5 – Laboratoriya mashg‘ulot. Benzinli dvigatellarning ta’minlash tizimi.
Ishdan ko‘zlanga maqsad:
Talabalarga ta’minlash tizimining vazifasini, shuningdek xavo bilan yonilg‘idan iborat yonuvchi aralashmani xosil qilishni tushuntirish. Benzinli dvigatellarning ta’minlash tizimining tuzilishi va ishlash prinsipini , shuningdek ta’minlash tizimiga kiruvchi asboblarning vazifalari va konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat.
Laboratoriya mashg‘ulotning xajmi.
a) Ta’minlash tizimining vazifasini o‘rganish.
b) Ta’minlash tizimining prinsipial sxemasi va ishlashini o‘rganish.
v) Yonuvchi aralashma va uni tayyorlash usullarini o‘rganish.
g) Ta’minlash tizimi elementlarining vazifalari, tuzilishi va ularning konstruksiyalarini o‘rganish.
d) Gaz ballonli avtomobillar dvigatelining ta’minlash tizimini o‘rganish.
ye) Dvigatellarda benzinni purkash tizimlarini o‘rganish.
Laboratoriya mashg‘ulotda talabalarning tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun beriladigan asosiy savollar.
a) Ta’minlash tizimining vazifasi nimadan iborat.
b) Yonilg‘i aralashma deganda nimani tushunasiz?
v) Nima sababdan benzin to‘g‘ridan to‘g‘ri silindr ichiga kiritilsa yonmaydi? Sababini ayting.
g) Benzinli va injektorli dvigatellarning ta’minlash tizimidafarq nimadan iborat?
d) Ta’minlash tizimining asosiy elementlarini ayting.
Laboratoriya mashg‘ulotni bajarish tartibi Benzinli dvigatelning ta’minlash tizimi: