2014 yil, 1 sentyabr Urganch shahri



Download 16,17 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi16,17 Kb.
#18780
2014 yil, 1 sentyabr Urganch shahri

- Assalomu alaykum, hurmatli tadbir qatnashchilari vatan sharafi-ni o‘zlarining or – nomusi deb bilgan sportchilar, fidoyi murabbiylar!

Hammangizni Vatanimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganligining 23 – yilligi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Har birimizga sevgan ishimiz bilan shug‘ullanish, ma’naviy va jismoniy tomondan kamolotga erishish, ilm olish va orzularga etish imkonini bergan Ona Vatanimiz – mustaqilligi abadiy bo‘lsin!

Aziz do‘stlar!

Bu erga Xitoyning Nankin shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston farzandlarini, jumla-dan o‘yinlarning kumush medali sovrin-dori xorazmlik shtangachi Farhodbek Sobirovni sharaflash uchun yig‘ildik.

Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan mustaqilligimizning 23 - yilligiga bag‘ishlangan tantanada so‘zlagan nutqlarida mamlakatimiz yoshlariga qarata, “Siz bilimlar va eng zamonaviy kasb - hunarlarni chuqur o‘rganish, sportdagi g‘alabalar orqali xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarar ekansizlar, o‘zlaringizning kuch va qudratingiz, iqtidor va qobiliyatlaringizni namoyish qilayotganingiz quvonarlidir.

Xitoyning Nankin shahrida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar olimpiadasida 28 nafar yosh sportchilarimizning muvaffaqiyatli qatnashgani va 4 oltin, 3 kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritgani buning yana bir isbotidir”, deganlari o‘zbekis-tonlik sportchi yoshlarga alohida iftixor baxsh etadi.

Ta’kidlash lozim-ki, yoshlarimizning jahon arenalarida ko‘rsatayotgan bunday yuqori natijalari yosh avlod tarbiyasi, uning ma’naviy jihatdan va jismonan barkamol insonlar bo‘lib voyaga etish-lari uchun mamlakatimizda yaratib beri-gan mukammal sharoitlar natijasidir. Maktab, kollej o‘quvchilari, talabalar o‘rtasida uch bosqichli - “Umid nihol-lari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musoboqalari - muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Mahallalarda sport maydonchalari, barcha o‘quv maskanlarida mukammal jihozlangan zamonaviy sport zallari, shahar va tumanlarimizda katta - katta sport majmualari barpo etilmoqda va faoliyat olib bormoqda.

Qadrli hamyurtlar!

Yurtboshimizning yuqoridagiday baland e’tiroflariga sazovor bo‘lgan sportchilar orasida xorazmlik yigit, Pahlavon Mahmud izdoshi Farhod Sobirovning ham borligi bizlarga alohida g‘urur baxsh etadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozim-ki bu viloyatimiz sportchilarining juda katta yutug‘idir. O‘ylayman-ki, xorazmlik sportchilar bundan keyin ham yanada yuqoriroq natijalarni qo‘lga kiritib bizlarni xursand qilaveradilar.

Shu o‘rinda Nankin olimpiadasida 85 kilogramm vazn toifasida dast ko‘tarishda 147, siltab ko‘tarishda 174, ikki kurashda 321 kilogrammlik natija bilan o‘yinlarning kumush medalini qo‘lga kiritgan og‘ir atletikachimiz Farhodbek Sobirovning murabbiylari, ota – ona va homiylariga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Farhodbekning ushbu muvaffaqiyati bilan uning sinfdoshlari, do‘stlari, butun xorazmlik yoshlar qancha faxrlansalar, undan o‘rnak olsalar arziydi!

Rahmat senga Farhodbek, bilagingda quvvating, yuragingda shijoating hamisha mana shunday barq urib tursin!

Hurmatli eldoshlar!

Bugungi kunda Xiva shahrida o‘ziga xos og‘ir atletika maktabi shakllangan-ligini bilamiz. Fidoyi murabbiy Pirnazar Madrimov sa’y - harakatlari bilan Xiva qishloq xo‘jaligi texnikumi bazasida 1982 yilda tashkil etilgan sektsiya bugun Og‘ir atletika ixtisoslashtiligan olimpiya zahiralari maktabiga aylandi.

O‘tgan yillar davomida xivalik 28 og‘ir atletikachilar Osiyo chempionati va kuboklarida qatnashib 84 ta , boshqa xalqaro musoboqalarda 93 ta, jami 177 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdilar.

1996 yilda birinchi marta Osiyo chempioni degan nomni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchi ham shu maktabning tarbiyalanuvchisi Ulug‘bek Mahmudov edi. O‘z vaqtida Ulug‘bekning o‘rnatgan rekordi 10 yildan ortiq saqlanib turdi. Bu ham Xorazm, Xiva og‘ir atletika maktabining nufuzidan darak beradi.

Bundan keyingi yutuqlar bundan ham ko‘proq va salmoqliroq bo‘ladi. Chunki O‘zbekiston Og‘ir atletika Federatsiya-sining Xorazm viloyat bo‘limi viloyati-mizda og‘ir atletikani rivojlantirish, shtangachilarning mashq qilishlari uchun munosib sharoitlarni yaratib berish ustida jiddiy ishlamoqda.

Shu o‘rinda bizni 2015 yilda katta sport sinovi kutib turganligini ham eslatib o‘tmoqchiman. Bilasizlar, 2015 yilda “Umid nihollari” o‘yinlarining final bosqichi Xorazmda bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yinlarda yosh og‘ir atletikachilarimiz , albatta shohsupaning eng yuqori o‘rinlaridan joy oladilar, deb ishonch bildirishni istar edim. Chunki og‘ir atletikachi polvonlarimizning bugungi yutuqlari shundan darak berib turibdi.

Hurmatli anjuman qatnashchilari!

Yana bir marta O‘zbekiston, jumladan Xorazm sportini rivojlantirish yo‘lidagi samarali mehnatlari uchun Farhodbekka, uning murabbiylari, ota – onalari, shu yutuqqa o‘zining hissasini qo‘shgan barcha – barchaga rahmatlar aymamiz!



Yutuqlarimiz ko‘payib, mamlakatimiz bayrog‘i balandlarda xilpirayversin!

Rahmat!
Download 16,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish