Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
Vatan ozodligi va farovon hayot-har bir insonning oliy maqsadi mavzusida qilingan ma’ruza qoniqarli deb topilsin
Ma’ruzalarni har bir pedagog xodim individual o’rganib chiqishi va xulosalar chiqarishi barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish D.To’yevaga topshirilsin.
Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Yig’ilish raisi: A.To`rayev
Yig’ilish kotibi: O`Abduraxmonov
Baxmal tumani 56-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’naviyat va ma’rifat o’quvlari yig’ilishining
Bayonnomasi №9
2018- yil 7-sentabr
Qatnashdilar: Maktab direktori: A.To`rayev
ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: O`Abduraxmonov
maktab xodimlari: 25 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
Mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash diniy ektremizim va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-mafkuraviy asoslari Axborotchi : S.Kenjayev
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi S.Kenjayev so’zga chiqib, Odatdagidek, har oynig birinchi juma kuni ma’naviyat o’quvlari kuni. Bugungi ma’naviyat o’quvining mavzusi Mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash diniy ektremizim va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-mafkuraviy asoslari. Milliy g’oya keng mazmunga ega. U millatlararo totuvlik va milliy, diniy bagrikenglik g’oyalari bilan o’zaro mushtarak. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, milliy g’oya bu faqat birgina millatning emas, balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy maqsad yo’lida baholi qudrat hissa qo’shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.
Milliy g’oya — barcha sohalarda mavjud millatlar manfaatlarini o’zida ifoda etgan holda orzu qilingan kelajak jamiyatning asosini yaratish, mustahkamlash va rivojlantirish uchun bo’lgan umummaqsad yo’nalishidagi harakatlar majmuini milliy va diniy bag’rikenglikni uyg’otuvchi fikrlar, qarashlarni, g’oyalarni ham o’zida ifoda etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Bu jamiyatimizdagi milliy o’ziga xoslikni ifodalaydi.
Millatlararo totuvlik g’oyasi — umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir.
Bu g’oya — bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasida o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma’naviy asosidir.
Milliy g’oya — har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to’la ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.
Muayyan mamlakatga nom bergan (titul) millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar o’rtasida hamjihatlik bo’lishi Ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Aksincha, milliy g’oyaning ahamiyatini tushunib yetmaslik jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.
Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat, bu — tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g’oyalar ta’siriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tushishi muqarrar. XX asrda Yevropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo’lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan xdaoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g’oyasiga asoslangan kommunizm g’oyasi bunga yaqqol misol bo’ladi.
O’zbekiston hududida qadimqadimdan ko’plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular o’rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo’lmagani xalqimizning azaliy bagrikengligini ko’rsatadi.
Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o’zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir. U xalqimizga bo’lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |