Avtomobil: dvigatel, kuzov va shassidan tashkil topganligi va ularning vazifalari bilan tanishish;
Transmissiyaga kiruvchi agregatlar bilan tanishish va ularning vazifalari;
Yurish qismining tarkibi bilan tanishish va ularning vazifalari.
Avtomobil dvigatellarining asosiy turlari va ularning vazifalarini o‘rganing;
Avtomobil dvigatellarining belgilari bo‘yicha turlarga bo‘linishini o‘rganish;
Bir silindrli dvigatel tuzilishi va asosiy parametrlarini bilish:
a) Yuqori chekka nuqta (Yu.Ch.N) va pastki chekka nuqta (P.Ch.N) xaqida tushuncha;
b) Silindrning ish xajmi;
v) Silindrning to‘la xajmi;
g) Siqish kamerasining xajmi;
d) Dvigatelning siqish darajasi;
ye) Dvigatelning ish xajmi.
To‘rt taktli benzinli yonuv dvigatellarining ish siklini o‘rganish;
To‘rt taktli dizel dvigatellarining ish siklini o‘rganish;
Rotor-porshenli dvigatellarining ish siklini o‘rganish;
Ko‘p silindrli dvigatellarning tuzilishini o‘rganish;
Dvigatelning ish tartibini o‘rganish.
Xisobot mazmuni:
1. Avtomobilning umumiy ko‘rinishi sxemasini chizish.
2. Avtomobildagi agregat va mexanizmlarning vazifalarini yozish.
3. Avtomobilning asosiy ko‘rsatkichlari jadvali.
4. Bir silindrli dvigatelning soddalashtirilgan sxemasini chizish;
5. Qator va V-simon ko‘p silindrli dvigatellarning soddalashgan sxemalarini chizish va ularni raqamlash;
6. Dvigatelning asosiy parametrlari va ularning vazifalarini yozish.
Tirsakli valning maksimal momentga to‘g‘ri keluvchi aylanishlar chastotasi
Nazariy savollar Vazifasiga ko‘ra avtomobillar qanday turlarga bo‘linadi? Ularning xar birini izoxlang?
Transport avtomobillari qanday turlarga bo‘linadi?
Yengil avtomobillar qaysi belgisiga ko‘ra klasslarga bo‘linadi? Misollar bilan izoxlang.
Yuk avtomobillari qaysi belgisiga ko‘ra klasslarga bo‘linadi? Misollar bilan izoxlang.
Avtobuslar qaysi belgisiga ko‘ra klasslarga bo‘linadi? Misollar Bilan izoxlang.
Avtomobil dvigatellari ish jarayonini xosil qilish usuliga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Avtomobil dvigatellari silindrlar soni va ularning joylashuviga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Laboratoriya mashg‘ulotni bajarish uchun kerakli jixozlar va tavsiya etilgan adabiyotlar. Qirqimdagi xarakatlanuvchi avtomobil.
«GMO’zbekiston» va «Samarkand avtomobil zavodi» avtomobillari shassisi dvigatel bilan birga.
Avtoombilning umumiy tuzilishi bo‘yicha plakatlar.
3 – laboratoriya mashg‘uloti. Krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmi.
Ishdan ko‘zlangan maqsad:
Talabalarni krivoship-shatun mexanizmiining vazifasi va dvigatelda kuchlarni uzatish va xarakatni boshqa turga aylantirib berishdagi roli bilan tanishtirish. Mexanizmning asosiy detallarini va ularning dvigatel ish jarayonidagi rolini ko‘rsatish. Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish.