Mard o’G’lonlar nomi barhayot



Download 53,5 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi53,5 Kb.
#401684
Bog'liq
14--yanvar (2)qisqa


MARD O’G’LONLAR NOMI BARHAYOT

Vatan oldidagi burchini ado etish chog’ida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini ta’minlash yo’lida halok bo’lgan mard va jasur o’g’lonlarning aziz xotirasiga ehtirom ko’rsatish biz uchun ham farz ham qarzdir.

Sh. Mirziyoyev

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Necha-necha yillar, asrlar osha ko’hna tarix isbotlagan haqiqat shuki, inson o’zini-o’zi anglashi uchun avvalo, shaxs sifatida ozod yashashi kerak. Bu ozodlikning mazmuni-- ezgulikka intilish, mezoni -- insonlarga naf keltirish, maqsadi—o’z xalqi va Vatan uchun sinovlarga dosh berish demakdir.

Jasoratning katta kichigi bo’lmaydi. O’zbekistonimiz mustaqillikni qo’lga kiritganiga tarixan qisqa vaqt—o’ttiz yil bo’lgan esada, shu davrda Vatanning ko’plab asl farzandlari, xususan, mard harbiylarimiz mustqilligimizni asrash, yurtimiz tinchligini ta’minlash xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan xalqimizning ana shunday botir, jasur va fidoiy farzandlari xotirasiga hurmat hamda ehtirom namunasi sifatida oilalari doim davlatimiz e’tiborida.

Ushbu maqolamda tilga olinadigan har bir taqdir jonajon O’zbekistonimiz bugungi faravon kunlarga yetguncha ne-ne mashaqqatli yo’llardan o’tgani, el-yurtimiz boshiga turli sinovlar tushganda qo’rqmasdan, harbiy qasamyodiga sodiq turib, xalqimiz tinchligi uchun o’z shirin jonini ayamagan Buyuk Ipak Yo’li chorrahasi bo’lmish Samarqandning jasur va mard o’g’lonlari xotirasini yodga olishdir. Mustaqilligimizni himoya qilish yo’lidagi og’ir kurashlarda yuz bergan talafotlar o’rni qoplandi, shikastlangan binolar tiklandi. Biroq qurbon bo’lganlarning oilalariga yetgan zararni, ayniqsa, farzandlaridan ayrilgan ota-onalar, yetim bo’lgan bolalar, tul qolgan kelinlar qalbidagi yarani bitkazish qiyin.Ammo ularning yorqin xotirasi doimo abadiy, hayot yo’li ibratdir.

1990-yil


Ismatullo Ibodov 1961-yil 2-aprelida Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi Mulkiayoz qishlog’ida tug’ilgan.

1981-1983-yillarda harbiy xizmatda bo’lgan.1980-yil SamDU biologiya fakultetining kechki bo’limiga o’qishga kirgan.

1983-yildan viloyat IIB post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tizimida turli lavozimlarda xizmat qilgan. “A’lo xizmatlari uchun” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.1991-yil 18-avgustda qurollangan jinoyatchini qo’lga olish paytida halok bo’lgan.

1994-yil

Aslam Ro’ziyev 1957-yili Samarqand viloyatida tug’ilgan.Ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 1984-yili Tishkent shahri Yakkasaroy tumani ichki ishlar bo’limi jinoyat qidiruv boshqarmasi kichik inspektori lavozimida boshlagan.

19994-yil 27-avgust kuni tunda jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan berilgan operativ ma’lumotni tekshirish maqsadida ketayotganida jinoyatchi tomonidan qasddan sodir etilgan yo’l-transport hodisasida og’ir jarohatlanib, shifoxonada vafot etgan.

Ravshan Qodirov 1969-yil 16-aprelda Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi Sochak qishlog’ida tug’ilgan.1986-yil tumandagi 26-maktabni bitirgan.

1987-1989-yillarda Afg’oniston Respublikasi va Toshkent viloyatida harbiy xizmatda bo’lgan. 1993-yilda Termiz bojxona xizmatiga ishga qabul qilingan.

1994-yil 3-fevralda Ravshan Qodirov bojxona postida o’z xizmat vazifasini bajarish chog’ida jinoyatchilarga qarshi kurashda halok bo’lgan.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1995-yil 30-avgustdagi farmoniga asosan harbiy burchini bajarish, respublikada milliy xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini muxofaza qilish chog’ida jasurlik va matonat ko’rsatgani uchun Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi kichik inspektori Ravshan Qodirov vafotidan so’ng “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.

1996-yil

Baxtiyor Mullabekov 1970-yil 25-iyunida Samarqand shahrida tavallud topgan.1986-yil shahardagi 63-o’rta ta’lim maktabini tamomlagan.1987-1989-yillarda harbiy xizmatda bo’lgan. 1993-yili Ichki Ishlar Akademiyasini tamomlab, Samarqand viloyati IIB Kadrlar bo’limida xizmat faoliyatini boshlagan.

1996-yil 1-yanvarda Samarqand shahrining So’g’diyona dahasida bir guruh tartibbuzarlarni tartibga chaqirish chog’ida jinoyatchilar tomonidan yetkazilgan og’ir jahorat oqibatida vafot etgan.

1998-yil


Fayzulla Umarov1968-yil 2-iyulda Samarqand viloyatining Samarqand tumanidagi Yalang’och qishlog’ida tug’ilgan. 1968-yili Alisher Navoiy nomidagi 82-umumta’lim maktabini tamomlagan.

1979-1984-yillarda Toshkent avtomobil va yo’llar institutida tehsil olgan

1990 –yildan ichki ishlae safida xizmat qila boshlagan . Faoliyati davomida Jizzax shahar IIB huzuridagi qo’riqlash bo’limida vzod komandiri vazifasi dan shahar davlat avtomobil nazorati bo’limasi yo’l harakatini tashkil etish guruhi muhandisi vazifasigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tgan.

1998-yilda bir guruh tartibbuzar kimsalar bilan olishuv paytida olingan og’ir

jarohat oqibatida vafot etgan.

2000-yil


Ulug’bek Barnoyev 1978-yil 1-notabrda Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on

Shahrida tug’ilgan. Shahardagi 16- maktabni bitirgach,19-sonli kasb-texnika bilim yurtida tehsil olgan.

1997-yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan. Muddatli harbiy xizmatdan so’ng Mudofaa vazirligi qo’shinlarida shartnoma asosida xizmatda qolgan va yangi tashkil etilgan maxsus operatsiyalar batalyoniga qabul qilingan.

Ulug’bek Barnoyev 2000-yil yozida Surxondaryo viloyatining tog’li hududlarida xalqaro terrorchi guruhlarga qarshi o’tkazilgan jangovor harakatlarda faol ishtirok etib, olingan og’ir jarohat tufayli halok bo’lgan.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2000-yil 25-avgustdagi Farmoniga muvofiq shtarshina Ulug’bek Barnoyev vafotidan so’ng “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.

2002-yil


Egamberdi Aliqulov 1963-yil 4-aprelda Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanida tug’ilgan.Hamid Olimjon nomidagi 56-o’rta maktabni hamda Charxin qishlog’idagi 188-hunar-texnika bilim yurtida o’qigan.1981-1983-yillarda harbiy xizmatni o’tagan.1985-yilda Samarqand viloyati IIB yong’indan saqlash boshqarmasi tizimida xizmat faoliyatini boshlagan.

2002-yil 27-avgustda yuz bergan yong’inni bartaraf etish paytida vafot etgan.

2004-yil

Begijon Atamov 1975-yil Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug’ilgan.1999-yildan ichki ishlar organlarida xizmat qila boshlagan.

2004-yil 31-yanvarda ekstremistik guruh a’zolari bilan bo’lgan to’qnashuvda yaradoe bo’lib, shifoxonada vafot etgan.

Faxriddin Tirkashev 1971-yilda Samarqand viloyatida tug’ilgan.Ichki ishlar organlarida xizmat faoliyatini 1993-yildan Shayxontohur tumani ichki ishkar boshqarmasi post-patrul xizmati rotasida militsioner vazifasida boshlagan.

2004-yil 29-mart kuni Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida joylashgan “Bolalar dunyosi” do’koni yonida noma’lum ayolning o’z tanasiga joylashtirilgan portlovchi moslamani harakatga keltirishi oqibatida og’ir tan jarohati olib voqea joyida halok bo’lgan. O’bekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2004-yil 26-apreldagi Farmoniga binoan Faxriddin Tirkashev vafotidan so’ng “ Jasorat” medali bialn mukofotlangan.

2006-yil


Abduvohid Ulashev 1970-yil 3-martda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug’ilgan.1987-yil 39-umum ta’lim maktabini bitirib, Tyumen oliy harbiy-muhandislik-qo’mondonlik bilim yurtiga o’qishga kirgan.

2000-yil Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagach, Sharqiy harviy okrukka xizmatga jo’natilgan.

Abduvohid Ulashev 2006-yilning 20-sentabrda xizmat vazifasini bajarish paytida halok bo’lgan.

2008-yil


Elyor Usmonov 1981-yil Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan. 2002-2008-yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilgan.2002-yilda Toshkent shahar ichki ishkar boshqarmasi huzuridagi qo’riqlash boshqarmasining 1-alohida militsiya bataloni 2-otryadi militsioneri lavozimida xizmat qila boshlagan.

2008-yil xizmat vaqtida jinoyatchi tomonida yetkazilga jarohat sababli vafot etgan.O’zbekiston respublikasi Birinchi Prezidentining 2008-yil 27-avgustdagi Farmoniga binoan vafotidan so’ng “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

2010-yil

Suhrobbek Qulmurodov 1981-yil 1-sentabrda Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani To’qboy qishlog’ida tug’ilgan.1987-1997-yillarda shu qishloqdagi 25-umumta’lim maktabida tehsil olgan.1999-2000-yillar mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida xizmat qilgan.

Shundan so’ng viloyat yo’l-harakati xavfsizligi boshqarmasida faoliyatini davom ettirgan.

2010-yil xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida yuz bergan yo’l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan.

2011-yil.

G’ofir Jo’rayev 1961-yil 18-sentabrda Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan.Kattaqo’rg’on shahrida maktabni, keyin o’rta maxsus bilim yurtini tamomlagan.Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi quitqruv otryadi suvda qutqaruv guruhida qutqaruvchi vazifasida xizmat qolgan.

2011-yilning 21-avgustida xizmat vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan.

2012-yil


Sobirjon Ashurov 1984-yil 4-martda Samarqand viloyati Tayloq tumanida Sochak qishlog’ida tug’ilgan.Mazkur tumanning 18-umumta’lim maktabini tamomlagan.2002-2003-yillar mamlakat Qurolli Kuchlarida xizmat qilgan.2004-yidan Samarqand yo’l-patrul xizmati, keyimchalik viloyat IIB yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasida inspector vazifasida faoliyat ko’rsatgan.

2012-yil 7-noyabrda Samarqand-Kattaqo’rg’on avtomobil yo’lida o’zining xizmat burchini bajarayotgan vaqtida yuz bergab yo’l-transport hodisasi oqibatida halok bo’lgan.

2013-yil

Jo’ramurod Qodirov 1982-yil 15-noyabrda Samarqand viloyati Urgut tumanida ziyoli oilada tug’ilgan.2000-yil o’rta makatabni tamomlagan.2001-2002- yillar Qurolli Kuchlar safida xizmat qilgan.2002-yilda Toshkent shahar IIBga ishga qabul qilingan.

2013-yili 29-iyun kuni “Qoraqo’ton” tog’li kon hududdida xizmat vazifasini bajarayotganda tabiiy boyliklarni talon-taroj qilishga qasd qilgan jimsalar bilan yuz bergan olishuv paytida og’ir tan jarohati olgani oqibatida vafot etgan.

2016-yil


Bahrom Ergashev 1984-yil 13-fevralda Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan. Kattaqo’rg’on shahridagi 14-maktabni bitirib, Toshkent oliy umumqo’shin-qo’mondonlik bilim yurtida tehsil olgan. 2005-2016-yillarda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari tarkibida ofitserlik lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.

2016-yil 18-oktabrda Farg’ona viloyati hududidagi jangovar topshiriqni bajarish chog’ida “Mi—171 YE” vertalyotining falokatga uchrashi oqibatida halok bo’lgan

Vafotidan so’ng “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.

2017-yil


Alibek Shodmonov 1990-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on shahrida tug’ilgan.O’rta maktabni tugatgach, Kattqo’rg’on iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tehsil olgan.

2010-yildan Yong’in xavfsizligi xizmatida xizmat qila boshlagan. Umrining so’nggi yillarida Kattaqo’rg’on shahar 9-harbiylashtirilgan yong’in xavfsizligi qismi yong’inni o’chirish ekipajining katta o’t o’chiruvchisi sifatida faoliyat ko’rsatgan. 2017-yil 19-dekabrdan 20-dekabrga o’tar kechasi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo’lgan.

Bu maqolani yozgunimcha ko’nglimdan qanday og’ir kechinmalar o’tgani faqat o’zimga ayon.Yuqorida barhayot nomlari tilga olingan bahodir, qo’rqmas, vatanparvar yurtdoshlarimizning hayot yo’li esa yanada ibratlidir.Bo’ladigan bola boshdan ma’lim deganlaridek, qahramonlarimiz bolalik, yoshlik davrlarida ham oilasi, el-yurtiga mehribon, jonkuyar inson bo’lishganini ular bilan yaqindan tanish bo’lganlarning fikrlaridan yaqqol ko’rish mumkin. Hayot yo’li to’laqonli ibrat bo’lmish ushbu insonlar harbiy soha vakillari bo’lmaganlarida ham Vatan uchun eng munosib xizmatni qilgan bo’lar edi.

Vatanni himoya qilish, mardlik va jasorat jo’rsatish faqat jang maydonida bo’lmaydi. Qahramonlik ibtidosi kundalik hayotimizdan, odamlarning og’irini yengil qilishdan, o’z manfaatini el-yurt ravnaqi bilan uyg’unlashtirishdan boshlanadi. Milliy o’zlik va milliy g’ururni saqlash hamda yuksaltirishni o’z umrining mazmuni, deb bilgan, o’z qarashlari va mezonlariga ega, yagona maqsad yo’lida birlashgan xalq va davlatni hech qanday kuch yengolmaydi.

Mustaqillik yillarida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi erkin va obod hayotini ta’minlash yo’lida aziz jonini qurbon qilgan mard va jasur o’g’lonlarimizning so;nmas xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi. Ularning ibratli umri jonajon Vatanimizga fidoyilik, el-yurt tinchligi va kelajagi uchun kerak bo’lsa jonini ham berishga tayyor tura olish borasida yoshlarimiz uchun doimo o’rnak va namuna bo’lib xizmat qila oladi.

Umida Mstafaqulova



Samarqand Davlat universiteti Kattaqo’rg’on filiali 1-bosqich talabasi
Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish