1-joriy nazorat
1.Soliqlarning iqtisodiy mohiyati- Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug‘ullanish iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi.
2.Soliqlarning ob'ektiv zarurligi- Soliqlarning ob’ektiv zarurligini jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko‘p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida davlatning yangi vazifalari paydo bo‘ladi.
3.Soliqlarning umumiy belgilari mohiyati;
1.Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi.
2. Soliqlar xazinaga davlat byudjetiga tushadi. Ammo boshqa turdagi to‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jamg‘armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi.
3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixan asrlab o‘zgarmay harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha qat’iy va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi.
4. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir.(Q.Yahyoyev)
4.Soliqlarning fiskal funksiyasi- Soliqlaming asosiy funksiyasi - fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so`zidan olingan bo`lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko`rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo`lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman ishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish - soliqlar fiskal funksiyasi- ning eng muhim elementi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslami ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o`sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzilishlar sodir bo`lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak.
Soliqlaming ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari davlat budjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo`naltiriladi.
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo`llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlami bir qismi qayta taqsimlanadi.
5.Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi- Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi.Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlaming ikkinchi muhim funksiyasi ulaming iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan "soliq muhiti"ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko`rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.Soliqlaming tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o`sib boradi, bu davrda tadbirkorlami ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag`batlantirish zarurati saqlanib qoladi.
6.Soliqlarning rag'batlantiruvchi funksiyasi- Rag`batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqa rishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mоl-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta`sir ko`rsatadi, ya`ni soliq yukuni kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag`batlantiradi. Soliqlaming rag`batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlaming erkin faoliyat ko`satishi ta’minlanadi.
7.Soliqlarning nazorat funksiyasi- Soliqlaming nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to`lovchilar o`zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
8.Soliqlarning axborot bilan taminlash funksiyasi- Soliqlami hisoblash jarayonini axborot bilan ta`minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlaming budjetga tushishi to`liq, o`z vaqtida va oson kechadi.Soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlami ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalami bajaradi, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi.
9.Soliq kodeksida belgilab berilgan soliq tamoyillari - soliqlar kelib chiqishiga ko`ra davlat bilan bog`liqligi, ular davlatniki ekanligini aytib o`tgan edik. Demak soliqlar davlatniki ekan, ularni tashkil etish ya'ni soliqqa tortish tamoyillarini ham davlat ishlab chiqadi. Soliqlarni tashkil qilishda shu tamoyillarga qattiq rioya qilish soliq toiov-chilarni ko`p ranjitmasdan ulardan soliqlarni undirish imkonini beradi.
Soliqqa tortish tamoyillari davlat tomonidan ishlab chiqiladi va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarda ifodalanadi. O`zbekiston Res-publikasining 1991-yil 15-fevraI va uni oxirgi marta 1995-yil 22-dekabrda kiritilgan o`zgartirishlar va to`ldirishlar bilan qabul qilingan. Korxonalar, birlashmalar va
tashkilotlar soliqlari to`g`risida Qonunda soliqqa tortishning asosiy tamoyillari
ko`rsatib o`tilgan. Bularga quyidagilar kiradi:
1. Manbalardan qatiy nazar hamma daromadlarni soliqqa tortilish majburiyligi.
2. Umumdavlat soliq siyosati atrofida hamma daromaddagi majburiy hududlarning soliq faoliyatidagi mustaqillikni hisobga olib yagona umumdavlat soliqqa tortish siyosatini yuritish.
3. Faoliyati muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik muammolarga hamda xo`jalik
yuritishning ilg`or shakllariga qaratilgan faol ishlovchi korxonalarga imtiyozlar tizimi orqali soliqlarni qiziqtiruvchi rolini ta'minlash.
4. Soliq to`lovchilari bo`yicha deklaratsiyalar, tekshirishlar va reviziyalar o`tkazish qonunchiligini buzganlarga iqtisodiy jazolar qo`llash bilan moliyaviy nazorat o`rnatishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning soliq qonunchiligida soliqqa
tortish tamoyillari ko`rsatib berilgan. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
1. Tenglik va samaradorlik.
2. Soliqqa tortishda aniq va osonlik.
3. Soliqqa tortishning xazinaviy samaradorligi va egiluvchanlik.
4. Soliqqa tortishning arzonligi.
5. Soliqqa tortishda ijtimoiy adolat.
O'zbekiston Respublikasi soliq tizimi
Umumbelgilangan soliqlar
|
Soddalashtirilgan soliqlar
|
Qo'shilgan qimat solig'i
|
Aylanmadan olinadigan soliq
|
Aksiz solig'i
|
Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi
|
Foyda solig'i
|
Mahsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to'lovchilarga soliq solishning alohida tartibi
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i
|
|
Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq
|
|
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
|
|
Mol-mulk solig'i
|
|
Yer soligi
|
|
Ijtimoiy soliq
|
|
O'zbekiston Respublikasi majburiy to'lovlar tizimi
Majburiy to'lovlar
|
Davlat boji
|
Bojxona to'lovlari
|
ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar: yagona ijtimoiy to’lov; fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
|
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar:
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;
|
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im
|
Soliqlarning guruhlanishi
Iqtisodiy mohiyatiga ko'ra Byudjetga tushushiga ko'ra
1.Bevosita 2.Bilvosita 1.Umumdavlat soliqlari 2.Mahalliy soliqlar
Obektiga ko'ra
1.Obarotdan olinadigan soliqlar 2.Daromaddan olinadigan soliqlar
3.Yerdan olinadigan soliqlar 4.Mol mulkdan olinadigan soliqlar
To'lovchilariga ko'ra
1.Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq
2.Yuridik shaxslardan undiriladigan soliq
Soliq elementlariga mos keluvchi sharh
|
|
|
Soliq subekti
|
4
|
Soliq to'lash majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shahslar
|
Soliq obekti
|
5
|
Soliq to'lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo'lib hizmat qiladigan daromadi,oboroti mol- mulki
|
Soliq bazasi
|
6
|
Soliq obektining soliq stavkasi qo'llaniladihan miqdori
|
Soliq stavkasi
|
3
|
Obektining har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo'yilgan meyor
|
Soliq agenti
|
1
|
Yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat byudjetiga o'tkazib beruvchi yuridik shaxslar
|
Soliqqa tortish predmeti
|
2
|
Soliq solinadigan daromad,oborot l,mol-mulk va boshqalarga bo'lgan huquq emas,balki ularning o'zi
|
Soliq imtiyozlari
|
9
|
Soliq to'lovchilarga soliqlar bo'yicha turli hil yengilliklar
|
Soliq yuki
|
7
|
Soliq to'lovchilarni muayyan vaqt oraligidagi faoliyati natijasida to'lagan soliqlarining yigindisini ifodalaydi
|
Soliqlarni to'lash muddatlari va tartiblari
|
8
|
Soliq to'lovchilarni davlat byudjeti oldida soliq majburiyatlarini bajarish muddatini ifodalaydi
|
Soliq to'lovchilarning huquq va majburiyatlari
1.Soliq organlarida soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari bo'yicha ahborot va maslaxatlar olish
|
Huquq
|
2.Soliq organlarining soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish to'g'risidagi talablarni bajarish
|
Majburiyat
|
Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha byudjet oldidagi o'z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud malumotlar bilan tanishish
|
Majburiyat
|
Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni tegishli summasini o'z vaqtida to'liq hajmda to'lash
|
Majburiyat
|
Byudjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar summasini qaytarish to'grisida yozma ariza bilan murojat qilish
|
Huquq
|
Belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida ro'yhatdan o'tish.pochta manzili o'zgargan taqdirda esa (notijorat tashkilotlar qayta ro'yhatdan o'tkazgan taqdirda ham) bu haqda soliq organlarini 10 kunlik muddat ichida yozma ravishda habardor etish
|
Majburiyat
|
Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish
|
Huquq
|
Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblab chiqarish,to'lash masalalarini tekshirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslarning daromad olish yoki soliq solish obektlarining saqlanishi bilan bogliq joylarga va binolarga kirishga ruhsat berish
|
Majburiyat
|
Soliq organlari o'tkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish,tekshiruvlarning natijalaridan norozi bo'lgan taqdirda soliq organiga ozining yozma etiroznomalarini 10 kunlik muddat ichida taqdim etish
|
Huquq
|
Soliq otganlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining hatti harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga murojat qilish
|
Huquq
|
Soliq solish obektini hisobga olishda ,soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblab chiqarish va to'lashda yo'l qoyilgan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish
|
Huquq
|
Buxgalteriya hisobini va hisob xujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq yuritish
|
Majburiyat
|
Moliyaviy hisobotni,soliqlar bo'yicha hisob kitoblarni yoki daromad to'grisidagi deklaratsiyalarni qonun hujhatlarida belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etish
|
Majburiyat
|
Moliyaviy hisobotni,soliqlar bo'yicha hisob kitoblarni yoki daromad to'grisidagi deklaratsiyalarni qonun hujhatlarida belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etish
|
Majburiyat
|
Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblab chiqarish,to'lash bilan bogliq hujjatlar va malumotlarni,shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar yuzasidan imtiyozlar huquqini tasdiwlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish
|
Huquq
|
Do'stlaringiz bilan baham: |