Nuriddin Rahmonov
Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti II bosqich magistranti
Yuksak ma’naviyatli avlod – Uchinchi Renessans bunyodkorlari
“Ishonchim komil, biz jonajon Vatanimizga bo‘lgan cheksiz mehrimiz va sadoqatimizni muqaddas bayroq qilib, bor bilim va tajribamiz, aql-zakovatimizni ishga solib, yagona xalq, yagona millat bo‘lib, ko‘zlagan ezgu maqsadimizga albatta yetamiz.”
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Mehri qaynoq quyosh zarlvorli tog‘lar ortidan “Assalomu alaykum” deya yam-yashil vodiylarga tillo nurlarini socha boshlagan tongotarda O‘zbekiston ham uning qoshiga Yangi zafarlar, Yangi muvaffaqiyatlar, Yangi maqsadlar bilan peshvoz chiqadi. Davomli tongsahardan “Qishlarida bahor shivirlaydigan, sal ko‘rmasa quyosh sog‘inadigan” Vatanimiz - O‘zbekistonda hayot qaynaydi. Tinchlikni kuylab uchayotgan qushlarning tilida ham, Tinchlik uchun ovoz bergan yosh saylovchilarning ovozida ham bir so‘z – “O‘zbekiston” bor. Kuni kecha ekilgan daraxtlarda yetilgan mevalar savat-savat bo‘lib, xalqimiz dasturxoniga to‘kiladi. Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi Milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari mujassamdir. Shoir tili bilan muxtasar qilib aytganda,
Hurriyat yo‘lida sobit yurgan xalq.
Bugun manglayidan nur yugurgan xalq.
Buyuk Davlat qurgan, Vatan qurgan xalq.
Vatan qurmoqlaring oson bo‘lmadi.[1]
Lekin bu kunlarga osonlikcha erishilmaganligini, bu makon o‘z-o‘zidan Jannat bo‘lib qolmaganligini keksalar tilidan so‘z uvalanarkan, muhabbatli o‘t-olov yoshligini jang maydonlarida qon kechib, o‘tkazganligi haqidagi, garchi biz uchun afsonadek tuyulsa-da, lekin hayotiy haqiqat bo‘lgan voqealardan Yurtimiz yetakchisi Shavkat Miromonovich Uchinchi Renessans haqida to‘xtalar ekan shunday deydi. “Har qaysi xalq hayotidagi ma’naviy uyg‘onish jarayonlari milliy o‘zlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uyg‘onish, tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon.”[1.10] Bugungi tinch-osiyishta turmush, farovon hayot, gullab yashnayotgan mamlakat- bularning barchasi uchun bosh omil bo‘lgan Mustaqillik va Tinchlik – doimo ardoqli va dunyolarga bergusiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengash raisi Shavkat Mirziyoevning ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan video-selektor yigilishidagi ma’ruzasida “agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruxi - ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iktisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz.” [2.4] Degan edilar. Shuni ham ta’kidlash lozimki, Vatan kelajagining buyukligi uning faqat oltin-u boyliklari, boy konlari, bilangina emas, balki intellektual salohiyati kuchli bo‘lgan farzandlarining aql - idroki, bemisl kuch-qudrati, fidoyiligi bilan ham yuzaga chiqadi.
Yana yurtimiz yetakchisi aytgan gaplarga qaytamiz “Hammamizga ayonki, bugungi kunda dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda. Jahonda manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari bashariyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga, kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi taxdid va xatarlar tobora kuchaymoqda.” [3.7]
Bugun tobora chuqurlashib borayotgan globallashuv jarayoni turli fitnalar uchun yanada qulay sharoit yaratishini unutmasligimiz lozim. Mana shunday o‘ta tahlikali sharoitda Tinchlikni qadriga yetish, istiqlol ruhi, uning bunyodkorona shukuhi bilan bir qatorda shukronalik tuyg‘usi va yurtga muhabbatni yurakka joylab, o‘zimizda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitet hosil qilishimiz darkor. Vatan Taqdiri Yoshlar qo‘lida ekan, manzildan adashtiruvchi kimsalar bisyor. Lekin biz yoshlar ham kechagi kunning odamlari emasmiz. Mustaqillik ulg‘aytirgan, tarixdan saboq chiqarib, kelajakka dadil qadam tashlab borayotgan Yangi O‘zbekistonning fidoyi yoshlarimiz. Bizning o‘z Yo‘limiz bor. Bu yorug‘ yo‘llarda biz barcha g‘alabalarga erishamiz, albatta.
Yurtimiz yetakchisi Shavkat Miromonovich: “bugungi O‘zbekiston-bu hali tom ma’nodagi biz orzu qilayotgan, intilayotgan Yangi O‘zbekiston emas. Hali bu marraga yetish uchun oldimizda juda olis va mashaqqatli yo‘l turibdi. Yo‘limiz shu paytgacha oson bo‘lgani yo‘q. Bundan keyin ham oson bo‘lmaydi. Lekin biz dadil oldinga borishdan, kerak bo‘lsa, kutilmagan, ammo pirovard natijasi samarali va xalqimiz manfaatlariga javob beradigan naan’anaviy qarorlar qabul qilishdan cho‘chimasligimiz zarur.” [4.17] deb aytganlarida o‘zbek xalqiga, millatiga uning boy ma’naviyatiga ishonch belgisini ifodalaganlar. Darhaqiqat o‘zbek xalqi boy madaniyatga ega. Milliy madaniyatimizni va ma’naviyatimizni hatto chet el bosqinchilari ham kata kuch bilan yo‘q qila olmaganlar. Chunonchi, u haqda Tukiston bosqini tashkilotchisi Skobelov o‘z podshohiga yozgan maktubida: “Mahalliy xalq biz o‘ylagandan ko‘ra madaniyatli ekan. Ularni bo‘ysindira olmayapmiz…” Bu xalqni o‘tmishida yaratgan barcha osori-atiqalarni, masjid-u madrasalarini, diniy kitoblarini yer bilan yakson qilibgina, uning ma’naviyatini so‘ndiribgina o‘z qanotimiz ostiga olishimiz mumkin”,[5.32] deb yozgan edi.
E. Vohidov “O‘zbegim” qasidasida shunday yozadi:
Tarixingdir ming asrlar,
Ichra pinxon o‘zbegim.
Senga tengdosh pomir-u,
Oqsoch Tiyonshon o‘zbegim.
So‘ylasin Afrosiyob-u,
So‘ylasin O‘rxun xati.
Ko‘xna tarix shodasida
Bitta marjon o‘zbegim.
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,
Al-Farob avlodidan.
Asli nasli balki o‘zluq,
Balki Tarxon o‘zbegim.[7]
Zero, bu muqaddas tuprog‘imizda xorijiy bosqinchilik ko‘p bo‘lgani, milliy davlatchiligimiz va uning huquqiy asoslari bir necha bor vayron qilingani hech kimga sir emas. Qadim ajdodlarimiz yashagan ikki daryo oralig‘i – Movarounnaxr sarhadlariga Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr Makedonskiy, Arabistondan Qutayba, Mo‘g‘ulistondan Chingizxon. Rossiyadan Cherniyayev, bostirib kelgan Ularning maqsadi – o‘zga xalqni ezish, mute qilish va boyliklariga ega bo‘lish hamda milliy davlatchiligimizga putur yetkazishdan iborat edi. Ular tomonidan qilingan vayronagarchiliklarning hammasi milliy davlatchiligimiz shakl-shamoyillarini o‘zgartirib yubordi.
Tarixiy tajribadan ma‘lum bo‘ladi-ki, yuksak ma’naviyat, go‘dakning murg‘ak qalbiga ona ko‘ksidan, ona bag‘ridan, ona allasidan, ota namunasidan, ajdodlar o‘giti orqali milliy ruh va milliy ongni olib kiradi.
Nihollar nihollardan bo‘y olib o‘sganlari kabi yillar ham yillardan qad olib ulg‘ayaveradi. Prezidentimiz ishongan Yangi O‘zbekiston yoshlari esa birlashib, vaqtning uchqur tulporida yuksak cho‘qqilarni birma bir zabt etib boraveradilar. Bugungi obod va orasta yurtimiz yuksak ma’naviyatli yigit – qizlarning shaxd-u shijoati, o‘ziga qat‘iy ishonchidan kuch olib yuksalaveradi. Zero yurtimiz yetakchisi aytganidek, “Ishonchim komil, biz jonajon Vatanimizga bo‘lgan cheksiz mehrimiz va sadoqatimizni muqaddas bayroq qilib, bor bilim va tajribamiz, aql-zakovatimizni ishga solib, yagona xalq, yagona millat bo‘lib, ko‘zlagan ezgu maqsadimizga albatta yetamiz.”[6.0]
Adabiyotlar ro‘yxati
Mirziyoyev. Sh Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. – T.: O‘qituvchi, 2021. – 10-b
Mirziyoyev. Sh Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik milliy g‘oyamizning poydevoridir. – T.: “ Tasvir” nashriyot uyi, 2021. – 4-b
Mirziyoyev. Sh Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik milliy g‘oyamizning poydevoridir. – T.: “ Tasvir” nashriyot uyi, 2021. – 7-b
Mirziyoyev. Sh Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. – T.: O‘qituvchi, 2021. – 17-b
O‘rinboyev. A Ma’naviyat-millatning kuch qudrati. – T.: Karrlo, 2006. – 32-b
Mirziyoyev. Sh Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. – T.: O‘qituvchi, 2021. – 0-b
Internet ma’lumotlari
1.http://btr2014.zn.uz>posts
2.Vohidov. E Kutubxonachi.uz. O‘zbegim (Qasida)
Do'stlaringiz bilan baham: |