Baxmal tumani 56-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’naviyat va ma’rifat o’quvlari yig’ilishining
Bayonnomasi №4
2021- yil 5-aprel
Qatnashdilar: maktab direktori: A.To`rayev
ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: O`Abduraxmonov
maktab xodimlari: 24 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
1. Amir Temur-milliy o’zlikni anglash va adolat timsoli.
Axborotchi : Sh.Elova
Kun tartibidagi masala yuzasidan boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sh.Elova so’zga chiqib, Amir Temur-milliy o’zlikni anglash va adolat timsoli mavzusida ma’ruza o’qidi.
. "Temur tuzuklari" va boshqa ko‘pgina tarixiy manbalarda yozilishicha, Sohibqiron Amir Temur hazratlari jasur va mard, ishbilarmon va tadbirkor, shijoatli kishilarga o‘zgacha nazar bilan qaraganlar. Chunki, Sohibqiron o‘z hayotiy tajribalariga tayanib, bunday fazilatlarga ega bo‘lgan kishilar xalq ommasining hurmatiga sazovor bo‘ladi, bu saltanat esa har taraflama qudratli va mustahkam bo‘ladi deb hisoblagan. Bu haqda o‘z tuzuklarida shunday deb bayon qiladilar: "Tajribamda ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat'iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur" yoki "Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi". Tarixchi ibn Arabshoh ham ushbu masalaga to‘xtalib shunday deydi: "Temur qo‘rqmas, shijoatli, botir kishilarni itoat qildiruvchi bo‘lib, jasoratli kishilarni, dovyurak va mardlarni yoqtirar edi".
Nima uchun? Chunki, Sohibqironning o‘zi tadbirkor va ishbilarmon, dovyurak va mard davlat arbobi edi. Masalan, g‘arb va sharqda yashab o‘tgan juda ko‘p taniqli sarkardalar kuchsizlanib, tarqoqlikka yuz tutgan mamlakatlarni fath qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsalar, Amir Temur aksincha, qudratli harbiy kuchga ega bo‘lgan, moddiy tomondan o‘zini kuchli hisoblagan, lekin ma'naviy tomondan parokondalikka yo‘liqqan, ya'ni jabr zulm, fisqu-fasod va buzuqchilik kuchaygan mamlakatlarni fath qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
Amir Temur-milliy o’zlikni anglash va adolat timsoli. mavzusida qilgan ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
Ma’ruzani har bir pedagog xodim individual o’rganib chiqishi va xulosalar chiqarishi barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Elova va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin.
Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Yig’ilish raisi: A.To`rayev
Yig’ilish kotibi: O`Abduraxmonov
Do'stlaringiz bilan baham: |