Tuban o‘simliklar


Plastidlar evolutsiyasidagi endosimbioz



Download 29,26 Mb.
bet7/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Plastidlar evolutsiyasidagi endosimbioz (P.S.Keelling 2004 qo‘shimchalari bilan)



Uglevodlar. Zamburug‘lar va suvo‘tlar hujayrasining devori polesaxaridlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning tuzilishi yuksak taksonomik mavqega ega. Hujayra po‘stini mustahkamlashda suvo‘tlar, yuksak o‘simliklarning ko‘pchiligi va zamburug‘lardan - oomitsetlardasellyuloza, v-glyukan, haqiqiy zamburug‘larda – xitin hizmat qiladi. Xitin molekulasi sirka kislotasini qoldig‘i (atsetil guruh) va xitobiozadan iborat, atsetillanish zamburug‘larning turli guruhlarida turlicha.
G‘amlangan uglevodlar. G‘amlangan uglevodlarning ko‘pchiligi glukozaning polimerlaridan iborat. YAshil suvo‘tlar va yuksak o‘simliklarda, qizil suvo‘tlarning kraxmalida, ko‘k-yashil suvo‘tlarning miksofit kraxmalida va zamburug‘larning glikogenida glukoza molekulasi b-bog‘lar bilan, qo‘ng‘ir suvo‘tlar, diatomlar, sariqyashil suvo‘tlarining laminarinida va zamburug‘–oomitsetlarda, tillarang suvo‘tlarning xrizolaminarida va evglenalarning paramilonda – v - bog‘lar orqali bog‘langan.
Pigmentlar. Fotosintezlovchi pigmentlarning tarkibi suvo‘tlarning yuksak taksonlarini (bo‘lim,olam) ajratishda ahamiyatli.
Aminokislotalar biosintezi. Aminokislotalarning sintezi barcha organizmlar - bakteriyalaridan to umurtqali hayvonlargacha bir xil va shu tartib bosqichlarida o‘tadi. SHunga qaramay ayrim aminokislotalarning sintezi turli organizmlarda turlicha o‘tib, taksonomik aloqalarni aks ettiradi. Masalan, haqiqiy zamburug‘lar va evglena suvo‘tlarida lizin aminokislotasining sintezini boshlanishi atsetatni va b – ketaglyutaratni - b - aminoadinino kislotasini birikishi bilan, u esa saharonin orqali lizinga aylanadi. Oomitset zamburug‘larda, suvo‘tlarining ko‘pchiligida va yuksak o‘simliklardagi lizin sintezida aspartat va piruvatni diaminopimelin kislotasi bilan birikishi orqali ro‘y beradi.
Glukozaning katabolizmi. Fotosintezlovchi organizmlardagi kislorodni ortiqchiligida Rubisko fermenti oksigenaza sifatida, oksidlovchi dastlab glikol, keyin shavel kislotani hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Suvo‘tlarining ayrimlarida glikol kislotaning oksidlanishi undan degidrogenaza fermenti ta’sirida vodorodni olish bilan, boshqalarida va yuksak o‘simliklarda bu jarayon kislotalarni oksidaza fermenti ta’sirida kiritilishi bilan amalga oshadi. Bu farqlar yuksak o‘simliklarning ajdodlarini ajratishda qo‘shimcha guvoh sifatida hizmat qilgan.
GENOSISTEMATIKA
Genosistematika keyingi o‘n yilliklarda biologiyada ommalashib ketdi, u fenotipga emas bevosita genotipga asoslanadi. Genosistematikaning asosida o‘rganilayotgan organizmlarning DNK sini qiyoslash turadi. Bunday qiyoslash turli metodlar bilan ularni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
Birinchi guruh metodlarida restriktaza fermenti bilan DNK ipini fragmentlariga bo‘linadi. Turli organizmlarning fragmentlar spektrini qiyoslab irsiy yaqinlik darajasi aniqlanadi.
DNK fragmentlarini qiyoslashning turli metodlari muayyan individlarning aslini aniqlashda muhim manba hisoblanadi. Filogenetikaga asoslangan metodning ishonchliligi - organizmlar DNKsidagi nukleotidlarning bardavomligi. Bunda hamma DNK ni emas, alohida genlarniki muhim. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, olib berilayotgan ishning muvaffaqqiyati tahlil uchun olinayotgan genlar naborida. Ribosoma DNK genlari hamda oqsil molekulasini kodlovchi genlar muhim hisoblanadi.
Genosistematika morfologiyaga asoslangan holatni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘riligini tasdiqladi. Genosistematikaning metodlari organizmlarning shajara daraxtini tuzishda u yoki bu taksonlar yoshini aniqlash imkoniyatini beradi. Masalan 6-rasmda haqiqiy zamburug‘larning shajara daraxti keltirilgan. Ular eng qadimgi guruh bo‘lib kembriy davrida ajralgan xitridiomitsetlardir. Keyingi divergentsiya 100 mln yillardan keyin ordovikda zigomitsetlar paydo bo‘lgan.Xaltachali va bazidiyalilarning ajralishi keyinroq devon davriga to‘g‘ri kelgan. Mikologlarning ko‘pchiligi haqiqiy zamburug‘lar ichida CHytridiomycota, Zygomycota va Dikaryomycota (ikkita kenja bo‘lim-Ascomycotinae va Basidiomycotinae)larga ajratishni taklif etishadi.
Genosistematikaning metodlarini ham kamchiliklari yo‘q emas. Filogeniyani bitta genni qiyoslash bilan tuzish ham. Ribosimal genlarga asoslangan filogenetik tuzilish boshqa genlarga asoslanganga (oqsil sintezda ishtirok etadigan genlarga) va fenotipga keyin esa turli metodlar bilan olingan natijalarni qiyoslab amalga oshiriladi.

FOTOSINTEZLOVCHI SUVO‘TLAR


Fotosintezlovchi suvo‘tlarining hujayra tuzilishi


Suvo‘tlar an’anaga ko‘ra turlicha guruh tallomli, kislorod ajratadigan, fotosintezni amalga oshiradigan, maxsus qoplamasi yo‘q (xaralardan tashqari) alohida ko‘payish tuzilmalariga ega bo‘lmagan juda ko‘pchiligi suvda tarqalgan. Ularga prokariotlar, eukariot tuzilishlilar ham mansub.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish