Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
“Yoshlar - kelajagimiz” hamda “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturlari ijrosi – ijtimoiy rivojlanish garovidir mavzusini barchamiz targ’ib etishga mas’ulmiz !
2. Ma’ruzalarni har bir pedagog xodim individual o’rganib chiqishi va xulosalar chiqarishi barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
3. Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Imomovaga topshirilsin.
4. Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: A.To`rayev
Yig’ilish kotibi: O`Abduraxmonov
Baxmal tumani 56-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’naviyat va ma’rifat o’quvlari yig’ilishining
Bayonnomasi № 7
2021- yil 5-iyul
Qatnashdilar: Maktab direktori: A.To`rayev
ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: O`Abduraxmonov
maktab xodimlari: 28 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
“Kitob - ma’naviy xazina”, “Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish umummiliy harakat” Axborotchi kutubxona mudiri Z.Ilyosova
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab kutubxonachisi Z.Ilyosova so’zga chiqib, Odatdagidek, har oynig birinchi juma kuni ma’naviyat o’quvlari kuni. Bugungi ma’naviyat o’quvining mavzusi “Kitob - ma’naviy xazina”, “Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish umummiliy harakat” Barchamizga ma’lumki, o`quvchi- yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish , ularni kitob olamiga olib kirish bugungi kunning bosh masalasidir.Ayniqsa, fan-texnika shiddat bilan o`sib borayotgan , tezkor va shiddatli axborot oqimi yashin tezligida qamrab olayotgan bir davrda yoshlarni – o`quvchilarni kitobxonlikka da’vat etish bugungi kunnimizning - ijtimoiy va siyosiy hamda ma’naviy – ma’rifiy hayotimizning tub qismidir.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev imzolagan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida” gi farmoyishi adabiyotimiz rivojiga, kitobxonlik madaniyatini yuksalishiga qaratilgan tarixiy voqea bo’ldi. Bu qilinayotgan ishlardan asosiy maqsad bitta – barkamol avlodni bo’sh vaqtlarini bekor o’tkazmasdan ko’proq kitob o’qishga undash. Hammamiz bilamizki, ko’p kitob o’qiydiganlargina jamiyatda katta o’zgarishlar qila oladi va ular hayot peshqadamlari bo’la olishadi.
Bizningcha, bu borada maktablarning ichki sinflar kesimida alohida , shuningdek maktablar kesimida alohida tadbirlarning o`tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Sinflar kesimida o`tkaziladigan tadbirlarda sinf o`quv dasturi hamda dasturdan tashqari o`quvchilarning psixo-fiziologik jihatlariga mos keluvchi mustaqil o`qiladigan asarlardan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim , jumladan har bir sinf o`quv soatida ko`rsatilganidek ;
5-sinflarda “O`zbek xalq ertaklari”, “ Bolalik”, “O`tmishdan ertaklar”, “Dunyoning ishlari”, “Hellodos”;
6-sinflarda “Shum bola”, ”Sariq devni minib”, “Yulduzli tunlar”,”Yulduzlar mangu yonadi”;
7-sinflarda “Oq kema” , “ Mehrobdan chayon”, “Birinchi muallim” , “Alvido bolalik”;
8-sinflarda” Chinor”, “Ufq” trilogiyasi, ”Nur va soyalar” , “Odam bo`lish qiyin”;
9-sinflarda “Kecha va kunduz”, “ Ulug`bek xazinasi “, “Asrga tatigulik kun”, “Yevgeniy Onegin”;
10-sinflarda “O`tkan kunlar “, “Ikki eshik orasi” , “Hayotga muhabbat “, “Qorako`z majnun “ hikoyalari. Shuni alohida qayd etmoq ham lozimki , o`quvchilarni kitobxonlikka jalb etish faqatgina ona tili va adabiyot fani o`qituvchilarining yoki kutubxonachilarning ishi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |