Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet5/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

FILOGENETIK SISTEMALAR

Organik olam sistemasi tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy sistemalar olimlar taklif etgan belgi (kriteriy)larga bog‘liq emas, ular organizmlar orasidagi evolyusion aloqadorliklarini aks ettiradi. Bunday sistemalarni filogenetik deyiladi.


Sun’iy sistemalarni biologik xilma-xillikni oson yo‘l bilan tavsiflab sistemalashtiriladi. Odam 80% dan ko‘proq ma’lumotlarni ko‘zi bilan olganligi tufayli biologik xilma-xillikni o‘rganishda biogeotsenoz a’zolarni morfologik jihatdan tavsiflash bilan mor-fologik o‘xshashliklar asosida bayon etiladi. Qiyosiy morfologiya yuksak eukariot organizmlarning klassifikatsiyasida hal qiluvchi bo‘ldi. O‘simliklar klassifikatsiyasida morfologik tuzilish ularning ko‘payishi (sporaband va spora, gul va urug‘) hal qiluvchi belgi hisoblanadi.
Biroq morfologik belgilarga asoslangan tuban o‘simliklarning ko‘plab guruhlarini sistemasi sun’iy bo‘lib qoldi. Bunday sistemalar alohida taksonlar orasidagi genetik aloqalarni ifodalamaydi va biologik xilma-xillikni tavsiflashda shundaylikni bajaradi, xalos. Bu holat uchta sabab bilan bog‘liq.
1. Tuban organizmlardagi belgilarning yuksaklarga qaraganda ozligi. N. A. Gaydukov “yopiq urug‘li o‘simliklarning bitta gulidagi belgilar bizningcha barcha tuban suvo‘tlar tanasidagi belgilardan ko‘p”, deb deb yozadi. Zamburug‘larning ko‘pchiligini tanasi mitse-liydan iborat, u tarmoqlangan ip holida. Mitseliy morfologiyasini o‘rganish Zygomycetes sinfi zamburug‘larni ko‘pchiligida (ham-masida emas) mitseliy ko‘ndalang to‘siqsiz, Assomycetes va Bazidiomycetes sinflarida to‘siqli.
2. Tuban organizmlarning filogenetik uzoq guruhlarini morfologik evolyutsiyasida paralellizmni bo‘lishi. Masalan, bir hujayrali, harakatlanmaydigan yashil suvo‘t, jinssiz ko‘payaoladi holosligidan CHlorella nomlangan. Filogenetik tahlil ko‘rsatadiki, CHlorella kabi suvo‘tlar yashil suvo‘tlarning CHlorophyceae va Trebouxiophyceae sinflarida ham uchraydi. Bir xil tuzilishli suvo‘tlar-kokkoidlar (bir hujayrali va koloniya hosil qiluvchi harakatlanmaydiganlar), ipsimon va yassi yaproq tuzilishlilar yashil suvo‘tlarning turli sinflarida hatto turli bo‘limlarida ham uchraydi. Xuddi shu holat zamburug‘larda ham namoyon bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishni yo‘qotgan, faqat kurtaklanish bilan ko‘payadigan achitqi hujayralari Candida turkumiga mansub, shunga qaramay filogenetik jihatdan ular xaltachali va bazidiyali sinflarga mansub bo‘lishi mumkin. Filogenetik jihatdan turli CHytridiomycetes, Hiphochytridiomycetes va Oomycetes sinflarida tekinxo‘r hayoti tufayli tallomni tuzilishida paralellizm ro‘y berganligini ko‘rish mumkin.
Olpidium, Anisolpidium va Olpidiopsis turkumlarida tallom-ning monokarpligi (zoosporalilarga bo‘linib ketishi) turli sinflarga mansub bo‘lishiga qaramay juda o‘xshash. Turli tartib hatto sinflarga mansub zamburug‘larda jinsiy ko‘payishdagi bitta shu morfologik tip turlicha bo‘lishi mumkin.
Zamburug‘larning jinsiy ko‘payishiga asoslangan klassifi-katsiya har doim ham tabiiy sistemani yaratmaydi. Masalan, bazi-diomitsetlarning ochiq tuzilishli mevatanalari bo‘lganlarni gimeno-mitsetlar guruhiga, yopiqlarini gasteromitsetlarga birlashtiriladi. Filogenetik tahlil ularni birlashtirish ayrim tartiblar gimeno- hamda gastromitsetlarni birlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
3. Tuban va yuksak formalarda evolyutsiya jarayonlaini turli tipdaligi. YUksak tuzilishli eukariotlarning tarixiy taraqqiyoti divergent harakteriga ega, ya’ni bitta takson ajdodi bitta bo‘lgan boshqa taksonlarni hosil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, “har bir jamlanmagan muayyan tur monofilitik kelib chiqishga ildizga ega” (N.N.Voronin, 1999). SHu boisdan tarixiy taraqqiyot muntazam va uzoq harakterga ega.
XX asrdagi fundamental biologiyaning yirik yutug‘i eukariot hujayraning simbiotik kelib chiqishini muvaffaqiyatli isbotlangani hisoblanadi. XX asrning boshlarida rus botaniklari A.S.Famitsin va K.S.Merejkovskiy xloroplastlar eukariotlarning ajdodi bo‘lgan suvo‘t hujayrasini yutishi bilan yuzaga kelgan, degan fikrni bildirishgan. XXasrning ikkinchi yarmida bu gipoteza biokimyoviy ishlarda tasdig‘ini topdi. Makromalekulalar (DNK, RNK, oqsillar) tuzilishi mitoxondriy va xloroplastlarning replikatsiyasi bakteriya-lardagi bilan ancha o‘xshash. SHunga asoslangan holda amerikalik L.Margelis eukariot hujayralarning endosimbiotik kelib chiqish nazariyasini yaratdi.

Mitoxondriylarning ajdodlari bo‘lib qirmizi fotosintezlovchi bakteriyalar bo‘lishi mumkin. Eukariot hujayraning kelib chiqishini simbiotik gipotezasiga ko‘ra mitoxodriysiz eukariot hujayra yo‘q. Dastlabki eukarot hujayra prokariotlarning metobolitik uyushma-sidan yuzaga kelgan.


Plastidlar ko‘k yashil suvo‘tlaridan kelib chiqqan. Bu plastidlarda o‘z-o‘zidan kesiladigan leytsitin tRNK intronni (genni kodlanmaydigan qismi) mavjudligi bilan isbotlanadi. Bunday intron o‘rganilgan ko‘k yashil suvo‘tlarida bor, bakteriyalarda juda kam.
Tarixiy taraqqiyot davomida endosimbiozlar eukariot hujayralar orasida ko‘p karra yuzaga kelgan, natijada taraqqiyot jihatidan biotaning ko‘plab mustaqil tarmoqlarini hosil qilgan.
Tuban eukariotlarning morfologik va ekologo-tropik belgilari (kriteriy) asosida tuzilgan filogenetikasi yangi ma’lumotlar ta’sirida muvaffaqiyatsizlikka duch keldi. Endi organizmlarning ultrastruk-turalari va metaobolizmi bo‘yicha olingan yangi ma’lumotlar tahlili zarur.

ULTRATUZILISHI VA METABOLIZMI





Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish