radi, uning foydasi yo’q deb biladi va jahl bilan ko’zoynakni sindiradi. Eng achinarlisi, undan qanday qilib foydalanish kerakligini bilmagani uchun o’zidan ranjimaydi...
Do'stlaringiz bilan baham: |